Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Absorbsiya Yutish, so‗rish singdirish. Moddalarni adsorbent (shimuvchi jism)ning butun hajmiga singishi (so‗rilishi). Avitaminoz Organizmda vitamin etishmasligi natijasida paydo bo‗ladigan kasallik. Avtoklav Suv bug‗i ta‘sirida bosim ostida ishlaydigan qopqoqli qozon. Avtomaks Dezinfekeiya qiluvchi suyuqliklarni avtomatik ravishda sochuvchi apparat. Alimentar Ovqat hazm qilish hamda modda almashinuviga hos degan so‗z. Akserilizatsiya Bolalar va o‗smirlarning o‗sishi hamda jismoniy rivojlanishini tezlashishi. Aktivlashgan ko‗mir Mahsus tayyorlangan ko‗mir; bu ko‗mir suyuq modda zarralarini va har xil zaharlarni, gazlarni o‗tkazib yubormay o‗zida olib qoladi. Allergen Allergiyaga sabab bo‗ladigan antigen hususiyatga ega modda Allergiya Maxsus allergen ta‘sirida shu allergenga nisbatan organizm sezuvchanligini ortishi Ampula Suyuq va ba‘zi quruq dorilarni steril holda saqlash uchun tayyorlangan shisha naycha Analiz Murakkab, bir butun narsani tarkibiy elementlarga ajratish, tekshirish natijalarini izohlash, fikrlash, xulosa chiqarish, baho berish Anemiya Kamqonlik, qonda eritrotsitlar va gemoglobinni kamayib 270 ketishi hamda ularning sifatiy o‗zgarishi bilan ifodalanuvchi kasallik Anemometr Havo tezligini yoki kuchini o‗lchaydigan asbob Antivitaminlar Kimyoviy tuzilish jihatdan vitaminlarga o‗xshash, ammo ular ta‘sirini bartaraf etuvchi moddalar Antropometriya Odamning yoshi, kasbi, jinsiga aloqador va hakozolarni aniqlash uchun tana va uning qismlarini o‗rganish Apteka Dori moddalari, sanitariya va bemor uchun uskunalarni saqlaydigan, dorilar tayyorlaydigan va sotadigan muassasa Aspirator yaralarda, organizmning turli ochiq va yig‗ilib qolgan suyulikni so‗rib olish uchun ishlatiladigan asbob Atmosfera Er yuzini o‗rab turgan havo qatlami Aeratsiya Shamollatish, havoni almashtirish, yangilash Aerazol Qattiq yoki suyuq dispers fazani gazsimon muhitda bir xil tarqalishi Aerotenk Mahsus quritilgan havza bo‗lib,bundan oqib o‗tuvchi iflos suvni havo bilan puflab tozalanadi Aerofiltr Oqava suvlarni havo ta‘sirida zararsizlantirish va ulardagi organik moddalarni mineral tuzlarga aylantiruvchi maxsus filtr Bakterologik labaratoriya Mikroblarni aniqlash bilan shug‗ullanadigan labaratoriya Bakterologik nazorat Turli muhitda o‗stirilish yo‗li bilan tekshirilayotgan materialda bakterial flora mavjudligi va uning tarkibini aniqlash Barokamera Odam va hayvonlarning barometrik bosimga munosabatini tekshirish uchun yasalgan germetik berk xona Beri-beri Ovqatda V 1 vitamini etishmasligi natijasida paydo bo‗ladigan kasallik 271 Berillioz O‗pka, teri limfotik tugunlarining beriliy tuzi bug‗lari yoki changidan zaharlanishi Bioblast Tirik hujayra Biologik faol moddalar Organizmda mavjud bo‗lib, hayotiy jarayonlarga ta‘sir ko‗rsatadigan kimyoviy moddalar. Biomassa Biror biosinoz tarkibiga kiruvchi jami individlar yig‗indisidagi organik moddaning va shu moddadagi energiyaning umumiy miqdori Biosfera Tirik mavjudotlarning tarqalishi mumkin bo‗lgan er kurrasining qobiq qismi, atmosferaning quyi qismi, gidrosfera va litosferaning yuqori qismini o‗z doirasiga oladi Ventilyasiya SHamollatish-turli tuzilma va moslamalar vositasida binolar havosini yangilash Vitamin Odam, hayvon va o‗simliklarning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur bo‗lgan organik birikmalar guruhi Vitaminalogiya Vitaminlar haqidagi fan Vodoprovod Suvni quvurlar orqali tarqatuvchi inshoat Vrach epidemiolog Yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi bo‗yicha tayyorgarlikdan o‗tgan mutaxassis vrach Gelioterapiya Quyosh nurlari bilan davolash Gigiyenik samara Gigiyenik tadbirlar samaradorligi Gigiyenik me‘yor Gigiyena ilmiga asoslanib belgilangan me‘yor Gigiyenik Gigiyenaga doir yoki biron masalani gigienaga muvofiq hal etish Gigrograf Havo namligi ko‗rsatkichlarini yozib oladigan asbob Gigroskopik Nam yutuvchi, suv shimuvchi, suv tortuvchi, namlanuvchi Gidroaeroionizato rlar Havoni ionlashtiruvchi apparatlar 272 Gipovitaminoz lar Ovqat tarkibida etarli miqdorda vitminlar bo‗lmasligi natijasida organizmda vitamin etishmaslik holati Gazsizlantirish Zaharli gazlarni yo‗qotish Degustatsiya Ta‘tib ko‗rish, tamini bilish, oziq-ovqat, ichimliklarni ta‘tib ko‗rib ularga baho berish Dezinfeksiya Mikroblarni yo‗qotish, turli vositalar bilan tashqi muhitdagi mikroblarni qirish Dekompressiya Bosimning birdan kamayib ketishi, pasayishi, yo‗qolishi. Demografiya Aholi soni va tarkibiy qismlarini tekshirish va ta‘riflash Depigmentatsiya Teri va boshqa organlarda pigmentlarning yo‗qolishi Depo Organizmda turli moddalarning zahira sifatida to‗planadigan joyi Deratizatsion vositalar Kemuruvchilarni yo‗qotish uchun ishlatiladigan Desensibiliza siya Organizm allergik xolatining kamaytirilishi yoki umuman yo‗qotilishi Deffektor Dorixona hodimi, ombordan kelgan dorilarni qabul qilib oladi, labaratoriya ishlarini ham bajaradi, konsentratlar va yarim tayyor dorilarni tayyorlaydi Dietologiya Odamni parhez ovqat bilan davolash to‗g‗risidagi tibbiyot fani Dinamometr Mexanik kuchni yoki muskullarning kuchini masalan qo‗lni kuchini o‗lchaydigan asbob Dinamometriya Turli muskullar guruhini kuchini o‗lchash usuli jismoniy rivojlanish darajasini tariflaydi Diskomfort Noxushlik Distrofiya Moddalar almashinishinig buzilishi, oqat etishmasligi, organizmni ovqat hazm qilishi buzilishi natijasida yuz beradi 273 Doza Organizmga bir vaqtda kiritiladigan dori yoki beriladigan rentgen va boshqa nurlarning miqdori Draje Ichish uchun mo‗ljallangan qattiq dori shakli bo‗lib, unda dori vositalari va yordamchi modda qavat-qavat qilib joylashtiriladi Zahira Organizmda vaqtincha g‗amlab qo‗yilgan ehtiyojga qarab sarflanadigan moddalar. Zaryadka Organizmning hayot faoliyatini jadallashtirish uchun qilinadigan ertalabki jismoniy harakatlar. Idioadaptatsiya Evolutsiya jarayonida hosil bo‗ladigan ayrim sharoitlarga qisman moslashish. Masalan, himoya rangi Izoliyator Kasallik natijasida isitmasi ko‗tariladigan bemorni boshqalardan alohidalash uchun klinikalarda ajratilgan maxsus xona Izotoplar Atom og‗irligi har xil ammo yadrolardagi elektr zaryadlari bir xil bo‗lgan elementlar. Ingoliyasiya Dorilarni yuqori nafas yo‗llariga gaz yoki bug‗ holida kiritish Ingridient Murakkab dori tarkibiga kirib, asosiy dori miqdorini ko‗paytirish yoki noxush hid va ta‘mni yo‗qotish uchun qo‗shiladigan modda Individium Shaxs, mustaqil hayot kechiradigan har bir tirik organizm Indikator Turli kontrol o‗lchov asboblarini umumiy nomi; kimyoviy jarayonlar hususiyati tamom bo‗lganida ko‗rsatish uchun oz miqdorda qo‗shiladigan modda Indikatsiya Ma‘lum bir hodisani, ta‘sirini, moddani belgilash, aniqlash. Inspeksiya Davlat sanitariya inspeksiyasi - ogohlantiruvchi sanitariya inspeksiyasi va qonun bo‗yicha joriy qilinadigan sanitariya – gigiena normalari hamda talablarining muassasalar 274 tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qiladigan davlat idorasi Insektitsidlar Bo‗g‗im oyoqli hashoratlarni yo‗qotish uchun ishlatiladigan moddalar. Insolyasiya Quyosh nuri bilan nurlatish; organizmni quyosh nurida toblash Instinkt Ma‘lum sharoitda muayyan turga xos bo‗lgan murakkab xulq-atvorlar majmuasi Insuffliyator Dorilarni burunga, ko‗zga va boshqa bo‗shliqlarga puflab yuborish uchun qo‗llanadigan asbob. Insuffliyasiya Puflash quruq moddalarni eng mayda parashoklarini burunga, tomoqqa, ko‗z shilliq qavatlariga puflab kiritish Integratsiya Biriktirib bir butun qilish Intoksikatsiya Zaharli moddalarning umumiy ta‘siri natijasida organizmda ro‗y beradigan patalogik holat Infiltrat Yallig‗lanish tufayli to‗qima ichida to‗plangan va shu to‗qima uchun normal bo‗lmagan massa Kaloriyalik Ma‘lum miqdorda narsani to‗liq yondirganda ajralib chiqadigan issiqlikning kalloriyalar bilan ifodalanishi Kalorimetriya Turli fizik yoki kimyoviy reaksiyalar vaqtida hosil bo‗ladigan yoki yutiladigan issiqlikni miqdorini o‗lchash Kaloriya Issiqlik miqdorini o‗lchov birligi Kamera Organik qoldiqlarni zararsizlantirish uchun qurilgan inshoot Kanalizatsiya Uy-joylardan chiqadigan mag‗zava, suyuq chuqindilar va yuvindilarni er ostiga ko‗milgan maxsus quvurlar orqali oqizib, tozalash inshootlariga etkazish amalga oshiriladi Kanserogenlik Xavfli o‗smalarni keltirib chiqaradigan xususiyat Kanserogenlar Saraton kasalligini paydo qiluvchi moddalar Kapsula Achchiq, bemaza dorilarni solib ichishga mo‗ljallangan 275 kichkina, qattiq yoki yumshoq, oshqozon ichida erib ketadigan g‗ilof Karantin Yuqumli kasallik paydo bo‗lgan jamoaga va joylarga boshqa kishilarni kiritmaslik; kasallikni boshqa kishilarga yuqtirmaslik uchun bemorni alohida saqlash Katatermometr Kichik havoning xarakatini aniqlovchi asbob Kvashiorkor Go‗dak bolalarni tarkibida oqsil moddasi bo‗lmagan o‗simlik mahsulotlaridan tayyorlangan ovqat bilan boqish natijasida ro‗y beradigan og‗ir o‗zgarish Koli-indeks Bitta ichak tayoqchasi topilgan suvning eng kam miqdori Koli-titr Bitta ichak tayoqchasi topilgan suv miqdori Kolorimetr Standart eritma rangining intensivligi bilan solishtirish asosida tekshiriluvchi eritmaning konsentratsiyasini va uning xarakteristikasini aniqlaydigan asbob Kolorimetriya Turli moddalar miqdorini, ularning bo‗yalishiga, rangining intensivligiga qarab belgilash Konsentratsiya Biron eritma yoki erituvchida erigan moddaning og‗irlik yoki hajm bilan o‗lchanuvchi miqdori Koeffitsient O‗zgarishlar yoki ikki ayrim o‗lchamlar munosabatining ifodasi Ksenobiotiklar organizmga yot bo‗lgan kimyoviy birikmalar Kumulyasiya- Dori vositalari va zaharli moddalarning organizmga to‗planib yoki yig‗ilib qolishi Laboratoriya Turli tekshirish ishlari va amaliy mashg‗ulotlar o‗tkazish uchun mo‗ljallangan xonalar yig‗indisi Lazer Optik nurlanish manbai Letal doza O‗ldiradigan miqdorni ko‗rsatuvchi shartli LD 50 - turli dorivor moddalarning zaxarliligini aniqlashda ishlatiladigan belgi 276 Lipidlar Organik eritmalarda eruvchan va suvda erimaydigan moddalar turkumi laboratoriya jihozlari Laboratoriyada bajariladigan ishlar uchun kerakli turli jihozlar Metod Biror tekshirish sohasida yoki biror ishni amalga oshirish maqsadida qo‗llaniladigan chora yoki tadbir Mikroelement lar O‗simlik va to‗qimalarda kichik miqdorda doim bo‗ladigan, ammo organizm hayot faoliyatida ahamiyati katta bo‗lgan kimyoviy elementlar Mutatsiya Hayot sharoiti o‗zgarishi natijasida organizmlar belgilari va xususiyatlarining to‗satdan o‗zgarishi yoki yangi belgilar hosil bo‗lishi Mehnatga yaroqsizlik Ishga yaroqsiz bo‗lib qolish, betoblik, bedarmonlik, shikastlanish natijasida ish qila olmaslik Metabolizm Organizmda to‗xtovsiz o‗tib turadigan jami kimyoviy o‗zgarishlarning majmui Narkomaniya Narkotik moddalarga, giyohlarga o‗rganish, bangilik, giyohvandlik, narkotik moddalarni doimo va borgan sari ko‗p miqdorda qabul qilishga moyillik shaklida kuzatiladigan kasallik Onalik va bolalikni muhofaza qilish Ayollar sog‗ligini saqlash va mustahkamlash, sog‗lom bola tug‗ilishi va tarbiyalanishini taminlashga qaratilgan davlat va jamoatning tibbiy, ijtimoiy tadbirlari sistemasi Oziq- ovqat Bevosita qabul qilishga tayyor bo‗lgan tabiiy yoki sanoatda kulinariya bilan ishlangan ozuqa mahsulotlari yig‗indisi Oziqa moddalar O Ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradigan va organizm tomonidan o‗z hayotiy faoliyatini ta‘minlash uchun iste‘mol qilinadigan organik va va noorganik moddalar Populyasiya Ma‘lum hududni egallagan umumiy genofondga ega 277 bo‗lgan, o‗zaro erkin chatishuvchi bir turga mansub mavjudodlar majmuasi Pog‗ona dozasi Dori vositalari yoki zaharli moddalarning ta‘sir ko‗rsata boshlaydigan miqdori Poroshoklar Juda mayda sochiluvchi dori turi Prognoz Biror hodisaning, voqeaning rivojlanishi va natijasi to‗g‗risida bor ma‘lumotlarga asoslanib oldindan xabar berish Protivogaz Organizmga nafas bilan kirishi mumkin bo‗lgan zaharli gaz va tutun, tumanlardan saqlanish uchun qo‗llaniladigan asbob Profilaktika Kasallik yuqish xavfi bo‗lgan odamlarda tezda kasallikning oldini olish chora tadbirlari Profilaktoriy Kasallik yuqish xavfi bo‗lgan odamlarda tezda kasallikning tezda oldini olish choralarini ko‗radigan muassasa Rad Ionlovchi nurlanishning yutilgan energiyasini o‗lchash birligi Radiatsiya xavfsizligi Ionlashtiruvchi nurlarning aholi va atrof muhitga ta‘sirini bartaraf qilish yoki chegaralashga tadbirlar sistemasi Ratsion Oziq-ovqat va mahsulotlarining kunlik taqsimlangan miqdori Reagent Kimyoviy reaksiyaga kirishadigan modda Reaktiv Har xil kimyoviy birikmalar olish, moddalar xususiyatini aniqlash, sintez qilish uchun , umuman umuman kimyoviy reaksiyalarda ishlatiladigan modda Reglament Farmatsiyada chiqariladigan har bir dori vositasining texnologik ish tartibi yozilgan asosiy hujjat Rezorbsiya Ba‘zi moddalarning ichak yoki teri orqali so‗rilishi Refleksogen Maxsus retseptorlar qo‗zg‗alishi natijasida spetsifik refleks 278 tug‗diruvchi Reflektor Yorug‗lik nurlarini yoki tovush to‗lqinlarini akslantirib beruvchi, qaytaruvchi asbob Retsept Shifokorning farmatsevtga xat orqali murojaati Retseptura Retsept bo‗yicha tayyorlangan dorilarni bemorga beradigan dorixona bo‗limi Rostomer Odam bo‗yini o‗lchash uchun mo‗ljallangan asbob Sedimentatsiya Suyuqlikda mayda parchalarni yoki makromolekulalarni og‗irlik kuchi yoki markazdan qochish kuchi ta‘siridan cho‗kishi Sensibilizatsiya Organizmni biror ta‘sirotga, allergiyaga nisbatan juda sezgir bo‗lib qolishi Stansiya Vrachlik-kuzatish stansiyalari- mamlakat ichkarisiga chetdan yuqumli kasalliklarni o‗tkazmaslik uchun davlat chegaralarini sanitariya jihatda muhofaza qiladigan muassasalar Tabletkalar aralashmasini presslab olingan, dozalarga bo‗lingan, qattiq dori turi Termoanemometr Havo oqimida jism harakatining o‗zgarishiga qarab shamol tezligini aniqlovchi asbob Termometr Haroratni o‗lchaydigan asbob Toksikolog Zaharli moddalarni ta‘sirini o‗rganuvchi mutaxassis Toksikologiya Zaharli moddalarning hususiyatlarini va organizmga ta‘siri natijasida vujudga keladigan o‗zgarishlarni, shuningdek zaharlanishni oldini olishnio‗rganuvchi fan Filtratsiya Suyuqlik yoki gazlarning ma‘lum bosim ta‘sirida suzgich orqali o‗tishi Ekologiya Organizmlarning o‗zaro va tashqi muhit bilan munosabati qonuniyatlarini o‗rganuvchi fan 279 Ekzogen Tashqi muhit ta‘sirida kelib chiqqan, organizmga biror tashqi omilning ta‘siri tufayli ro‗y bergan Eksperiment Ilmiy nuqtai nazardan qo‗yilgan tajriba, tekshiriladigan hodisani aniq hisobga olinadigan sharoitlarda kuzatish Ekstrakt suyuq engil- oson qo‗zg‗aluvchan, spirt-suvli ajratmalar Endemiya Biror jo‗g‗rofiy sharoitdagi tabiiy omillar taqozosi bilan o‗sha joyda uchraydigan kasallik Endogen Organizmning ichki muhitiga bog‗liq bo‗lgan sabablar natijasida vujudga keladigan narsa, birorta hodisaning ichki muhitga bog‗liq bo‗lishi Epidemiya Biror yuqumli kasallikning, asosan infeksiyalarning bir o‗lkada odamlar orasida yoppasiga tarqalishi Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling