1. Sahelantrops chadensis topilmasi. Sahelantrops chadensisning jismoniy xususiyatlari va turmush tarzi


Download 22.67 Kb.
bet1/2
Sana30.01.2023
Hajmi22.67 Kb.
#1140804
  1   2
Bog'liq
Mustaqil ish



Mavzu: Sahelantrops chadensis. Odamlarning ilk ajdodlari
Reja:
1.Sahelantrops chadensis topilmasi.
2.Sahelantrops chadensisning jismoniy xususiyatlari va turmush tarzi.
3.Odamlarning ilk ajdodlari
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Fransuz va afrikalik olimlarning aniqlashicha tik yurishni dastlab rivojlangan yirik avstrolopiteklar yok i Homo jinsining vakili emas, balki sahelantroplar yoki ancha keksa ptimatlar o'zlashtirgan ekan. Ular yozgan ilmiy ish ,,Nature" jurnalida chop etildi. Natijalar Fransiya Ilmiy tadqiqotlar markazi matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi. Sahelantrops ning son suyaklarini tuzulishini tahlil qilish shuni korsatadiki, bu primatlar yer yuzasida harakat qilayotganda ham, daraxt shoxlari bo'ylab harakat qilayotganda ham tik bo'lgan.O'z navbatida ushbu gominidning suyaklarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, u shipmanze va gorillalar singari falanjlarining uchlari bilan emas, balki butun kafti bilan ushlab, g'ayrioodiy tarzda daraxt shoxlarini ushlab harakat qilgan deyiladi hisobotda


Sahelantrops chadensis topilmasi
Sahelantropschadensis-Afrikaning Chad Respublikasi Toros Menellaning Dyurab cho'lidan topipgan.Bu mintaqalarda taxminan 7million yil ilgari yashagan.Mishel Brunet va uning hamkorlari tomonidan topilgan.Tur nomi " Chad sahelidan odam" deb tarjima qilingan. Sahel - Sahroi Kabir cho'lining janubidagi quruq o'tloqlar mintaqasi. Bosh suyagi Dazaga tilida "Hayot umidi" degan ma'noni anglatuvchi " Toumai " laqabini oldi. Arxeologik qazishmalar chog'ida bosh suyagi, uchta pastki jag' va tishlar topilgani ma'lum qilindi. Ushbu topilmalar asosida Sahelanthropus tchadensis (Chadian Sahelanthropus) yangi jinsi va turlari tasvirlangan. Kashfiyotchilar bosh suyagida inson chizig'i vakillariga xos bo'lgan xususiyatlarning kombinatsiyasini qayd etdilar: oksipital teshik oldinga siljiydi, bu vertikal bo'yinni ko'rsatadi va kichik tishlar tajovuzkorlikning pasayishi belgisidir. Sahelanthropus odamlar va shimpanzelarning so'nggi umumiy ajdodiga yaqin bo'lgan, bu taxminan 7-8 million yil oldin odam va shimpanze chiziqlarining ajralish vaqti haqidagi genetik hisob-kitoblarga mos keladi.Jismoniy xususiyatlari
S. tchadensisning bosh suyagi juda mustahkam, miyasi shimpanzedek kattalikda va aniq maymunga o'xshash mushak biriktirmalari bilan ajralib turadi. Faqat parcha-parcha postkranial material topilgan bo'lsa-da, ba'zi tadqiqotchilar foramen magnum old tomonga yo'naltirilganligini da'vo qiladilar, bu esa tik va ikki oyoqli gomininni nazarda tutadi. Yuzning profili hayratlanarli darajada ortognatik , bu ba'zi tadqiqotchilarni S. tchadensis boshqa filogenetik stsenariylarga nisbatan bizning shajaramizning tagida joylashgan bo'lishi mumkin, deb taxmin qilishlariga olib keladi. Biroq, orqa bo'yin muskullarining aniq birikishi boshqalarni S. tchadensis to'rt oyoqli bo'lishi mumkin degan fikrga olib keldi.Yuqorida(slaydning kirish qismida)aytib o'tganimizdek,sahelantropsning son suyaklari tuzulishini tahlil qilish shuni ko'rsatadiki,bu primatlar yer yuzasida harakat qilayotgandaham,daraxt shoxlarida harakatqilayotganda ham tikroq holatda bo'lgan.O'z navbatida ushbu gominidning suyaklarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, u shipmanze va gorillalar singari falanjlarining uchlari bilan emas balki butun kafti bilan ushlab, g'ayrioddiy tarzda daraxt shoxlarini ushlab harakat qilgan.Tik yurishdan tashqari,ular faqat 2ta progressiv belgiga ega edilar:bosh suyakdagi oksipital teshikning pastki holati va mayda tishlar.Tishlar biznikiga nisbatan ancha ko'p.Shimpanzelarnikiga nisbatan kam.
.Qazishma ishlari olib borilgan yerda chuchuk suv baliqlari, kemiruvchilar va maymunlar kabi toshga aylangan fauna qoldiqlariga asoslanib, Sahelantrops chadensis qadimgi ko'lga yaqin joylashgan o'rmon muhitida yashagan bo'lishi mumkin. O'sha paytda bu hududda savannalar, ko'llar va butalar, chakalakzorlar bor edi. Bu vaqtda iqlim qurib borayotgan edi va Afrikaning aksariyat qismini qoplagan tropik o'rmonlarda yashovchi primatlar ba'zi qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan edi.Ularda bu vaziyatda 3ta variant bor edi.Birinchisi o'lish,chunki o'rmonlar yo'qolib ketayotgan bir paytda ularning boradigan joyi yo'q edi.Ikkinchisi o'rmonlarda qolish,chunki ularning hammasi ham yo'qolmagan.Bugungi kunda ularda shipmanze va gorillaning ikki turi yashaydi.Uchinchi variant moslashish Ammo ochiq maydonlarda har xil muammolar ko'p edi.Iqlimning o'zgarib,daraxtzorlar kamayishi natijasida endi ular daraxtlardan tushib istiqomat qilishga,yirtqichlardan himoyalanishi,qo'llarini endi boshqacha harakatlantirishi kerak edi.Biroq bu ular darhol bu qo'llar bilan foydali ish qilishni boshladilar degani emas.Keyingi bir necha mln ichida qo'llar mevalarni yig'ish va shunga o'xshash harakatlarni bajarish uchun ishlatilgan.Ushbu birinchi tik jonzotlar shu jumladan sahelantrops chadensis aslida ikki oyoqli maymun edi. Ya'ni odamsimon maymun
Ularning turmush tarzi, ehtimol, o'rmonda yashovchi maymunnikiga o'xshaydi. Ardipitlar singari , ularning molyar emallari keyingi avstralopitlarga qaraganda yupqaroq edi va shuning uchun ular meva, yosh barglar va mayin kurtaklardan iborat shimpanzega o'xshash parhezga ega edilar. Biroz keyinroq taxminan 6mln yil avval Orrorin Sharqiy Afrikada yashagan.U 2000-yilda kashf egilgandan beri madaniyatda ,,ming yillik odami'' sifatida e'tirof etilgan.Uning bosh suyaklari to'laligicha to'liq holatda emas parchalangan holatda topilgan.Bu suyaklardan son sal to'liqligicha saqlangan.Bu suyak tog'ridan tog'ridan harakat turiga bog'liq va bu orrorinning koproq yoki kamroq tik bo'lganligini ko'rsatadi.Tadqiqotchilar hatto orrorinlar keyingi avstrolopiteklargaqaraganda tikroq bo'lgan deb taxmin qilishdi.Bu g'alati tuyuladi ma'lum bo'lishicha,ota bobolarmiz dastlab rivojlangan,keyin tanazzulga uchrab,keyin yana rivojlangan.Yaqinda 2014-yil Orrorin son suyaklari bo'yicha yangi tadqiqot o'tkazildi,bu shuni ko'rsatadiki,progressiv belgilarga qaramay,belgilarning aksariyati 10 mln yil ilgari daraxtlar orasidan sakrab o'tgan qadimgi to'rt oyoqli primatlar bilan bog'liq.Orrorinni tishlari sahelantropnikidan biroz kichik bo'lsada, biznikidan ancha katta.Biroz vaqt o'tgach adriopetiklar paydo bo'ldi.Ularning hozirda 2ta turi ma'lum:adriopetik ramidus va adriopetik kadaba.Ramidus 4.5mln yil oldin yashagan.Kadabba 5mln yil oldin yashagan.Qadimgilari kam sonli qoldiqlari tufayli kam o'rganilgan.Ramidus ancha yaxshi o'rganilgan.Chunki uni deyarli to'liq suyagi topilgan.Uning skleti 1994-yil topilgan.Ammo 2006-yilgacha u bo'yicha ilmiy ishlar nashr etilmagan.Chunki u juda shikastlangan holda topilgan va shu vaqt davomida qayta tiklangan.Adriopetik ramidus maymun va odam o'rtasidagi ajoyib oraliq bosqich.Aslida bu Darvin davridan beri orzu qilingan,,yo'qolgan bo'g'in'' va endi u nihoyat topildi.Uning belgilari deyarli 50/50 odamga ham,maymunga ham tegishli.Misol uchun uning qo'llari deyarli tizzasigacha,oyog'ida esa bosh barmog'i bizning qo'limizda bo'lgani kabi tashqariga chiqadi.Miyyasining hajmi shimpanzeniki kabi 400gr.Taqqoslash uchun zamonaviy odamniki 1400gr.Bosh suyagining tuzulishi maymunikiga o'xshash,uni maymundan ajratib turadigan narsa bu mayda tishlari va ikki oyoqli harakatlanish majmuasi.Ammo bu ibtidoiy hususiyatlar bilan bir qatorda ilg'or xususiyatlar ham mavjud.U yetarlicha rivojlangan tos suyagiga ega.Odamlarda tos suyagi past va keng,ikki oyoqda yurishga moslashgan,maymunlarda esa tor va baland,butun tanasi cho'zilgan.Adriopetikda hamma narsa qat'iy ravishda bir xil o'rtada balandligi va kengligi taxminan bir xil.Bosh barmog'i tashqariga chiqsada uning bo'ylama va ko'ndalang yoylari bor,ular tik yurushdan boshqa hech narsa uchun kerak emas.Shu bilan birga adriopetiks daraxtga ajoyib ko'tariladi.Ehtimol u 4 oyoqda yugurib,kaftida qo'llab quvvatlagan,ikki oyoqda yura olgan.Keyinchalik savannalar kengayib,ochiqroq bo'lib,bu vaqtda avstrolopiteklar guruhi paydo bo'ldi.Ularningbarchasi afrikada yashagan,butunlay ikki oyoqli.Qo'li taxminan biznikiga teng edi,lekin alohida suyaklarning tuzulishi jihatdan u maymunga ko'proq o'xshardi.Ular toshdan asboblar yasamagan.Boshi esa,umuman olganda maymuniki edi.Miyyasining massasi 400-450gr,qobiliyatlilarida 500gr ya'ni taxminan shimpanzeniki kabi edi.Ko'pchilik avstrolopiteklarning o'sishi 1dan 1.5m gacha bo'lgan va agar biz miyyaning mutlaq hajmini emas,balki tana vazniga nisbatan hisoblasak,ular shimpanzelarga nisbatan aqlliroq bo'lganligi ma'lum bo'ladi,ammo bu aftidan,unchalik namoyon bo'lmagan o'sha vaqtgacha.Vaqt taxminan 2.5 mln yil oldin,iqlim yanada quruq va sovuqroq bo'lgan paytda(Afrika standarti bo'yicha sovuqroq) avstrolopiteklar ikki guruhga bo'lingan.Ulardan biri parantroplar yoki massiv avstrolopiteklari edi.Ular juda kuchli chaynash apparati -katta jag'lar va tishlar bilan ajralib turadi va olimlar ularni birinchi vakillarini topgach ,,shelkuchnik'' deb ataydi.Ular 1mln yil davomida mavjud bo'lib,keyin o'lib ketishdi.Ammo o'sha davr ichida ular gullab yashnadi va o'sha davrda ular Afrika savannasida yirik primatlarning asosiy turi edi.Ularning qoldiqlari juda ko'p.Aytaylik o'sha vaqtda yashagan qadimgi leopard va sherlardan bir necha baravar ko'p. Eng qadimgi odamlar ham juda oddiy bo`lib,. Ularning pеshonasi qiya, qosh usti qabartmasi rivojlangan, kalla suyagining yuqori qismi yassi bo`lgan. Lеkin ular bosh miyasining hajmi ancha kattalashib kеtib, odamsimon maymunlarning bosh miyasilan farq qilgan va haqiqiy odam miyasiga yaqinlashib qolgan. Eng qadimgi odamlar oddiy tosh yog`och va boshqa tabiiy buyumlardan foydalanganlari holda qurollar yasay boshlagan
Yirik avstrolopiteklar bilan bir vaqtda birinchi odamlar paydo bo'lgan.Bular homolar. Siz ularni zamonaviy odamga o'xshatishgan deb o'ylamasligingiz kerak, chunki Homo shunchaki jinsdir. Mohir odam Homo Habilis tuzilishi jihatidan avstralopiteklardan unchalik farq qilmagan. Uning balandligi hali ham bir xil 1,5 metr edi, qo'l va oyoqning tuzilishida juda ko'p ibtidoiy bor edi, miya esa unchalik katta bo'lmasa-da, lekin uning massasi 450-500 sm 2 emas, balki avstralopiteklardan sezilarli darajada katta edi. , lekin 675 -685sm2 va undan ham ko'proq.Miya hajmi 675-685sm kub.Homo habilis bu 1960-yilda Likilar tomonidan topilgan.Undan oldin biz pitekantropni qadimgi odamlar deb bilar edik.Chunki uning topilgan sanasi homo habilis topilgan sanadan oldinroq edi.Pitekantrop 1890-yilda topilgan.Homo habilis esa 1960 yilda.Shunday qilib yer yuzidagi eng qadimiy odam yava piteklantopi emas,balki Sharqiy Afrikada yashagan Xomo xabilisdir.U Sharqiy Afrikada bundan 3-2.5mln yil ilgari yashagan.Sharqiy Afrikadagi Tanzaniyaning Olduvay darasidan qazishma natijasidatopilgan arxeologik va antropologik materiallar bunday fikrga kelishimizga imkon beradi.Olduvay darasi Tanzaniyaning shimolida joylashgan bo'lib,Eyasi ko'lidan 36km shimoli sharqa.U yer 1911 yildan o'rganila boshlagan.1931 yildan boshlab bu yerda Likilar oilasi qizg'in qazishma ishlarini olib bora boshlaydi va bu yerdan turli hil davrga oid tosh asri madaniy qatlamlarni topishga muyassar bo'ladi.1959-yilda Luis va Meri Likilar bu yerdan avstrolopiteklarnikidan farq qilmaydigan maymunga o'xshagan mavjudotning bosh suyagini topadilar.Topilmaning miya hajmi 530 sm 2 bo'lib, avsrtrolopiteklarnikidan uncha farq qilmagan.Qazishma natijasida bu yerdan bosh suyakdan tashqari,oddiy tosh qurollarining mavjudligi uni avstrolopitek maymuni emas,balki maymunsimon odam deb aytishga imkon beradi.Bu odamga zinjantrop deb nom beriladi.Ba'zi olimlar bu topilmani odam deb hisoblasa,b'azilari maymun deb hisoblaydi.Oradan 1 yil o'tganidan keyin zinjantrop topilgan joydan biroz chuqurroqda zinjantropga nisbatan ancha rivojlangan mavjudodning suyak qoldiqlari topiladi.Olimlar unga prezinjantrop deb nom berishadi.Hozirgacha mana shu yerdan 5o‘tadan ortiq suyak qoldig'i,tosh qurollar va hayvonlarning mayda suyaklari topilgan.Bu mavjudot qurol yasay olgan ekan,olimlar tomonidan unga ''homo habilis'' ya'ni ishbilarmon odam degan nom beriladi.Ikkalasini bitta qatlamdan topilganiga e'tibor qiladigan bo'lsak,zinjantrop bu prezinjantropning ya'ni homo habilisning ov o'ljasi bo'lgan bo'lishi mumkin.Homo habilisning yuqori va quyi jag'lari avstrolopiteklarnikidan kichikroq bo'lib,pitekanrop va hozirgi odamnikiga yaqinroq bo'lgan.Barmoq va bo'g'inlari ham odamnikiga o'xshab ketgan.Tosh qurollar yasay olish qobiliyatiga ega bo'lgan.Homo habilisning jag' suyaklari old tomonga uncha turtib chiqmagan,oziq tishlarining kichikligi,tishlar orasidagi bo'shliqning bo'lmasligi,miya hajmi va u topilgan joydan mehnat qurollarining topilishi uning inson ajdodi ekanligidan dalolat beradi.Homo habilisning qazilma qoldiqlari hayvon suyaklari ibtidoiy qurollar bilan bir qatorda topilgan.Ular meva,hashorat,go'sht iste'mol qilganlar.O'zlarini yirtqich hayvonlardan himoya qilish va oziq ovqat qidirish uchun birlashdilar.Bolta va qirg'ich sifatida shag'al,tosh bo'laklari,suyak bo'laklaridan foydalanib,yerdan ildizlari qazib olganlar.Bu toshlardan yana yirtqich hayvonlardan himoyalanish maqsadida foydalangan.O'tkirlangan uchli mehnat qurollari go'shtni kesish va teridan tozalash uchun xizmat qilgan.Homo habilisning bo'yi 122-140sm.Vazni 40-50kg.Ayollariniki 25-30kg.Erkaklar go'sht uchun ov qilishgan.Urg'ochilari esa o'simlik ovqatlarini yig'ishgan.Shu tariqa o'sha paytda erkaklar va ayollar o'rtasida mehnat taqsimoti paydo bo'lgan.Mehnat faoliyatining paydo bo'lishi o'z navbatida turli shaxslarning harakatlarini hakmorlik qilishni talab qildi.Bu esa o'z navbatida nutqning rivojlanishi bilan bog'liq edi.



Download 22.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling