Nuraliyeva xafiza otaevna
Ishlab chiqarishning zararli va xavfli omillari tasnifi
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Ishlab chiqarishning zararli va xavfli omillari tasnifi.
Zararli va havfli ishlab chiqarish omillari tabiatiga ko‗ra quyidagi guruhlarga bo‗linadi: fizikaviy; kimyoviy; biologik; psixofizik 51 Fizikaviy zararli va xavfli ishlash omillari quyidagilarga bo„linadi: -harakatlanuvchi mexanizmlar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalarining so‗riluvchi qismlari; - ishchi zonasining yuqori changlangani va gazlangani; - ishchi zonasi havosining haroratining yuqori yoki pastligi; - shovqinning yuqori darajaliligi, vibratsiya, ish joyidagi ultratovush, infratovush; - havo namligini oshishi yoki pasayishi; - barometrik bosim oshishi yoki pasayishi; - elektrstatik maydonining darajasining oshishi; - elektr magnit nurlanish darajasi oshishi; - tabiiy yorug‗lik kamligi yoki yo‗qligi; - ish zonasining yoritilganligi etishmasligi; - infraqizil radiatsiya darajasining oshishi. Ishlab chiqarishning kimyoviy zararli va xavfli omillari quyidagicha: 1. Inson organizmiga ta‘siri quyidagicha xarakterda bo‗ladi: allergen, toksik, sensibillovchi, kanserogen, mutagen, reproduktiv faoliyatga ta‘sir qiluvchi (teratogen) 2. Inson organizmiga kirish yo‗li bo‗yicha: nafas olish organlari, oshqozon- ichak yo‗li, teri va shilliq pardalar orqali. 3. Ishlab chiqarishning biologik zararli va havfli omillari o‗z ichiga: biologik manbalarni, patogen mikroorganizmni (rikketsiya, bakteriya, virus va zamburug‗lar) va ularning hayot mahsulotlarini oladi. 4. Ishlab chiqarishning psixofiziologik zararli va xavfli omillari quyidagicha: jismoniy zo‗riqish va ruxiy zo‗riqish. Jismoniy zo‗riqish quyidagicha bo‗ladi: statik va dinamik. Ruhiy zo‗riqish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: aqliy zo‗riqish, analizatorlarning zo‗riqishi, mehnatning monotonligi, emotsional zo‗riqish. 52 Gigiyenik tasnifga muvofiq mehnat sharoitlarini zararli va xavflilik ish jarayoni og‗irligi va keskinligi ko‗rsatkichlari SanQvaM №0350-17 va SanQ va M № 0183-05 ish sharoiti 4 sinfga bo‗linadi: 1 sinf – optimal ish sharoiti 2 sinf – ruxsat etilgan ish sharoiti 3 sinf – zararli ish sharoiti (gigiyenik normativ darajasi oshishi va ishchi organizmida o‗zgarishlar) yaqqolligi bo‗yicha 4 darajaga bo‗linadi. 4 sinf – o‗ta xavfli ish sharoiti. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling