Nuraliyeva xafiza otaevna


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

 
 



I BOB. ZAMONAVIY GIGIYENA VA UNING FARMATSEVTIKADAGI 
O‘RNI 
1. GIGIYENANING FAN SIFATIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI 
Gigiyena - inson salomatligiga tashqi muhit omillarining ta‘sirini o‗rganadi 
va olingan ma‘lumotlar natijalariga asoslangan holda me‘yor va qoidalarni ishlab 
chiqadi fandir.
Bu maqsadlarga erishish uchun gigiyena o‗z oldiga quyidagi vazifalarni 
qo‗yadi: 
- tashqi omillarini o‗rganish va ularning odam organizmiga ta‘sir etish 
xususiyatlarini aniqlash, olingan natijalarga asoslangan holda, odam organizmi 
uchun befarq bo‗lgan va uzoq muddat davomida ta‘sir etganda ham zararli ta‘sir 
ko‗rsatmaydigan gigiyenik me‘yorlar va qoidalarni ishlab chiqish; 
- aholini oqilona ovqatlanishini o‗rganish va tavsiyalar ishlab chiqish; 
- farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalari va dorixonalarni loyihalashga, 
qurilishiga, jihozlanishiga va ekspluatatsiyasiga, toza va aseptik xonalarga, ishchi 
xodimlarga va ularning kiyimlariga bo‗lgan gigiyenik talablarni o‗rganish va 
farmatsevtik ishlab chiqarishda mehnat sharoitini sog‗lomlashtirish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish; 
- ishlab chiqarishdagi salbiy omillarni ishchi xodimlar organizmiga ta‘sirini 
o‗rganib, ular tomonidan yuzaga keladigan kasb kasalliklarini oldini olish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish; 
- ishlab chiqilgan me‘yorlar va qoidalarni hayotga tadbiq qilish va ularning 
bajarilishini nazorat qilish. 
Har qanday gigiyenik me‘yor yoki qoidani hayotga tadbiq qilishni 
gigiyenaning muhim bir qismi bo‗lgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va 
jamoat salomatligi xizmati (keyingi o‗rinlarda Sanitariya-epidemiologiya xizmati) 
muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Gigiyenaga oid vazifalarni amalga oshirishda turli usullardan foydalaniladi 
va bu usullar o‗zining mohiyatiga ko‗ra quyidagi guruhlarga bo‗linadi: 



1. Aniqlangan kamchiliklarni yo‗qotish bo‗yicha taklif va ijro muddatlari 
ko‗rsatilgan dalolatnomalar tuzish bilan bog‗liq sanitariya tekshirish usullari 
Aniqlangan kamchiliklarni yo‗qotish bo‗yicha taklif va ijro muddatlari ko‗rsatilgan 
dalolatnomalar tuzish bilan bog‗liq sanitariya tekshirish usullari; 
2. Laboratoriya tekshirish usullari: fizikaviy, kimyoviy bakteriologik va radiologik 
jihatdan suv, havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tashqi muhit 
omillarini tekshirish. 
3. Fiziologik kuzatish usuli (odam a‘zolari va sistemalarning vazifaviy holatini 
turli sharoitlarda tekshirish). 
4. Tajriba usulini qo‗llash (organizmga salbiy ta‘sir qiluvchi omillarini asbob-
uskunalar yordamida tekshirish), ya‘ni ayrim organlarning funksional holatlarini 
tekshirish usullari; 
5. Klinik kuzatish usuli. Bu usul ko‘proq profilaktik tibbiy ko‗riklar o‗tkazishda 
qo‗llaniladi. 
6. Statistika usuli: tashqi muhit omillarini inson salomatligiga ijobiy va salbiy 
ta‘sir etish natijalarini aniqlaydi va unga baho beradi. 
Gigiyenada qo‗llanadigan usullarga keltirilgan ta‘riflar bilan tibbiy-biologik 
va boshqa fanlar hamda sohalarga doir tekshirish usullarisiz birorta ham gigiyenik 
vazifani to‗laqonli hal etish mumkin emasligini ko‗rsatadi. 
Gigiyenaning zamonaviy muammolari: 
- tashqi muhitning salbiy omillarini baholash va ularni me‘yorlashtirish; 
- aholini ratsional, ya‘ni oqilona ovqatlanishini o‗rganish va ovqatlanishning 
fiziologik me‘yorlarini ishlab chiqish; 
- aholi kasallanishida suvni epidemiologik jihatlari; 
- kasb kasalligi profilaktikasi; 
- farmatsevtika sohasida ishlatiladigan suvga qo‗yiladigan gigiyenik talablarni 
o‗rganish va me‘yorlash; 
- bolalar va o‗smirlarning akseleratsiyasiga doir bo‗lgan muammolar; 
- aholi o‗rtasida sog‗lom turmush tarzini tashkillashtirish muammolari. 



Hozirgi kunda O‗zbekistonda mavjud bo‗lgan sanitariya nazoratining tarkibi 
qayta 
o‗rganilib 
chiqilmoqda. 
Respublikamizdagi 
hamma 
sanitariya-
epidemiologiya xizmatini qayta ko‗rish konsepsiyasi yuzaga keldi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 4790 - sonli qaroriga muvofiq 
Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tugatilib, uning o‗riniga 2020 yil 
27 iyuldan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati
(keyingi o‗rinlarda Sanitariya-epidemiologiya xizmati) tashkil qilindi. 
Har qanday holatda ham sanitariya-epidemiologiya xizmatining asosida 
sog‗liqni saqlash tizimidagi davolash va profilaktik yo‗nalishlarning birligi turishi 
muqarrar. Bu degani, farmatsevt va farmatsevt texnologlar uchun gigiyenik 
bilimlar kasallikni oldini olishning asosi ekanligi va uning kasbga doir 
tayyorgarligidagi faoliyatining muhim bir asosiy qismi bo‗lib qolmog‗i kerak. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling