Nuriddinov Saidikrom Sayfiddin o’g’lining bitruv malakaviy ishi
Tajriba sinov natijasi sifatida bir soatli dars ishlanma ishlab chiqish
Download 1.41 Mb.
|
bibixonim tayyor 222
3.2. Tajriba sinov natijasi sifatida bir soatli dars ishlanma ishlab chiqish.
Darsning maqsad va vazifalari Talimiy maqsad: O’quvchilarga portret janri haqida malumot berish orqali oquvchilarning bilim, malaka va konikmalarini hosil qilish;Tarbiyaviy: dars jarayonida oquvchilarda vatanparvarlik hissini shakllantirish; Rivojlantiruvchi: darsda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanib, oquvchilarni tez fikrlashga, xotirasini mustahkamlashga, qiyoslash orqali xulosalar chiqarishga o’rgatish. II. O’quv jarayonini mazmuni Dars turi: yangi bilim hosil qiluvchiDars metodi: ananaviy, interfaol Darsning jihozi:darslik, texnik vositalar, ko’rgazmali va didaktik materiallar III. Oquv jarayonini tashkiletish texnalogiyasi Oqituvchi: Oquvchilarga portret janrining hayotimizdagi muhim orni haqida tushuncha berish. IV. Kutilgan natijalar Oqituvchi: Oquvchilarni mavzu yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash. O‘quvchilаrni rаsm chizish mаlаkа vа ko‘nikmаlаrini rivоjlаntirish, fikrlаsh qоbiliyatini o‘stirish. Musаvvirlik, gаnchkоrlik, kаshtаchilik, yog‘оch o‘ymаkоrligi kаsblаrigа qiziqtirish. V. Kelgusi rejalar Oquvchilarga bugungi islohotlar haqida bilim va tushuncha berish Darsning borishi: I. Tashkiliy qism 1) Salomlashish. 2) Davomatni aniqlash 3) Oyning muhim sanalari Buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur tavalludining 681 yilligi.portret janrida rasm ishlash. O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 63 yilligi. Uyg’onish davrining buyuk rassomi Leonardo Da Vinchi 1452-yil 15-aprelda. Florensiyada dunyoga kelgan. Leonardo Da Vinchi nafaqat buyuk rassom, haykaltarosh, memor, balki istedodli ixtirochi muhandis, matematik, anatom. Psixalogik iqlim yaratish. Bunda sinf oquvchilari guruhlarga ajratilib nomlanadi. guruh rassomlar guruh haykaltaroshlar Guruhlardan ikitadan o’quvchi rasmli boshqotirmalarni ishlaydi. Qolgan o’quvchilarga quyidagicha savollar beriladi. I.Ushbu tasvirlar tasviriy sanatning qaysi janrida ishlangan? (portret, manzara, naturmort, batal) II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash: “Men sevgan qahramon” mavzusida rasm ishlash (2 soat vaqt ajratilgan) Otilgan mavzu yuzasidan beriladigan savollar:(tarqatmalar asosida) 1.Portret bu?(tasviriy sanatning keng tarqalgan janrlaridan biridir. “Portret” fransuzcha So’zdan olingan bo’lib , mavjud shaxs yoki guruh kishilarining tasvirini anglatadi) Portretning asosiy maqsadi?(Obrazning asliga o’xshashligi bundan tashqari uning ruhiyati, manaviyati, shaxsi, davrni ham tasvirlash) Portretning qanday turlarini bilasiz?(yakka, ikkilik va guruhli turlarga bolinadi) Portret qanday korinishlarda boladi?(dastgohli, mahobatli, tantanali, kokrakdan va butun boy-basti, yon tomondan yana medallarda, minatura uslibida ham bajariladi.) Rassomlar portretlarni qanday yaratadi? (naturadan, xotiralar asosida arxiv materiallariga tayanib portret yaratish mumkin. Shuningdek, kishilarning bosh suyaklarini ilmiy organib portret yaratish usuli ham bor. Amir Temur, Shoxrux, Ulugbek, Rudakiy portretlari shu uslubda yaratilgan) Qiziqarli topshiriq: Anvar Obidjonning “Meshpolvon jangga otlandi” qissasinig bosh qahramoni Meshpolvonga berilgan tarif asosida portret yaratish(tarif o’qituvchi tomonidan o’qiladi) …ikki lunji nogora, beti oftobday zogora, jagida eshak tepkisinaqshlagan naqshlagan chandiq, qorni naq qirq pudlik sandiq, burni mushuklarnikidek puchuq, yelkasi baayni hurpaygan chumchuq, boyni oldinga enkaygan, quloqlari dinkaygan, oyoq bosishi ilang bilang, boshi yozyovon cholidek yap- yalang, korinishidan kamgap-u anqov, aslida mahmadona-yu mijgov, kozlari boyqushnikidek ola….xullas, rosayam qiziq bola ekan. Yangi mavzuga iqlim yaratish:( bunda inson azolariga oid topishmoqlar aytiladi o’quvchilar chizadi) Tom ustida qo’sh chiroq(ko’z) Katta kichik besh ortoq uyushsa bolar toqmoq(barmoqlar) Ikki otim bor bir- biridan chopogon(oyoq) Sandiq to’la oq sadaf (tish) Teg desam tegmaydi, tegma desam tegadi(lab) III. Yangi mavzu: Portret ishlashda kishilarning tashqi qiyofasi va ichki psixologik xususiyatlari tasvir orqali ochib beriladi. Sevgan qahramonining portretini ishlashda biror shaxsga xos bo’lgan tashqi qiyofani, uning ichki dunyosini, xarakterini aks ettirish bilan birga, ma’lum tarixiy davrga xos fazilatlarini ham haqqoniy ifodalab beradi. Qahramonning ichki kechinmalarini uning yuz tuzilishi, nigohi, yurish-turishi va kiyimida ko’rish mumkin. Sevgan qahramonni turli ko’rinishda tasvirlash mumkin: Samimiy, musavvir ma’lum bo’lgan insonning o’ziga xos xususiyatlarini bo’rttirib, oshkora ifodalaydi; Tantanavor, ommaviy joylarga mo’ljallangan mashhur kishilar portretlari. Ularda tasvirlangan insonning ko’rsatgan xizmatlari, jamiyatdagi o’rni, unga monand libos, interyer, buyumlari ifodalanadi; Ijtimoiy, keng doiradagi hamjamiyat sinfining turmush tarsi ifodalanadi; Psixologik, unda xarakter yuksak badiiy mahorat bilan ifoda etiladi. Kompozitsiya tuzilishi jihatidan portretlar ko’krakgacha, belgacha, tizzagacha butun qomat va ko’p qomatli bo’lishi mumkin. Men sevgan qahramonning portretini ishlashda uning o’ziga xos xarakterini ifodalashda bosh va qo’lning qismi katta ahamiyatga ega. Tasvirlanadigan qahramonlar qo’l imo-isho- ralar ko’magida suhbatlashadilar va bu xususiyatlar ham xarakterni yortishda yordm beradi. Qahramonning ko’zini tasvirlash muhim ahamitatga egadir. “ Ko’z – qalb ko’zgusi” deyiladi xalq maqollarining birida. Ko’z murakkab joylardan biri bo’lib, o’ta aniqlikni va tafakkurni jamlashni talab etadi. Men sevgan qahramon mavzusida portret ishlashda taniqli musavvirlar yaratgan asarlar portretlari yorqin misol bolib xizmat qiladi. Ularning zamirida qandaydir mano yotganligi, xarakterini ochib berilishi va buyuk insonnig ichki kechinmalarini ilgab olish mumkin. Mashhur ozbek musavvirlari Abdulhaq Abdullayev, Rahim Ahmedov, Chingiz Ahmarov, Malik Nabiyev va kopgina boshqa rassomlar bu mavzuda ajoyib portretlar yaratganlar. Malik Nabiyev ijodidagi buyuk siymolar portretlaridan Abu Rayhon Beruniyning tavalludi munosobati bilan Mutafakkir olim portretini yaratdi.Bu portret ikkinchi marotaba ham korik golibi boldi va UNESKOning “Kuryer” jurnali muqovasida va xorijiy mamlakatlarning kopgina jurnal va gazetalarida bir necha bor nashga chiqarildi. Topshiriq: oquvchilar oldingi darsda chizilgan portretlarni ranglaydilar. Mavzuni mustahkamlash: Portret janrida ijod qilgan rassomlardan kimlarni bilasiz? Qaysi rassomlar mashhur shaxslarning portretlarini ishlagan? Amir Temur portreti qanday yaratilgan? Muallifi kim? Abu Rayhon Beruniy portretini muallifi kim? Uqaysi xorijiy jurnal muqovasida nashrdan chiqarildi? Sinfga umumiy savol siz qaysi sevgan qahramonningiz obrazini yaratdingiz? U qahramonni qaysi xislatlari sizga yoqadi? V.O’quvchilarni baholash: Guruhlarni rag’bat kartatekalari sanalib, golib guruh aniqlanadi. Darsda faol ishtirok etgan oquvchilar alohida rag`batlantiriladi. Uy ishi: Dars jarayonidagi rasmlarni yakunlab, inson obrazidagi ertak va badiiy film qahramonlarini (Zumrad va Qimmat, Oppoqoy, Qizil shapkacha, Alpomish, Kenja botir) chizib kelish. XULOSA. Bizning ajdodlarimiz tarixiga nazar tashlasak dunyodagi barcha mamlakatlar va elatlar ichida juda boy tarixga ega, dunyo tamadduniga eng buyuk allomalari, diniy arboblari, xassos ijodkorlari hamda Osiyo va Yevropaga (svilizatsiyaning) yuksak ijodiy na’munalari yaratgan millat sifatida namoyon bo‘lamiz. Rus bosqinidan so‘ng bizni boy tarixiy manbalarimiz, boyliklarimiz, san’atning barcha turlariga oid ijod na’munalarimiz talon taroj qilib mamlakatdan olib chiqib ketilgan yoki arxitektura va me’morchilik san’ati obidalari ataylab yaroqsiz holga keltirilganini guvohi bo‘lamiz. Yoshlarimiz tarbiyasi, salomatligi, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ularning bevosita ishtirokini ta’minlovchi amaliy ishlar qilib taraqqiyotga sari bo‘lgan intilishlarimiz uchun puxta zamin yaratildi desam hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Ozod va obod diyorimiz qisqa fursatlar ichida borgan sari go‘zallashib, sayqal topib bormoqda. Sanoatning barcha turlarida, qishloq xo‘jaligida, shaharsozlik, kommunikatsiya, yo‘l qurilish infrotuzilmasi, konlarni o‘zlashtirish kabi barcha sohalarda ijodiy izlanishlar va dunyo xamjamiyatida o‘zining salohiyatiga ega yuksakliklarga erishish xalqimizning ezgu maqsadi hisoblanadi. Bugungi kunda yoshlarimizga ta’lim-tarbiya berishda madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, milliy san’atimiz namunalaridan, ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun jahonga mashhur bо‘lgan ajoyib san’at namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. O’tmishda yashab o’tgan buyuk vatandoshlarimiz, ulug’ allomalar siymosini tasviriy san’at asarlarida aks ettirish ijod ahli oldiga ham ma’suliyatli vazifalarni yuklaydi. Shu sababli ham ular o’rganishni , tahlil qilishni taqozo etadi. Bu uz navbatida xalqimiz ichidan yetishib chiqqan buyuk davlat va fan arboblari, buyuk vatandoshlarimiz haqida yaratilgan va yaratilayotgan tasviriy san'at asarlarini o’qishni o’rganishda , badiiy saviyasi va qiymatini anglashimizda bеnixoya katta ahamiyat kasb etadi , dеb o’ylaymiz. О‘zbekistonda ham yangi ma’naviy-g‘oyaviy yо‘nalishlarning shakllanishi о‘z navbatida, zamonaviy san’atning barcha sohalariga samarali ta’sir etib, ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtirdi. Tarixiy, madaniy va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning keng qatlamlarini qayta idrok etish g‘oyalari, yangilanish tamoyillari me’morlik, tasviriy va amaliy bezak sohalarida, musiqa va tomosha san’atlarida, badiiy va xujjatli kino hamda, televideniye tizimida yaqqol namoyon bо‘lmoqda. Bundan tashqari bugungi kunda badiiy fotografiya yaratgan san’at asarlarini ham tasviriy san’atda foydalansh keng tus olib bormoqda. Suvratda muayyan yangitikning bo’lishi yoki asarning original va betakror bo’lishi esa masalaga ijodiy yondashish lozimligini bildiradi. Ya’niyaratilgan asarda rassom kompozisiya, mazmun, g’oya, rang, elementlarining joylashuvi jihatidan yangicha yondashuvlarga erishmog’i kerak. Suvrat yuqorida qayd qilingan jihatlari bilan avval yaratilgan asarlardan tubdan farq qilsa, ya'ni orginal va betakror bo’lsagina u yuqori baholanadi, alohida e'tirofga sazovor bo’ladi. Asarning bosh g’oyasi tabiat go’zagligini tarannum etish bo’lsa, unda rassom suvratdagi barcha detallarni o’z g’oyasiga mos ravishda tuzishi, shunga muvofiq shakl, rang va boshqa jihatlarni tanlashikerak bo’ladi. Suvratdagi hayvonlar, daraxtlar, tog’u toshlar, uylar, soylar, hattoki osmondagi bulutlar ham shakl va rang jihatidan mazmunga mos tarzda tasvirlanishi kerak bo’ladi. Bitiruv malakaviy ishining mazmuniportret kompozitsiyasini yaratishda fotodan foydalanish,fotografiya va tasviriy san’atdagi yaqinlik, o’xshashlik, dinamika, statika, perspektiva, kompozitsiya, komponovka, rangtasvir asoslarining qo’llanilishidan iborat. Xulosa qilish kerak portret yaratishda kompozitsiya asoslarining o’rni va ahamiyati eng muhim bo’lim hisoblanadi. Kompozitsiya asoslari tasviriy san’atning barcha tur va janrlarida ishtirok etadi. Bugungi kunda portret kompozitsiyasini yaratishda fotodan foydalanish mumkin. Bu aynan fotodan nusxa ko‘chirish orqali emas, balki fotodan foydalanib turli kompozitsiyalar yaratilganda yahshi samara beradi. Barkamol avlodni tarbiyalashda tasviriy san’at va uning tur hamda janrlarining xozirgi kundagi ahamiyati, rivojlanishi, ayniqsa portret janridagi ilg’or g’oyalarning yuksalishida bitiruv malakaviy ishining mavzusida keltirilgan izlanish va fikrlar ijodning yangicha g’oyalarini oldinga suradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib men shuni tavsiya qilgan bo’lardimki, bo’lajak soha mutaxassislari kelajak avlodni yuksak saviyali yetuk mutaxassislar qilib tarbiyalashda tasviriy san’at asarlarini kuzatish, taxlil qilish, fotodan shunchaki ko‘chirma sifatida emas, balki ilhom manbai sifatida o‘rinli foydalanishni tavsiya qilgan bo‘lar edim. Tasviriy san’atda buyuk tarixiy siymolarning aks ettirilishi- bu yoshlarni umuminsoniy qadriyatlar, vatanga va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling