Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


«Atrofimizdagi olam» o’qish kitobi bilan ishlash metodikasi


Download 0.89 Mb.
bet89/107
Sana14.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1701630
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   107
«Atrofimizdagi olam» o’qish kitobi bilan ishlash metodikasi. Birinchi sinf o’quvchilari birinchi mashg’ulotdanoq kuzatish, ekskursiya, sayr, ajoyib odamlar bilan uchrashuv vositasida atrof olam bilan tanisha boshlaydilar. Ular hali o’qish va yozishni bilmasliklari tufayli atrof olamni kuzatish uchun topshiriqni o’qituvchidan og’zaki shaklda oladilar. «Atrofimizdagi olam» kitobidagi topshiriqlarni ham birinchi sinf o’quvchilari o’qituvchi rahbarligida bajaradilar. O’qituvchiga yordam sifatida «Atrof olam bilan tanishish» metodik qo’llanmasi nashr qilingan, unda mashg’ulotlar va tantanali sanalarga bag’ishlangan ertaliklarning namunaviy ishlanmalari, shuningdek o’quvchilar bilan ishlash uchun qo’shimcha material hamda o’qituvchi uchun ma’lumotli material keltirilgan. Metodik qo’llanmada O’zbekistonning o’simlik va hayvonot dunyosini aks ettiruvchi 16 ta rangli tablisa ham berilgan.
Ish jarayonida o’qituvchi bolalar oldiga, ularning mashg’ulot o’tkazilgandan keyin o’zlashtirganliklarini aniqlashga imkon beradigan savollarni qo’yadi. O’qish kitobida bolalar har xil turdagi mustaqil mashg’ulotlarni bajaradilar.
O’qish kitobining mazmuni dasturning asosiy mavzularini aks ettiradi, lekin material mavzular bo’yicha emas, balki yil fasllari bo’yicha, umumrivojlantiruvchi material hamda bayram sanalarini hisobga olgan holda guruhlashtirilgan.
O’qish kitobiga metodik tavsiyalar ilova qilingan, ularda rasmlar bilan ishlash uchun topshiriqlar keltirilgan. Kitobda kompleks tarbiyaning asosiy vazifalari aks ettirilgan. Bular «Odamlar mehnati», «Bizning o’lkamiz», «Oila», «Bizning vatanimiz» va boshqa mavzulardir. O’qish kitobining asosiy yo’li – odamning tabiat bilan o’zaro aloqalari, odam mehnatining tabiatdagi ahamiyati, tabiatda o’zini tutish qoidalaridir.
O’qish kitobidagi ishlar o’quvchilar faoliyatining ushbu turlarini nazarda tutadi.
1. O’qituvchining topshirig’iga muvofiq rasmlar tanlash. Chunonchi, 10-sahifada topshiriq berilgan: «Rasmni ko’ring. Qaysi rasmda o’quvchi qo’lini to’g’ri ko’targan?» Alternativ (qarama-qarshi) topshiriqlarning kiritilishi bolalarning bir necha variantlardan to’g’risini tanlab olishlari uchun zarurdir, bunday ishlar topshiriqni murakkablashtiriladi, unga qiziqishni oshiradi (27, 29 va boshqa sahifalarga qarang). Pastda har qaysi rasmga doiracha chizilgan. Agar suratdagi vaziyat bolalar ishining to’g’riligini aks ettirsa, doirachani yashil qalam bilan bo’yab qo’yiladi.
2. Rasmlarning munosabatdoshligi. 4-sahifada topshiriq berilgan: «Rasmlarni qarab chiq. Bu barglar qaysi daraxt va butalarniki? Barg va unga tegishli mevalar yonidagi doirachalarni bir xil rang bilan bo’ya». 62-sahifada shunga o’xshash topshiriq bor.
3. Jarayonlarning izchilligini aniqlash. 8-sahifada topshiriq berilgan. «Rasmni qarab chiq. Unda qanday predmetlar aks ettirilgan? Svetoforning qaysi signali yonyapti? Maktab o’quvchilarining yo’lini strelka (ko’rsatkich) bilan ko’rsat». Shunga o’xshash topshiriqlar 9, 55, 63-sahifalarda bor.
4. Rasmlarni ular mazmunini tahlil qilish bilan bo’yash.
5-sahifa. Rasmni qarab chiq. Qanaqa dala tasvirlangan? Shu dalada o’sayotgan o’simlikni nima deyiladi? O’simlikning qismlarini aytib ber. G’o’za barglari, gullari va mevalarini bo’ya.
24-sahifa. Hasharotlarni qarab chiq. Ularning nomlarini ayt. Sen ularni qayerda ko’rgansan? Ular nima bilan oziqlanadi? Kapalak, qo’ng’iz, chumolilarni bo’ya.
30-sahifa. Svetoforni shartli ranglar (sariq, qizil, yashil) bilan bo’ya, toki birinchi holatda yurishning man qilinganligini, ikkinchisida – diqqatni, uchinchisida – yurishga ruxsat berilganligini ko’rsatsin.
5. Rasm chizish. 4, 11, 12, 13, 16, 17, 20, 23, 28, 29, 48, 52, 57, 58, 63-sahifalar. Masalan, 23-sahifada «Rasmni qarab chiq. Unda qaysi o’simliklar tasvirlangan? Kuzda gullovchi o’simliklarning ko’k rangga bo’ya. Qanaqa erta gullovchi o’simliklarni bilasiz? O’z joyingizda erta va kuzda gullovchi o’simliklarning rasmlarini chizing» degan topshiriq berilgan. 53-sahifadagi topshiriq: «rasmlarda bo’lmagan, lekin uyingda bor elektr asboblarining rasmlarini chizing».
O’qish kitobidagi xilma-xil topshiriqlarni bajara borib, bolalar kuzatishga, taqqoslashga, o’xshashlik va farqlarni anglashga o’rganadilar. Ba’zi topshiriqlar bolalarning ijodiy ishlarini nazarda tutadi. Barcha bu ishlar har bir konkert darsning ta’lim-tarbiya vazifalarini hal qilish bilan uzviy bog’liqdir, dasturning asosiy bo’limlarini o’zlashtirishga yordam beradi, o’qitish jarayonida bolalarning umumiy rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Butun kurs bo’yicha ushbu mavzular o’tib boradi: sinfda, maktabda va jamoat joylarida xulq-atvor madaniyati; yo’l harakati, ko’chadagi, transportdagi xulq-atvor qoidalari; har xil kasbdagi kishilarning mehnati bilan tanishish; tabiatga ehtiyotlik munosabatida bo’lish.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishga 24-sahifa bag’ishlangan. O’qish kitobidagi topshiriqlarni bajarish o’qituvchiga atrof tabiat obyektlari to’g’risida bolalar tasavvurlarini tekshirish imkoniyatini beradi. Bolalarga, masalan, yovvoyi va uy hayvonlarining, qishlovchi va kelib-ketuvchi qushlarning, daraxt va butalarning farqiga borish; odamlar yilning har xil fasllarida tabiatni muhofaza qilish uchun nima qilishlarini aniqlash taklif qilinadi. Olingan tasavvurlarni tiklashga qaratilgan topshiriqlardan (masalan, 4,7,16,35-kabi sahifalar) tashqari o’qish kitobida muammoli xarakterdagi topshiriqlar ham bor, ular bolalardan vaziyatni tahlil qilishni talab qiladi. Masalan, 10,14,15,26,27,29 va shu kabi sahifalarda bolalarga bir nechta talab qilingan vaziyatlardan to’g’ri hal qilish yo’lini taklif qilinadi.
O’qish kitobida yo’l harakati qoidalarini mustahkamlash bo’yicha topshiriq va mashqlar bor (8,9,30,31,36,37,38,39,40,41,42,43-sahifalar). Mashqlar bolalarga svetofor signallari nimalarni ifodalashlarini, o’tishning qanaqa xillari mavjudligini, svetofor va milisiya boshqaradigan ko’chadan o’tish qoidasining qanaqaligini esda qoldirishga, yo’l belgilarini bilib olishga yordam beradi.
Olti yoshlar oldiga, shuningdek mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ham qo’yiladi. Masalan, 9-sahifada rasm ko’rsatilib, unda qishloq joyi, uzoqdan ko’ringan maktab tasvirlangan. Bolalar yo’lning maktabdan qarama-qarshi tomonidan ketmoqdalar. «Piyodalar uchun o’tish» belgisi bo’lmagan, lekin «Bolalar» belgisi bor yo’ldan bolalar maktab tomonga o’tish chiziqlarini ko’rsatishlari kerak. 36-sahifada bolalarning ko’chadagi xulq-atvorlarini (yurish-turishlarini) aks ettiruvchi vaziyat ko’rsatilgan. O’quvchilar bolalardan qaysinisi o’zini to’g’ri tutayotganini aniqlashlari kerak (javob tegishli rasmlar ostida doirachalarni bo’yash vositasida beriladi).
Kitobda kun rejimi, shaxsiy gigiyena, maktab va uyda xulq-atvor madaniyati masalalari maxsus o’rinni egallaydi. Chunonchi, 20, 21-sahifalarda birinchi sinf o’quvchilarining kun rejimini aks ettiruvchi suratlar, shuningdek to’g’ri o’tirish va qaddi-qomat, odam tanasining qismlari, pardoz (yasan-tusan) buyumlari ko’rsatilgan rasmlar keltirilgan. Bo’sh kvadratlarga o’quvchilar shaxsiy pardoz buyumlari rasmini chizishlari kerak.
Maktabda (darsda, tanaffusda, oshxonada) yurish-turish qoidalarini, atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo’lish qoidalarini bilganliklarini 10,14,15,26,27,28,29- boshqa sahifalardagi topshiriqlardan foydalanib tekshirish mumkin.
O’qish kitobida, shuningdek, o’qituvchiga bolalar bilan jonajon mamlakat, jonajon o’lka, mashhur sanalarga bag’ishlangan mavzular bo’yicha qisqacha suhbatlar o’tkazishga yordam beruvchi topshiriq va ko’rgazmali vositalar ham bor. Material bunday suhbatni ancha tushunarli va qiziqarli bo’lishiga imkon beradi. 11,18,19,32,33,46,47,48,59,60,61 – sahifalardagi rasmlar bo’yicha o’qituvchining savollariga bolalarning o’zlari javob berishlari mumkin.
O’qish kitobidagi odamlar mehnatiga bag’ishlangan ko’pgina rasmlar (5,6,7,12,13,16,17,31,36,44-sahifalar) dan o’qituvchi jonajon shahar (qishloq)da ishlovchi har xil kasb egalarining mehnati haqida hikoya qilayotganda foydalanish mumkin.
Ammo, atrof olamni o’rgana turib, faqat o’qish kitobidagi topshiriqlar bilan cheklanish yaramaydi. Sinfning tayyorgarligi va bolalarning o’qish kitobi bilan ishlash tajribasini hisobga olish zarur. Ba’zan o’qituvchi bolalar bilan ularning to’g’ri tushunganliklariga ishonch hosil qilish uchun ayrim topshiriqlarni qarab chiqadilar (muhokama qiladilar). Ba’zi topshiriqlarni o’qituvchi rahbarligida muhokama qilish hamda bajarish foydalidir.
Mashg’ulotga tayyorlanishda o’qituvchi o’qish kitobi bilan ishlashning mazmunini, uni bolalar faoliyatining boshqa turlari bilan bog’lanishini oldindan o’ylab olishi va shunga muvofiq o’qish kitobining darsdagi o’rnini aniqlab olishi kerak.
Bolalarning individual ishlarga ham yetarli darajada yaxshi tayyorgarlikka ega emasliklarini va ba’zilar uchun topshiriqlar yetarli darajada tushunarli bo’lmasligini hisobga olib, o’qituvchi bolalarga konkert yordam ko’rsatishi zarur. Bolalarga topshiriqni bajarish bilan bog’liq holda vujudga kelgan savollarini o’qituvchiga berishlariga ruxsat etiladi.
O’qish kitobining topshiriqlari bolalarning mustaqil ijodlari uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, uni har jihatdan rag’batlantirmoq zarur. Shu maqsadda har bir topshiriq bajarilgandan keyin ishning mazmuni va bajarilishi bo’yicha eng qiziqarlilarini sinfga ko’rsatish kerak.
O’qish kitobining 34-sahifasidan boshlab matn (tekst) kiritilgan. Agar hali hamma o’quvchilar yaxshi o’qiy olmasalar, matnni ancha tayyorlanganroq o’quvchilar o’qiydi. Keyin suratlar bo’yicha suhbatlar o’tkaziladi, suratlarning har biri tarbiyaviy maqsadga ega.
Yilning ikkinchi yarmida bolalar o’qish kitobining oxirida kelitirilgan ob-havo kalendarida har kunning ob-havosi holatini shartli belgilar bilan belgilaydilar. Ob-havoni kuzatishni uchinchi tanaffusda o’tkazish maqsadga muvofiq. To’rtinchi chorakdan boshlab bolalar kuzatishlarini kun davomidagi o’zgarishlarni hisobga olib, mustaqil qayd qilib boradilar. Barcha kuzatish va topshiriqlar tabiiy sharoitlarni hisobga olgan holda bajariladi.
Ob-havo kalendari bilan ishlashga kirishishda o’qituvchi bolalarni shartli belgilar bilan tanishtirishi, 65-sahifadagi yog’in, isish va sovish bilan bog’liq holda tabiatdagi o’zgarishlarni xarakterlovchi suratlar bo’yicha suhbatlar o’tkazadi. Shuningdek, har bir oyning xususiyatlarini xarakterlovchi ko’rgazmali vositalar mazmuni bo’yicha suhbat o’tkazish zarur. Bolalar u yoki bu oyga xos tabiat xususiyatlari bilan tanishadilar.
O’qish kitobi bilan ishlash yil fasllari, madaniy xulq-atvor qoidalari to’g’risidagi suhbat, 63-64-sahifalardagi topshiriqlarni bajarish bilan tugallanadi.
O’qish kitobi bo’yicha topshiriqlarni bolalarning tayyorgarliklarini hisobga olgan, faqat mavjud tavsiyalarga tayanib berish lozim. O’qituvchi, o’z joyining tabiiy sharoitlarini hisobga olib, tabiatga o’tkaziladigan ekskursiyalarning muddatlarini o’zgartirishi mumkin.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling