Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


Download 0.89 Mb.
bet97/107
Sana14.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1701630
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   107
Ilg’or pedagogning vazifasi – bu avvalo, boshqa o’qituvchilarga qaraganda, o’z ishiga mas’uliyat bilin qaraydigan, mas’uliyatni sezib talqin qilishdir.
Ilg’or pedagogik tajribani ifodalovchi asosiy mezon – bu o’qituvchi o’z pedagogik faoliyatda qo’llaydigan ta’lim-tarbiyaning yangi shakl, metod va usulidir.
Innovasiya – bu tushuncha «yangilik», «isloh» degan ma’noni bildiradi. Keng ma’noda qaraganda ta’lim tizimidagi har qanday o’zgarish – bu pedagogik innovasiyadir.
Integrasiya – bu so’z «birlashtirish» degan ma’noni bildiradi.
Yig’ma tushunchalar – umumiy belgilarga ega bo’lgan yakka tushunchalardan tarkib topadi.
Yer yuzasi modellari – bunga tog’, tepalik, daryo vodiylari, daryo va ularning irmoqlari, o’pirilish jarlarning jug’rofiy modellari kiradi.
Yozma tekshirish usullari – bunda tezis tipidagi dasturlashtirilgan topshiriqlar, raqamli diktantlar, dasturlashtirilgan kartochkalardan foydalanish mumkin.
Korreksiya – tuzatish, yaxshilash. Anomal bolalarning va jismoniy taraqqiyotidagi kamchiliklarni pedagogik usul va chora tadbirlar yordamida qisman yoki butunlay yo’qotish.
Kuzatish – bu tabiat jismlari va hodisalarini tabiiy sharoitlarda maqsadga yo’nalgan holda bevosita shu hodisalarni borishiga aralashmasdan sezgilar bilan qabul qilib olish yoki laboratoriya sharoitida uni qayta tiklashdir.
Kuzatishlar turlari – kuzatishlar davomiyligi va xarakteri bo’yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’ladi.
Ko’rgazmali metodlar – har xil ko’rgazma qurollarini namoyish qilish. Ta’limda texnika vositalaridan foydalanish.
Laboratoriya uskunalari – bularga laboratoriya shtativlari, uchoyoqlar, spirt lampalari, probirka qo’yadigan shtativlar, qisqichlar, shuningdek idishlar va boshqalar kiradi.
Metodika – o’quv fanining mazmunini, ta’lim va tarbiya metodlari hamda shakllarini ko’rib chiqadigan fandir.
Metodik uslub – bu faqat metodning unsurlaridan biri, uning tarbiyaviy qismidir.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling