Muammoli masalalar va topshiriqlar:
Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik fanlarini o’qitishning muammoli masalalari haqida ma’lumotlar tayyorlang.
2. 1-2 sinflar atrofimizdagi olam bilan tanishtirish darslarini 3-4 sinflar tabiatshunoslik darsi bilan bog’lash xususiyatlarini yoritib bering.
3. 2 va 3 sinf kuzatishlar daftarini taqqoslab, kuzatishlar kundaligi va tabiat kalendarini yuritish metodik xususiyatlarini tahlil qiling.
4. 4-sinfda tabiatshunoslik kursining ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini izohlab bering.
5. 1-2-3-4 sinflardagi kuzatishlarni taqqoslab, 4-sinfda kuzatuvlar murakkablashuvi tomonlarini ko’rsating.
6. 3-4 sinflar kuzatishlar daftarini tahlil qilib, ularning ekologik, iqtisodiy va mehnat jihatlarini ko’rsatib bering.
7. 4-sinfda «Tabiatshunoslik» dasturi va darsligini tahlil qilib, quyidagi jadvalni to’ldiring.
4-sinf «Tabiatshunoslik» dasturi va darsligi mavzularining tahlili.
8. 3-4 sinflar «Tabiatshunoslik» darsligi mazmunidagi narsa va hodisalarning tuzilishi tarkibi va vazifalariga oid tushunchalar ro’yxatini tuzing.
9. 4-sinf darslikdagi ayrim olingan mavzuni (mavzu ixtiyoriy ravishda): a) test, b) sonli diktant, v) kalitlar bilan ishlash, g) didaktik rasmlar, d) tezis qabilidagi topishmoqlardan foydalangan holda o’rganishni ishlab chiqing.
10. 3-4 sinflar «Tabiatshunoslik» dasturi va darsligini tahlil qilib, muammo vaziyatini yaratish orqali o’rganiladigan darslarning rejalarini ishlab chiqing.
Do'stlaringiz bilan baham: |