Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


-sinfda tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi


Download 0.89 Mb.
bet93/107
Sana14.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1701630
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   107
4-sinfda tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. Tabiatshunoslikni alohida o’quv predmeti sifatida o’qitish 4-sinfda ham davom etadi. O’quv materiali ikki – “O’lkamizning tabiati”, “Tabiatdan odamning foydalanishi va muhofaza qilishi” mavzulari birlashtirilgan.
“O’lkamiz tabiati” mavzusini o’rganishning boshlanishida bolalar yozgi topshiriqlarga yakun yasaydilar, jonajon o’lka tabiati to’g’risidagi materialni takrorlaydilar, keyin “Joyida oriyentrlash” mavzusi bilan tanishadilar. Amaliy ish va mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilar ayrim narsalarni, sinfni, maktab maydonchasini planda qanday tasvirlash kerakligi bilan tanishadilar. Ular topografiya planini o’qishga. Quyosh: mahalliy belgilar, kompas bo’yicha oriyentirlashga o’rganadilar. Bu mavzucha o’quvchilarni jug’rofiya xaritasini tushunishga olib kelish uchun zarur asos bo’lib xizmat qiladi. O’z joyini o’rganishga asoslanib, o’qituvchi o’quvchilarda O’zbekistonning tabiiy xaritasi to’g’risida, keyin esa HMD larning tabiiy xaritasi to’g’risida boshlang’ich tasavvurlar hosil qiladi. Xarita bilan ishlash butun o’quv yili davomida davom etadi.
Xaritalarda foydalanilgan shartli belgilar bilan o’quvchilarni tanishtira borib, ularni o’z o’lkasi tabiatining tegishli rasmlari bilan taqqoslash kerak. Shunga intilish kerakki, xarita ham bolalar uchun kitob kabi bilim manbai bo’lib qolsin.
“O’lkamizdagi tabiiy sharoitlarning xilma-xilligi” kichik mavzusi bolalarni mamlakatimiz tabiatining xilma-xilligi to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar bilan tanishtiradi. Bu ma’lumotlar o’quvchilarga tabiiy jug’rofiya kursida H.M.Dlarning tabiiy zonalari to’g’risidagi materialni o’zlashtirilishini osonlashtiradi.
“O’lkamiz tabiatining xilma-xilligi” mavzusini muvaffaqiyatli ravishda o’rganish uchun HMD (tabiiy va tabiiy zonalar) xaritalaridan, gerbariy, devoriy surat, kinofilm, rasm, jurnal va gazetalardagi fotosuratlardan, radio va teleko’rsatuvlardan, berilgan Gidrometmarkaz xabarlaridan keng foydalanish zarur. O’quvchilarni daftarda yozilgan har bir zonaning tabiiy sharoitlari xarakteristikasi: 1-xaritadagi holati; 2-yuzasi; 3-daryo va ko’llari; 4-yil fasllari; 5-o’simliklari; 6-hayvonot dunyosi; 7-shahar va qishloqdagi odamlar mehnati kabilarni o’z ichiga olgan plandan foydalanishga o’rgatish kerak. Ular xaritadan har bir zonani, u HMDlarning qaysi qismida joylashganligini ko’rsatib bera olishlari kerak.
Tabiiy zonalar relyefi umumiy doirada, masalan, “asosan tekisliklar va tog’lar va hokazolar bor” tarzida ta’riflanadi. Yil fasllarini xarakterlash qish va yozning xarakterli harorati va yog’inning ko’p ozligini tasvirlash bilan birga olib boriladi. Bunda yil fasllarining xususiyatlarini shu territoriyada Quyoshning yoz va qish vaqtlarida yoritish xarakteri bilan bog’lash lozim. Masalan, “Cho’lda Quyosh yozda ufqdan yuqoriga ko’tariladi va deyarli tik tushuvchi nurlari Yer yuzasini kuchli qizdiradi yoki “Tundrada, hatto yozda ham Quyosh ufq ustida pastda turadi va uning nurlari yer yuzasi bo’ylab qiya holda o’tadi, uni kuchsiz ravishda qizdiradi”. O’quvchilar yil fasllari, o’simliklari, hayvonot dunyosi, qishloq xo’jaligidagi odamlar mehnati to’g’risida hikoya qilayotganlarida bunday to’lqinlarga asoslanishlari kerak. Mantiqiy mulohazaning bunday izchilligi faqat ushbu mavzuninggina emas, balki ilgarigi mavzuning ham – Yerning sharga o’xshashligi va uning holatini Quyosh atrofida yillik harakati vaqtida o’zgarishi to’g’risidagi materialni ongli o’zlashtirib olinishiga yordam beradi.
Bolalarni u yoki bu zonaning xususiyatlarini jonajon o’lkasi, tabiati va odamlar mehnati bilan solishtirishga o’rgatish g’oyat muhimdir. O’quv materialini taqqoslash bilan o’rganish tafakkurni rivojlantiradi, bilimni konkretlashtiradi, predmetga qiziqishni oshiradi.
O’lkamizning har xil qismlaridagi yil fasllari to’g’risida konkret ma’olumotlar to’plash uchun Gidrometeorologiya ma’lumotlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir, ular har kuni radio va teleko’rsatuvlarda bildiriladi, gazetalarda e’lon qilinadi. Bu ish shunday tashkil qilinadi, HMD xaritasidan har xil tabiiy sharoitlarda joylashgan bir necha viloyat va shaharlar, masalan, Leningrad, Moskva, Novosibirsk va Volgograd oblasti, Qozog’iston, Yakutiya, Kavkazning Qora dengiz qirg’oqlari tanlanadi. Sinf bir necha guruhga bo’linadi. Har bir guruhga har kuni tanlangan biror punkt (joy)ning holati to’g’risidagi xabarlarni eshitib turish, olingan ma’lumotlarni (havo harorati, yog’in va hokazo) yozib borish va ularni o’z joyidagi ob-havo holati to’g’risidagi ma’lumotlar bilan taqqoslash topshiriladi.
Bilimlarni mustahkamlash va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun xarita bo’ylab xayolan sayohat o’tkazish foydalidir, bu sayohat vaqtida bolalar yo’lga nimalar kiyib olishlarini, yo’lda nimalarni ko’rishlarini, qanday o’simlik va hayvonlar uchrashini aytishlari kerak bo’ladi.
U yoki bu zonaning tabiiy sharoitlarini ta’riflashda bolalar o’simliklar dunyosini ta’riflashga ko’proq e’tibor berishlari kerak. Bunda o’simliklarga umumiy xarakteristika berish, o’simliklarning tipik turlarini ta’riflash va ularning gerbariy namunalarini ko’rsatish kerak. Shunga ko’ra o’simliklarni o’rganishga bag’ishlangan darslarni predmetli dars sifatida tuzish maqsadga muvofiqdir, bunda tarqatma materiali qilib gerbariylardan, landshaft to’g’risida tasavvur shakllantirish uchun esa suratlardan foydalaniladi.
Bolalar o’simliklar dunyosi bilan iqlim o’rtasidagi bog’lanishni: dashtlarda yozda o’simliklarning oz bo’lishini, chunki bu vaqtda tuproq va havoda namlik yetarli bo’lmasligini, Kavkazning Qora dengiz qirg’oqlarida tuproqning unumdor va namlik ko’p, shuning uchun ham bu yerda o’simliklar qalin, baland daraxtlar ko’pligini aniqlashga o’rgatish g’oyat muhimdir.
Hayvonot dunyosining ta’rifi bolalarga tanish bo’lgan yovvoyi hamda uy hayvonlarining guruhlari bo’yicha sistematik tasvirlardan iborat bo’lishi kerak. Bunda hayvonning tashqi ko’rinishi, nima bilan oziqlanishi, ovqatni qanday topishi, ba’zi xulq-atvori, odam uchun foydalimi yoki zararlimi ekanligi ko’rsatiladi.
O’lkamiz biror qismining tabiiy xususiyatlarini o’rganib turib, o’quvchilar uning uchun xarakterli bo’lgan qishloq xo’jaligi va sanoat ishlab chiqarishning turlari to’g’risida tasavvur olishlari kerak.
Butun mavzuni o’rganish o’lkamiz hayoti bilan chambarchas bog’lanishi lozim.
HMD dasturlaridan farq qilib, tabiatshunoslik bo’yicha O’zbekiston maktablari uchun tuzilgan dastur tabiiy zonalarni o’rganishni shimoldan janubga qarab emas, balki janubdan shimoga tomon olib borishni tavsiya qiladi. Bu o’qitishning muhim prinsipi – “Yaqindan uzoqqa borish” prinsipi bilan taqozo qilinadi. O’z o’lkasini o’rgana turib, bolalar cho’l zonasida yashayotganliklarini bilib oladilar. Cho’l va vohalardagi tabiat va odamlar mehnati – bu o’quvchilar har kuni duch keladigan o’ramdir. Shunga ko’ra tabiiyki, avval o’zining tabiiy, ya’ni Rossiyaning eng janubiy zonasi to’g’risidagi bilimlarni umumlashtiriladi, keyin esa bolalarni o’z atrofidan chetdagi boshqa tabiiy zonalarga olib boriladi. Darvoqye, “Zona” atamasini esda qoldirishni bolalardan talab qilmaslik kerak.
Daftarlarda har bir tabiiy zonani xarakterlovchi yozuvlar qilish, bezak tanlash yoki rasm chizish, o’simlik va hayvonlarning nomlarini yozish va shu kabilarni qilish kerak bo’ladi.
“Insonning tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilishi” mavzusini o’rgana turib, o’qituvchi tabiat muhofazasi bo’yicha qonuniy hujjatlar, ularni har biri jamiyatimiz fuqarosi tomonidan bajarilishi zarurligi to’g’risida gapirib berishi kerak. Mavzuda alohida e’tibor inson tomonidan tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishlariga qaratiladi.
Tabiat muhofazasiga oid masalalar tabiatshunoslikning deyarli barcha bo’limlariga dahllidir. Mavzuning asosiy masalasi – tabiat muhofazasi to’g’risidagi ilgarigi darslarda bayon qilingan ayrim ma’lumotlarni bildirish, tabiat muhofazasi bo’yicha qanday tadbirlar o’tkazilayotganini ko’rsatishdir.
Tabiat muhofazasining ma’nosi va ahamiyatini o’quvchilarga ocha borib, o’qituvchi bu mavzuning katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini e’tiborda tutishi kerak. Tabiat faqat jamiyatning moddiy hayoti uchun boylik olish manbaigina bo’lib qolmasdan, balki xalq ma’naviy boyligining asosi hamdir.
O’qituvchi tabiat muhofazasi va tabiiy boyliklardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish to’g’risida qanday g’amxo’rlik qilayotganini gapirib berishi, o’quvchilarni O’zbekiston Konstitutsiyasida aks ettirilgan tabiat muhofazasi to’g’risidagi qonunlar bilan, o’zbekiston tabiatni muhofaza qilish jamiyatining Ustavi bilan tanishtirib borishi kerak. Bu kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining ma’naviy tarbiyasi sistemasida katta ahamiyatga ega. Tabiat muhofazasi to’g’risida g’amxo’rlik bolalarda kompleks tarbiyaning muhim qismi sifatida, vatanparvarlik hissini shakllantirishda, inson va tabiat o’rtasida oqilona o’zaro munosabat o’rnatishda g’oyat katta ahamiyat kasb etadi.
Tabiat muhofazasi masalalarini o’rganish ushbu mavzu material bilan cheklanmaydi. Bu butun tabiatshunoslik kursining bosh masalasidir. Tabiat muhofazasi bo’yicha amaliy faoliyat bolalarda tabiat boyliklarini himoya qilish hamda ko’paytirishga intilishni rivojlantiradi. Shunga ko’ra ularni qushlar uchun oziqa tayyorlashda qatnashishga, kech kuz, qish va erta bahorda qushlarni boqishga, gul manzarali o’simliklar urug’larini yig’ishga, ularni aholi o’rtasida tarqatishga, mikrorayonda ko’kalamzorlarni parvarish qilishga, tuproqni yemirilishdan saqlovchi o’simliklarni o’stirishga jalb qilish kerak. “Yashil patrullar” ishida qatnashish bolalarda alohida qiziqish uyg’otadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling