1. Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi to’g’risida nima bilasiz?
Download 33.29 Kb.
|
javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi zamondagi kitob yozuvchilar
1- bilet 1. Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi to’g’risida nima bilasiz? Audit xristian davridan oldin yuzaga kelgan. Antropologlar auditorlik faoliyati to‘g‘risida yozuvlarni qadimgi Bobil davrida ( e.o. 3000 yillar) paydo bo‘lganini aniqlashgan. Shuningdek odamlar auditorlik faoliyat bilan Qadimgi Xitoyda ham shug‘ullanganlari aniqlangan. “Auditor” so‘zining lotin tilidagi ma’nosi “o‘quvchi” yoki “tinglovchi” degan ma’nolar bilan bog‘langan. Chunki Qadimgi Rimda auditorlar soliq to‘lovchilarni tinglashgan, masalan, soliq to‘lovchi bo‘lib hisoblangan dehqonlar o‘zlarining daromadi va soliq qarzlari to‘g‘risida gapirib berishi lozim bo‘lgan. Qadimgi zamondagi kitob yozuvchilar Auditorlar qadimgi Xitoy va Misr davlatida ham o‘z faoliyatlarini amalga oshirishgan. Ular Xitoy imperatori va Misr fir’avinlarining hisob- kitoblarini olib borishgan. Xitoydagi Chjao sulolasi hukumatining hisob-kitoblari murakkab byudjet jarayoni bo‘lib, barcha hukumat tashkilotlari auditini qamrab olgan. Misr fir’avinlari hukumdorligi eng rivojlangan davrida (eramizdan oldingi 3000 yillar) auditor kasbi eng hurmatli bo‘lib, auditorlar obro‘li kishilar hisoblangan. Misr fir’avinlari o‘z auditorlari bilan jiddiy munosabatda bo‘lgan. Fir’avinlarning har bir omborxonasi ikkita auditorlar tomonidan tekshirilib borilgan. Birinchisi tovar kirib kelganda uni hisobi bilan shug‘ullangan, ikkinchisi uning saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan. Nazoratchi har ikki yozuvni tekshirgan. Agar ularning o‘rtasida farq yuzaga kelsa auditorlar qatl qilinar edi. Foyda olish, yoki maksimal foyda olish uchun qaror qabul qilishda buxgalteriyadan yordamchi mexanizm sifatida foydalanganlik to‘g‘risida Mesopotamiya, Misr, Grek yoki Rim madaniyatlarida xech qanday ma’lumot mavjud emas. Ingliz tilida so‘zlashuvchi mamkatlarda audit to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumot 1130 yilga borib taqaladi. Usha paytda rivojlangan iqtisodiy tizimdagi xo‘jalik voqealiklarni qayd qilish bitimlari bir martali yozuv bilan cheklangan edi. Ularnin asosiy maqsadi savdo dalillarini yozma qayd etib, xotirada saqlashdan iborat bo‘lgan. Foyda keltirish mazkur madaniyat tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lmagan. Farovon hayot ishbilarmonlik vazifasiga kirmagan. Bu faqat diniy, ahloqiy tamoyillar va qoidalarga muvofiq hukumatga bildirilgan moyillik uchun ko‘rsatilgan mukofot bo‘lgan. Hozirgi zamon auditining boshlanishi sanoat revolyusiyasi davriga borib taqaladi. 1853 yilda Edinburgda Buxgalterlar jamiyatiga asos solindi. Buyuk Britaniyada bir nechta audit institutlar paydo bo‘ldi. Ularning birlashishi natijasida 1880 yilda Angliya va Uels diplomli buxgalterlar Instituti yuzaga keldi. Mazkur institut o‘n to‘qqizinchi asrda G‘arb mamlakatlarda yuzaga kelgan institutlarning dastlabkisi bo‘lgan, masalan, ular 1886 yilda AQSHda 1895 yilda Niderlandliyada audit institutlari yuzaga kelgan. Kapitalni taqdim etish va uni boshqarish, shuningdek bir necha moliyaviy mojoralar (masalan, Glazgo shaxridagi bank bilan bog‘liq 1883 yildagi yoki Afrikaanshe Handels-Vereeniging bilan bog‘liq mojoralar) auditni tartiblashtirish ishlarini shakllantirishga olib keldi. Britaniya kompaniyalarining qonunlari (1845-1862 y.) Amerika auditi uchun asos bo‘lgan. Birinchi Amerika auditi 1917 yilda qonunchilik asosida amalga oshirilgan edi. Download 33.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling