1. Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi to’g’risida nima bilasiz?


Bilet № 2 1. O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tashkil etishning me’yoriy tizimi va uning elementlari xakida nimalar bilasiz?


Download 33.29 Kb.
bet5/7
Sana31.03.2023
Hajmi33.29 Kb.
#1313124
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
javoblar

Bilet № 2
1. O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tashkil etishning me’yoriy tizimi va uning elementlari xakida nimalar bilasiz?

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2018 yil 1 yanvargacha amalda faoliyat ko’rsatayotgan auditorlik tashkilotlari va auditorlar soni haqidagi ochiq va shaffof bo’lgan ma’lumotlar veb sahifada yangilangan holda berib borilmoqda


Odatda auditorlik tashkilotlari ikkita farqlanuvchi guruh toifasiga bulinadi:

  1. Transmilliy auditorlik tashkilotlar (katta turtlik firmalari);

  2. Mahalliy auditorlik tashkilotlari.

Ushbu birinchi guruh auditorlik tashkilotlari 1980 yilning oxirida tashkil topgan va Deloyt end Tush, Ernest end Yang, KPMJ va Praysvoterxaus Kuperslardan iborat. Ushbu auditorlik tashkilotlarning global tarmoqlari mavjud.
Ushbu firmalarning ko’pchiligi xalqaro tekshiruvlarda ishtirok etadi va xalqaro global texnologiyalar, protseduralar va direktivalar ishlab chiqilgan asosiy ofisda ishtirok etadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan auditorlik faoliyati bilan shug’ullanishga amaldagi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan yuqori talablar o’rnatilgan.
Auditorlik kasbining mahorat darajasiga qo’yiladigan asosiy talablar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabridagi 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida»gi qarorida belgilangan.
Auditorlik malaka sertifikatiga ega bo’lish uchun da’vogarlar O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 2000 yil 28 avgustda 17-17/534-sonli buyruq bilan tasdiqlangan «Auditorlarni tayyorlash va sertifikatsiyalash dasturi» va 2000 yil 25 sentyabrda 68-sonli buyruq bilan tasdiqlangan «Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq belgilangan bilim va tajribaga ega ekanliklarini ko’rsatuvchi xujjatlarni taqdim etishi va imtihon topshirishlari kerak.
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash – bu audit sohasidagi qonunchilikka rioya qilinishi ustidan davlat nazorati o’rnatish uslubidir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nomi yuqorida qayd etilgan 365-sonli qaroriga muvofiq «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish to’g’risida NIZOM»tasdiqlangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2007 yildagi № PF-615-sonli farmoniga asosan auditorlik tashkilotlariga qo’shimcha qo’yidagi litsenzion talab va shartlar belgilandi:

  • litsenziyani olishda qonunda belgilangan miqdorda ustav kapitalning shakllangan bo’lishligi;

  • auditor o’z auditorlik faoliyatini faqat bir auditorlik tashkilotida amalga oshiradi;

  • litsenziya turiga qarab auditorlik tashkilotida auditorlar (kamida 2, 4, 6 ta) bo’lishi kerak;

  • shtatdagi auditorlarda xalqaro buxgalterlik sertifikatlari(kamida 1-2) bo’lishligi;

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan auditorlik tashkilotlari rahbarlari har uch yilda attestatsiyadan o’tishligi;

  • auditorlik tashkilotlarida ichki ish sifati standartlarining mavjud bo’lishligi

  • har yarim yilda Moliya vazirligiga tegishli shaklda auditorlik faoliyati haqida ma’lumotlarning berilishi.

2. Auditorlarning kasbiy faoliyati to’g’risida nima bilasiz?


Auditorning kasbiy faoliyati mazmuni iqtisodiy sohada auditorlik tekshirishlarini amalga oshirishda, soliq masalalari bo’yicha maslahat xizmatlarini ko’rsatishda, ishlab chiqarishni boshqarish sohasida ekspert sifatida ishlashida o’z aksini topadi.
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunga muvofiq, majburiy tekshirilishi lozim bo’lgan kompaniyalarning yillik buxgalteriya hisobotini tekshirish bilan keng tarqalgan. Bundan tashqari, majburiy tekshirish lozim bo’lmagan korxonalar ham o’zlarining tashabbuslari bilan yoki uchinchi shaxslarga (masalan, kreditorlarga) hisobot taqdim etish zaruriyati paydo bo’lganda, auditorlarni o’zlarining yillik balanslarini tekshirish uchun jalb etishlari mumkin. Korxonaning hisoboti va ish yozuvlari bilan tanishish yordamida, shuningdek, tekshirishning maxsus uslublarini qo’llash natijasida, auditor, moliyaviy hisobot ham shakl nuqtai nazaridan, ham mazmunan qonun talablariga to’liq mos kelishiga va tasdiqlanishi mumkinligiga ishonch hosil qilishi lozim.
1867 yilda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonun Frantsiyada ham qabul qilindi. Mazkur qonunda “Hisoblar bo’yicha komissarlar” nomli maxsus taftishchilar tomonidan aktsiyadorlik jamiyatlari balanslari majburiy tekshirilishi va ularga baho berilishi lozimligi ko’rsatilgan. Mulkdor-kapitalistlar tobora kamroq bevosita ishlab chiqarish va moliyaviy ishlar bilan shug’ullana boshladilar. Ular bu ishlarni yollangan xizmatchilarga topshirar edilar yoki qandaydir jamiyatning aktsiyalari yoki obligatsiyalariga egalik qilganliklaridan oladigan daromadlari evaziga yashovchi mulkdorlarga aylanib bordilar. Qimmatli qog’oz egalari uchun aktsiyadorlik jamiyatlarida hisob va hisobotni taftish qiluvchi buxgalter-auditorlar korxonaning moliyaviy barqarorligi va uning faoliyatidan olinadigan daromadlar to’g’risida ishonchli ma’lumotlarning kafolati bo’lib hisoblanar edilar.
3. Auditda muhimlik tushunchasi to’g’risida nima bilasiz?
Muhimlik – bu hisobot ko’rsatkichlarining shunday kattaligiki (yoki sifati), ularni hisobotda aks ettirilmasligi yoki buzib ko’rsatilishi ana shu hisobotdan foydalanuvchi mutaxassislarni noto’g’ri qaror qabul qilishiga olib keladi.
Muhimlikning nazariy asoslariga to’xtaladigan bo’lsak, muhimlik – MHXS lari asosida tayyorlanadigan moliyaviy hisobot tuzishda unga zarur bo’ladigan axborotlarning sifat xususiyatini ifodalaydi. MHXS bo’yicha kontseptual asoslarida moliyaviy hisobotni tayyorlashda axborotlarning sifatini ta’minlashda quyidagi xususiyatlari ham e’tiborga olinishi lozim:
- tushunarlilik (understandability);
- ishonchlilik (reliability);
-taqqoslanuvchanlik (comparability).
“Muhimlik” tushunchasidan foydalanish va uni qo’llash sharti MHXSlar asosida tayyorlanadigan moliyaviy hisobotlarning shakllanishi talaygina xo’jalik jarayonlaridan(operatsiyalaridan) tashkil topishi bilan bog’liqdir.
“Muhimlik” tushunchasini tom ma’noda talqin etadigan bo’lsak, so’z birinchi navbatda moliyaviy hisobotning katta qiymatga ega bo’lgan elementlari xaqida boradi. Masalan, debitorlik qarzlari balans jami summasining 30%ni tashkil etsa, uni hisobotda noto’g’ri aks ettirilishi oqibatida undan foydalanuvchilarni qarorlar qabul qilishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Lekin shuni ham ta’kidlash lozimki, hisobot moddalarining muhimligi faqat ularning qiymatiga emas, balki iqtisodiy mohiyatiga ham bog’liqdir. Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt yangi faoliyat turini taqdim etishi natijasida yuzaga keladigan risklar va shart sharoitlar moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning qarorlariga jiddiy ta’sir o’tkazishi mumkin.

  1. Ichki nazorat tizimi elementlari qanday bo’ladi

Ichki nazoratni amalga oshirishda quyidagi elementlar muhim hisoblanadi:


- Jarayon joriy operatsiyalarni ya’ni vaqt, joy, makonga muvofiq bo’lishi;
- Jarayonda barcha xodimlar birdek ta’sirga ega bo’ladi, ya’ni ularning qay darajada ichki qonun-qoidalarga rioya qilishi, intizomi yoki lavozimi muhim emas balki ularning ichki nazoratni tadrijiy o’tqizishdagi ulushi, qo’shgan hissasi;
- Jarayonnining ishonchli ekanligini kafolatlash, hech bir korxona to’laqonli kafolat bera olmaydi albatta, ammo har bir korxona o’z oldiga qo’ygan maqsadlari tomon og’ishmay harakatlanayotganini kafolatlashi lozim;
- Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun shaylik, tashabbuskorlik buning ma’nosi shuki, ichki nazorat 3 ta kategoriyaga bo’linuvchi maqsadlarni o’zida mujassam eta oladi. Shunday bo’lishiga qaramasdan tashqi auditor birinchi navbatda moliyaviy hisobotlarga qaratilgan maqsadlar qanday va qanaqa ekanligiga e’tibor beradi;

5. Statistik tanlash nima?



Download 33.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling