1. Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi to’g’risida nima bilasiz?


Download 33.29 Kb.
bet7/7
Sana31.03.2023
Hajmi33.29 Kb.
#1313124
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
javoblar

Bilet № 3

  1. Auditorlik hisoboti qanday tuziladi?

XAS-700 “Moliyaviy hisobotlar bo’yicha auditorlik xulosalari”da shunday deyiladi: “Auditor moliyaviy hisobotlar haqidagi fikrlarini bildirish uchun asos sifatida olingan auditorlik dallillarni tahlil qilishi va xulosalarni baholashi lozim”. Auditorlik xulosasi umumiy moliyaviy hisobotlar haqida aniq bildirilgan yozma fikrni ifodalashi kerak.
Auditorlik hisoboti (xulosasi) mazkur hisobot (xulosa) mustaqil auditorning hisoboti (xulosasi) hisoblanishini aniq ko’rsatadigan nomga ega bo’lishi lozim.
Adresat (oluvchi)
Auditorlik hisoboti (xulosasi) kelishuv shartlariga muvofiq tegishli adresat ko’rsatilgan holda tuzilishi lozim. Xulosa qoidaga ko’ra kompaniyaning yoki aktsionerlarning yoxud kuzatuv kengashiga yo direktorlar kengashiga yuboriladi. Nederlandiyaga o’xshash ayrim mamlakatlarda auditorlik hisobotlari umuman ko’rib chiqilmaydi, chunki hisobotlar (anonim holda) butunlay jamoatchilikka mo’ljallangan.
Kirish paragrafi
Auditorlik hisoboti (xulosasi)ning kirish paragrafida:
(a) Audit qaysi tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy hisobotlari bo’yicha o’tkazilganligini qayd etish;
(b) Mazkur moliyaviy hisobotlar bo’yicha audit o’tkazilganini qayd etish;
(v) Moliyaviy hisobotlar tarkibiga kiruvchi har bir hisobot nomini qayd etish;
(g) Hisob siyosati asosiy qoidalarining qisqacha tavsifiga va boshqa sharhlovchi izohlarga havola etish; va
(d) Moliyaviy hisobotlarni hosil qiluvchi har bir moliyaviy hisobotda aks ettirilgan sana yoki davr aniq ko’rsatilishi lozim.
(e)Tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi
Masalan, “Biz AVS kompaniyasining 31dekabr 2013 yil holatiga ilova qilingan buxgalteriya balansi, shuningdek, tugayotgan yil uchun daromadlar va pul mablag’lari harakati haqidagi tegishli hisobotlar auditini o’tkazdik. Ushbu moliyaviy hisobotlar bo’yicha javobgarlik Kompaniya rahbariyati zimmasida. Bizning majburiyatlarimiz, o’tkazilgan auditimiz asosida ushbu moliyaviy hisobot ishonchliligi haqida o’z fikrlarimizni bildirish hisoblanadi”.
Shuningdek, xulosada tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi ham aks etadi.
Auditorlik hisoboti (xulosasi)ning mazkur qismida tadbirkorlik sub’ektida moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgar bo’lgan shaxslarning majburiyatlari tavsiflanadi. Auditorlik hisoboti (xulosasi)da faqat “tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati”ga havola etish kerak emas, muayyan yurisdiktsiyaning me’yoriy-huquqiy bazasi kontekstiga mos keladigan atama ishlatilishi lozim. Ayrim yurisdiktsiyalarda tegishli havola boshqaruv yuklatilgan shaxslarga qaratilishi mumkin. Auditorlik hisoboti (xulosasi) “Tadbirkorlik sub’ekti [yoki boshqa mos keladigan atama] rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi” degan sarlavhali qismni o’z ichiga olishi lozim.

  1. Korxona faoliyatida ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

  2. Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini hisoblashni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad:

  3. - sodir bo’lgan xo’jalik muomalalarini hisobga olib, tannarxning to’g’ri shaklllanishini O’zbekiston Respublikasi me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiqligini aniqlagan holda, ishlab chiqarish xarajatlarining yuzaga chiqishi va javobgarlik markazlari bo’yicha hisobga olish va soliq to’lanadigan bazaning aniq hisob-kitobini yuritish va bu orqali ishlab chiqarish xarajatlari hamda korxona sarflarini boshqarishni tashkil etishdan iborat

  4. Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini hisoblashni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda quyidagi vazifalar mavjud:

  5. -ishlab chiqarish xarajatlarini o’rganish va ularning holatiga baho berish;

  6. -mahsulot tannarxini pasaytirish bo’yicha belgilangan rejaning bajarilishi va dinamikasini nazorat qilish;

  7. -ishlab chiqarish xarajatlarining iqtisodiy elementi va kalkulyatsion moddalari bo’yicha o’rganish va ularga baho berish;

  8. -tannarxning o’zgarish sabablarini aniqlash va unga ta’sir etuvchi omillarni miqdor jihatidan hisoblash;

  9. -ayrim turdagi mahsulot tannarxini xarajat moddalari bo’yicha tahlil etish;

  10. -tannarxni pasaytirish bo’yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash va boshqalar.

  11. Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari hisobini tartibga soluvchi asosiy hujjat- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot(ish,xizmat)larni ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom» bo’lib hisoblanadi.

  12. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining to’g’riligini va mahsulot, ish hamda xizmatlar tannarxi to’g’risidagi hisobotni tuzishning to’g’riligini nazorat qilish uchun quyidagilarni tekshirish lozim: hisobot davridagi haqiqiy xarajatlarning ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarida o’z vaqtida, to’liq va ishonarli aks ettirilishi; ishlab chiqarishga xarajat qilingan xom ashyolar, materiallar, yoqilg’ilar, extiyot qismlar va yoqilg’i-moylash materiallarini baholashning tug’riligi; belgilangan xarajat smetalari, lavozim maoshlari, tarif stavkalari, ishlab chiqarish xodimlarining mehnatiga haq to’lash va mukofatlash haqidagi Nizomga rioya qilish ustidan nazoratning ta’minlanganligi; noishlab chiqarish sarflari va yo’qotishlarning paydo bo’lish sabablari hamda hisobdan o’chirilishning asoslanganligi; ularni kamaytirish bo’yicha qabul qilingan chora-tadbirlar; asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblashning to’g’riligi; tovar-moddiy boyliklarning hisob bahosidan chetga chiqqan summalar (transport tayyorlov xarajatlari)ni hisobdan o’chirishning to’g’riligi; tovarlar, YoMM va boshka qiymatliklar tabiiy kamayishini hisobdan o’chirishning to’g’riligi; quyidagi xarajatlarni maxsulot (ish,xizmat)lar tannarxiga qo’shishning to’g’riligi va asoslanganligi; ta’sis hujjatlariga muvofiq qo’shma korxonada ishlab chiqarishda bevosita ishlaydigan chet el fuqarolariga berilgan turar joylar va kommunal xizmatlar uchun to’lovlar; xizmat safarida va yo’lda bo’lgan vaqt, turar joy ijarasi, xizmat safari joyiga borib qaytish yo’l xarajatlari uchun tasdiqlangan me’yorlar doirasida,ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq chet el xizmat safari xarajatlari.

3. Aktsiadorlik jamiyatlarida mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditining manbalari nimalardan iborat?
O’zbekiston istiqlolning dastlabki kunlaridan barcha jabhalarda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega demokratik huquqiy davlatni barpo ejtishga qaratilgan keng ko’lamli kompleks islohotlarni amalga oshirish va rivojlantirish bo’yicha o’z yo’lini tanladi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 5 tamoyil va izchil islohotlar strategiyasiga asoslangan mamlakatimizni isloh etish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha “o’zbek modeli” berayotgan yuksak samaralar bugun butun dunyoda e’tirof etilgan. Davlatimiz rahbari yuritayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning puxta o’ylanganligi, islohotlarni amalga oshirishga tadrijiy yondashuvlar ushbu ijobiy jarayonlarning ortga qaytarib bo’lmasligining kafolatiga aylandi. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida o’zining barqarorligini namoyon etayotgan milliy iqtisodiyotimizning izchil rivojlanayotganligi ham shundan dalolatdir. Masalan, so’nggi yillarda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atlari o’rtacha kamida 8,2 foizni tashkil qilmoqda. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning bosh maqsadi – kuchli, raqobatbardosh, milliy iqtisodiyotni yaratish va shuning hisobidan aholi farovonligini muntazam oshirib borishdir. Shu sababli, mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlarni ijtimoiy qo’llab quvvatlash va himoya qilish bo’yicha o’tkazilayotgan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishdan maqsad mehnat munosabatlariga tegishli bo’lgan qonunchilikka rioya qilinishi, ish haqi va turli xil qo’shimcha to’lovlar va mukofotlar, shuningdek, ish haqidan soliqlar va ijtimoiy ehtiyojlar uchun to’lovlar to’g’ri hisoblanishi ustidan nazorat qilishdan iborat.

  1. Realitsiyadan tashqari daromadlar va xarajatlarni tartibini tekshirish qanday amalga oshiriladi?

5. Foydani maksimallashtirish va ikkiyoqlama yozuv to’g’risida nima bilasiz?


Foydani maksimallashtirish o‘rta asrning o‘rtalarida Italiyada yirik savdo o‘ylari paydo bo‘lgan vaqtda yuzaga kelgan. Savdo shu vaqtdan boshlab faqat sayyoh savdogarlarga tegishli bo‘lmay, balki Venetsiya, Florensiya va Pizadagi yirik savdo uylari ham bu ish bilan faol shug‘ullana boshlashdi. Natijada savdo aloqalari juda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Birinchi marta ikkiyoqlama yozuv 20 noyabr 1494 yilda Italiyada Luka Pacholi tomonidan amalga oshirildi.
Hozirgi zamon auditining boshlanishi sanoat revolyusiyasi davriga borib taqaladi. 1853 yilda Edinburgda Buxgalterlar jamiyatiga asos solindi. Buyuk Britaniyada bir nechta audit institutlar paydo bo‘ldi. Ularning birlashishi natijasida 1880 yilda Angliya va Uels diplomli buxgalterlar Instituti yuzaga keldi. Mazkur institut o‘n to‘qqizinchi asrda G‘arb mamlakatlarda yuzaga kelgan institutlarning dastlabkisi bo‘lgan, masalan, ular 1886 yilda AQSHda 1895 yilda Niderlandliyada audit institutlari yuzaga kelgan. Kapitalni taqdim etish va uni boshqarish, shuningdek bir necha moliyaviy mojoralar (masalan, Glazgo shaxridagi bank bilan bog‘liq 1883 yildagi yoki Afrikaanshe Handels-Vereeniging bilan bog‘liq mojoralar) auditni tartiblashtirish ishlarini shakllantirishga olib keldi. Britaniya kompaniyalarining qonunlari (1845-1862 y.) Amerika auditi uchun asos bo‘lgan. Birinchi Amerika auditi 1917 yilda qonunchilik asosida amalga oshirilgan edi
Download 33.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling