Bilimni tekshirish uchun savollar:
1. 3 va 4-sinflarda tabiatshunoslikni o’rganish xususiyatlari nimada?
2. 3-sinfda tabiat ustida kuzatishlar o’tkazish metodikasi qanaqa, u 2-sinf metodikasidan nima bilan farq qiladi?
3. Tabiatshunoslik darsligini kuzatishlarni murakkablashtirib borish nuqtai nazaridan tahlil qiling.
4. 4-sinfda tabiatshunoslikni o’rganish xususiyatlarini izohlab bering.
5. 4-sinfda tabiatshunoslikni o’qitishda qaysi metodlardan foydalaniladi?
6. Tabiatshunoslikni o’qitishda bilimlarni mustahkamlash va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun qaysi metodlardan foydalanish samaralidir?
7. 3-4 sinflar tabiatshunoslik dasturlari va darsliklarida asosan qaysi mavzular keng yoritilgan?
IBORALARNING IZOHLI LUG’ATI.
Aksiologiya – yunoncha so’zdan olingan bo’lib «aksioma» - «hurmat qilaman», «isbotlanmaydigan ta’limot» degan ma’noni bildiradi.
Amaliy ishlar – bu o’quvchilarni ular faoliyati jarayonida har xil mehnat operasiyalariga o’rgatish metodidir.
Amaliy metodlar –bu o’qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan va yo’naltiriladigan, o’quvchilar fikrini rivojlantiruvchi mo’ljallangan so’z, ko’rgazmalilik va amaliy ishning o’zaro murakkab bog’lanishida bo’lishini ko’rsatadi.
Amaliy uslublarning turlari – bularga tabiatobyektlarini tanib olish va aniqlash bo’yicha ishlar, hodisalarni kuzatish va qayd qilish, tajriba o’tkazish (tajriba vositasida masalalarni hal qilish) kiradi.
Atrofimizdagi olam fani – bu boshlang’ich sinflarning o’quv rejasiga kiritilgan 1-2 sinflarda o’qitiladigan o’quv fani bo’lib, uni o’rganishga haftasiga 1 soat ajratiladi.
«Atrofimizdagi olam» va «Tabiatshunoslik» fanlarining o’quv mashg’ulotlari – dars, tajribalar, sayohatlar, amaliyotlar, dalada o’tkaziladigan amaliyotlar, kuzatishlar, eksperimentlar va hokazo.
Bilimlarni og’zaki tekshirish – u har bir darsda butun sinfni frontal so’rash yoki ayrim o’quvchilardan indiviudal so’rash ko’rinishida o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |