Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


Tabiatshunoslik bo’yicha ommaviy sinfdan tashqari ishlar


Download 0.89 Mb.
bet100/107
Sana14.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1701630
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   107
Tabiatshunoslik bo’yicha ommaviy sinfdan tashqari ishlar – bularga ekskursiyalar, konkurslar, diapozitiv va kinofilmlarni ko’rsatish bilan tematik kechala, har xil tadbirlar (qushlar kuni, gullar bayrami, hosil bayrami va boshalar kiradi).
Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlarning guruhlari: ommaviy ishlar, guruh ishlari, individual ishlar.
Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari adabiyot o’qishning ahamiyati – bu bolalarga tabiat to’g’risidagi kitoblarga muhabbat va qiziqishni singdiradi, uni chuqurroq idrok qilishga imkon beradi, tafakkur va nutqni rivojlantiradi, atrof tabiatga munosabatni tarbiyalaydi.
Tajriba – o’qitish metodi bo’lib, uning yordamida o’rganilayotgan hodisa qonuniyatini aniqlashga yordam beruvchi sharoitlar yaratiladi.
Ta’lim-tarbiya jarayoni – bu o’qituvchining o’rgatuvchanlik faoliyati bilan o’quvchilarning o’qish faoliyatining uyg’unlashishidir.
Tasavvur – bu sezgi organlar faoliyatining, xotiraning yoki tasavvur qilishning mahsulidir.
Taqqoslash – bu narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovut belgilarini aniqlash demakdir. Shuningdek u aqlning tahliliy ishidir.
Tahlil – bu butunni belgilangan qismlarga ajratish, maxsus belgilarga bo’lish, o’xshash narsalarda tafovutni ajrata bilishdir.
Tahlil va sintez – fikrlashning eng muhim uslubidir, uning yordamida tushunchalar shakllantiriladi.
Tabiatshunoslik tasavvurlari va tushunchalarini shakllantirish – bunda tafakkur va nutq katta rol o’ynaydi.
Takrorlovchiumumlashtiruvchi dars – odatda mavzu o’rganilgandan keyin o’tkaziladi, uning didaktik maqsadi – ilgari o’tilgan qator darslar mazmunining bir-biriga bog’lash, ulardagi eng muhim masalalarni aniqlash va umuman butun mavzu bo’yicha umumlashgan xulosalar chiqarishdir.
Tashkiliy uslublarning ahamiyati – bular bilan o’quvchilarning diqqati, qabul qilishi va ishi yo’naltiriladi.
Texnik uslublar – bularga har xil jihozlar, yordamchi vosita va materiallardan foydalanish kiradi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling