Tadqiqiy metodlarning ahamiyati – bunga o’quvchilarga keng bilimlar beriladi va ularni mustaqil bilim olishga o’rgatadi.
Tezis tipidagi kartochka-topshiriqlar – bunda tabiatshunoslik obyektlarining nomlari kiritiladi, o’quvchilar javoblarida kerakli obyektning nomini yozmaydilar, faqat tegishli raqamni bayon qiladilar.
Uzoq muddatli kuzatishlar – bular vaqt oraliqlari bilan bo’lingan, lekin yagona uzluksiz jarayonni hosil qilgan qator hodisalarni qamrab oladi. Bunga o’simlikning o’sishini, daraxtlardagi barglar rangining o’zgarishini, qushlarning uchib ketishini kuzatishlar misol bo’lishi mumkin.
O’lkashunoslik burchagi materillari – bu materiallar uch bo’limga ajratiladi: bizning o’lka, ob-havo kalendari va tabiat belgilari.
O’qitish metodi – bu o’qituvchining bilimlar berish va ularni o’quvchilarning o’zlashtirib olish usulidir.
O’lkashunoslik materiallaridan tabiatshunoslik darslarida foydalanishi – bu mahalliy o’lkashunoslikmateriallaridan o’qituvchi tabiatshunoslikni o’qitishda tushuntirish, taqqoslash va ko’rsatish uchun foydalanishi, o’quvchilar esa ko’pgina tabiat hodisalarini bevosita idrok qilib olish uchun foydalanishlaridir.
O’qitishning shakli – bu tarbiyaviy ta’lim jarayonida o’qituvchi tomonidan foydalaniladigan o’quvchilarning o’quv idrok qilish faoliyatini va uni o’tkazish (sinfda, tabiatda va h.k.) sharoitlarga muvofiq holda tashkil qilinishidir.
O’quvchilar bilimini baholash uchun – avvalo o’quvchilar qanchalik aniq va ravon tushunganliklari, javobning konkretligi va to’liqligi, shuningdek uning shakli ya’ni bilimni bayon qilishning izchilligi va to’g’riligi hisobga olinadi.
Flyuger – shamol yo’nalishini aniqlovchi asbob.
Fenologiya – bu jonli tabiatning mavsumiy rivojlanishi qlnuniyatlarini muhim sharoitiga bog’lab o’rganadigan fan.
Frontal so’rashning ahamiyati – bunda javob berishga ko’proq sondagi o’quvchilarni jal qilish va sinf e’tiborini ushlab turish imkoniyati bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |