Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


Download 0.89 Mb.
bet99/107
Sana14.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1701630
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   107
Tabiatshunoslikbu tabiat, tabiat hodisalari haqidagi fandir.
Tabiatshunoslikni kuzatish – deganda atrof borliqning jism va hodisalarini rejali ravishdamaqsadga yo’nalgan holda, ongli tashkillangan qabul qilish tushuniladi.
Tabiat hodisalari – bu jonsiz va jonli tabiatda ro’y beradigan barcha o’zgarishlardir.
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi – bu tabiatshunoslikni o’qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi pedagogik fandir.
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi fanining ta’limiy vazifalari – bu boshlang’ich sinf o’quvchilarini bugungi kun talablari asosida jismlarning butun guruhi to’g’risidagi umumlashgan bilimlaridir.
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi fanining tarbiyaviy vazifasi – estetik, ekologik, adabiy vatanparvarlik va baynalmilalchilik, tabiatga muhabbat va uni saqlash, jismoniy va boshqalar.
Tabiatshunoslik fani – bu 3 va 4 sinflarda o’qitiladigan o’quv fani bo’lib, uni o’rgatishga haftasiga 1 soat ajratiladi.
Tabiatshunoslik tushunchalari – bu umumiy muhim belgilari bilan birlashtirilgan obyektlar, hodisalar, jismlarning butun guruhi to’g’risidagi umumlashgan bilimlardir.
Tabiatshunoslik tasavvurlari va tushunchalarini shakllantirish – bunda tafakkur va nutq katta rol o’ynaydi.
Tabiatshunoslikni o’qitish metodlari – bu uchta asosiy guruhga bo’linadi: og’zaki metodlar, ko’rgazmali metodlar, amaliy metodlar.
Tabiatshunoslik darslariga qo’yilgan talablar – didaktik, psixologik va gigiyenik.
Tabiatshunoslik darslarining tiplari – birlashtirilgan, kirish, predmetli, takrorlovchi-umumlashtiruvchi, yangi material o’rganiladigan, mustahkamlash va hokazo.
Tabiiy qurollar – bu tabiat jismlaridir.
Tabiiy jismlar va ularning ko’rgazmali tasvirlari – bunga tog’ jinslari, metallar, tuproq namunalari, o’simliklar va hayvonlar kiradi.
Takrorlash – umumlashtirish darslarida suratlardan tashqari, ilgari notanish bo’lgan otkritkalardan, kitob, jurnal va gazetalarning suratlaridan foydalaniladi, bu materialning o’zlashtirilishini tekshirishga yordam beradi.
Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati – bunda darslarda olingan bilimlar kengaytiriladi, chuqurlashtiriladi va konkretlashtiriladi, tabiatni o’rganishga qiziqish uyg’otadi, o’quvchilar faolligi va mustaqilligi rivojlantiriladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling