Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


I. Tezis tipidagi kartochka-topshiriqlar


Download 0.89 Mb.
bet63/107
Sana14.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1701630
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   107
I. Tezis tipidagi kartochka-topshiriqlar.
Muayyan nomerlangan kartochkada tabiatshunoslik obyektlarining (o’simlik, hayvon va hokazolarning) nomlari keltiriladi. O’quvchilar javoblarida kerakli o’simlik yoki belgining nomini yozmaydilar, faqat tegishli raqamni bayon qiladilar.
Mavzu: «Jonajon o’lkaning tabiati» (3-sinf)
Topshiriq. a) Mevali daraxtlarni; b) manzarali daraxtlarni; v) butalarni; g) o’t o’simliklarni sanab bering.
Tezislar:
1. Suv qalampiri. 9. Qora gilos.
2. Na’matak. 10. Siren.
3. Qoqi o’t. 11. Ligustrum.
4. Chinor. 12. Baqaterak.
5. Zubturum. 13. Olma.
6. Yasmin. 14. Tut.
7. Jiyda. 15. Shaftoli.
8. Akasiya.


Javoblar: a) 7,9,13,15; b) 4,8.12,14; v) 2,6,10,11; g) 1,3,5.

Mavzu: «O’lkamiz o’simliklari» (3-sinf)


Topshiriq. Har xil madaniy o’simliklarga xos belgilarni keltiring.

Tezislar:



  1. Ildizlar ko’pgina ildizchalardan iborat.

  2. Gullari yirik, rangi sariq, bir kunda gullaydi.

  3. Poyasi poxolcho’p.

  4. Poyasi va barglari o’tkir hidli.

  5. Urug’laridan moy olinadi.

  6. Mevasi – don.

  7. Mevasi – ko’sak.

  8. Poyasi yer bag’irlab o’sadi, barglari yirik, kesik.

  9. Barglari ensiz va uzun.

  10. Mevalari tarkibida vitaminlar ko’p.

  11. Poyasi tik o’suvchi, barglari yirik, parrakli.

  12. Gullari bir vaqtda ochiladi va mevalari bir vaqtda yetiladi.

  13. Mevalari yirik, urug’lari ko’p.

  14. Gazmollar ishlab chiqiladi.

  15. Silos tayyorlanadi.

Javoblar: g’o’za: 2,5,7,11,12,14.
Poliz ekinlari: 8,10,13.
Don ekinlari: 1,3,5,6,9,15.
Pomidor: 4,10,12.
Bilimlarni matn bilan hisobga olishdan individual so’rashda ham, kollektiv so’rashda, ya’ni butun sinf bilimini hisobga olishda ham foydalanish mumkin. Keyingi holatlarda topshiriq doskaga yozib boriladi. O’quvchilarning javoblari butun sinf bilan muhokama qilinadi. Bu kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining ishini ma’lum darajada faollashtiradi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling