Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


Download 0.89 Mb.
bet68/107
Sana14.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1701630
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   107
Kombinasiyalashtirilgan (birlashtirilgan) dars tabiatshunoslik darslarining eng keng tarqalgan tipidir. Unda bir nechta didaktik vazifalar, chunonchi, o’tilganlarni takrorlash, uy vazifasini (ijodiy daftarlar va kuzatishlar kundaligi ishlarni) tekshirish, ya’ni bilimlarni o’rganish va mustahkamlash kabilarni o’rganish va mustahkamlash kabilar hal qilinadi. Bunda vazifalardan birortasi ham ustun kelmaydi, barchasi birgalikda (kompleks holda) hal qilinadi. Kombinasiyalashtirilgan darsni o’tishda xilma-xil metod va uslublar: suhbat, o’qituvchi hikoyasi, tabiiy obyekt va ko’rgazmali qurollar bilan ishlash, kino va diafilmlar ko’rish, maqolalar o’qish va ular mazmunini ishlab chiqish, daftarlarda yozuvlar qilish va rasmlar chizish qo’llaniladi. Kombinasiyalashtirilgan tipdagi darsni o’tishda eng tarqalgan xato – barcha ishlarni ko’rgazmali qurollardan foydalanmasdan va maqoladagi tabiatshunoslik faktlarini tushuntirmasdan matnni (mashqni) o’qish va aytib berishdan iborat qilib qo’yishdir. Dars o’tishga shunday yondoshish ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi. Tabiatshunoslik o’qituvchisi tabiat to’g’risidagi bilimlarning asosiy manbai tabiat obyektlari, darslik esa faqat bilimlarni mustahkamlash vositalaridan biri ekanligini bilishi kerak.
Predmetli darslar. Bu tipdagi darslarda o’quvchilar sinfda tabiiy obyektlar bilan bevosita ishlaydilar va tabiat jismlari hamda hodisalari to’g’risida muayyan konkret bilimlar yig’indisini oladilar. Shu maqsadda ular narsalarni qarab chiqadilar va taqqoslaydilar, ulardagi tarkibiy qismlarni, umumiy va tafovut qiladigan belgilarini ajratadilar. Bu tipdagi darslarda tabiat jismlari va hodisalarini o’rganish frontal tarzda yoki guruhlar bo’yicha olib boriladi.
Predmetli darslar kuzatuvchanlikni rivojlantirish, quntlilikni, mehnatsevarlikni tarbiyalash uchun katta imkoniyatlar beradi. Bu darslarda bolalar laboratoriya ishi uquvlarini oladilar, chunki darsda o’tkaziladigan ish element tadqiqiy xarakterda bo’lishi kerak, unda bolalar o’rganilayogan obyektlarning belgi va sifatlarini taqqoslaydilar, murakkab bo’lmagan tajribalar o’tkazadilar. Predmetli darslarda mustaqil ishlarning salmog’i eng ko’p bo’lishi kerak.
Predmetli darslarni o’tishga o’qituvchi puxta tayyorlanishi kerak. Tarqatma materiallar o’quvchilar soniga to’g’ri kelishi zarur. Shu maqsadda ekskursiyada yig’ilgan tabiat obyektlari (daraxt va butalarning quritilgan yoki to’kilgan barglari, meva va urug’lar kolleksiyalari, qurulish materiallari, foydali qazilmalar)dan foydalanish mumkin.
Shu maqsadda foydalaniladigan tabiiy materialni tayyorlashning eng qulay vaqti – bahorgi va yozgi ta’til kunlaridir. Ko’p bolalar yozda sanatoriya shu kabi joylarga boradilar. Ularga tabiatshunoslik kabineti uchun tabiiy material yig’ib kelish topshirilib, bu imkoniyatlardan foydalanmoq zarur. Biroq bunda o’quvchilar tabiatni muhofaza qilish va o’simlik hamda hayvonlarga ehtiyotlik munosabatda bo’lish zarurligini esda tutishlari lozim.
2-sinf dasturida predmetli darslar mo’ljalangan, ularda bolalar termometrdan foydalanishga, yangi o’simliklarda ildiz, poya, barg, gul, meva va urug’larni taniy olishga o’rganadilar, qishda o’simliklar hayotini, urug’lardan o’simliklar rivojlanishini (ilgari qo’yilgan tajribalar asosida) kuzatadilar va h.k. 3-sinfda bolalar foydali qazilmalar, dala ekinlari to’g’risida boshlang’ich ma’lumotlar oladilar.
Garchi 3-sinf o’quvchilari 2-sinfda hosil qilingan predmetli darsidagi ba’zi ish tajribasiga ega bo’lsalar ham ular har holda ish joyini qanday tashkil qilish kerakligi, kuzatishni qanday izchillikda olib borish, ularni qanday qayd qilish, qay tarzda xulosalar chiqarish zarurligi haqida maxsus yo’l-yo’riqlarga muhtoj bo’ladilar.
Predmetli darsning rejasi quyidagicha bo’lishi mumkin:
1) dars mavzusi va maqsadini bildirish;
2) ish planini doska va daftarlarga yozish;
3) tarqatma material bilan mustaqil ish;
4) ish mazmuni bo’yicha suhbat (o’rganilayotgan obyekt xususiyatlarini ta’riflash, uni ilgari o’rganilgan bilan taqqoslash, qo’shimcha ko’rgazmali material bilan ishlash);
5) daftarlarga yozuvlar qilish va rasmlar chizish; 6) bilimlarni mustahkamlash va baholash.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling