Nuriddinova xalima mavzu: metafora va uning badiiy matnda ifodalanishi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Metafora va uning polisemiyadagi o\'rni
20 II. METAFORANING BADIIY MATNDAGI VAZIFALARI 2.1. Metaforaning uslubiy xususiyatlari Yuqorida ta‘kilab o‗tildiki, metafora haqida ko‗plab ilmiy asarlar yaratilgan. Ularning aksariyatida metaforaning asosiy mohiyatini o‗xshatish, qiyoslashdan iborat mantiqiy amal tashkil etishi aytilgan. Aristotel o‗zining «Ritorika» asarida metafora bilan o‗xshatish o‗rtasida katta farq yo‗qligini, yaxshi o‗xshatishni osonlik bilan metaforaga aylantirish mumkinligini, ularning mohiyatida yaqinlik mavjudligini ta‘kidlaydi. Yunon faylasufi aytadiki, agar shoir Axill haqida «U sherdek tashlandi» desa, bu yerda o‗xshatish voqe bo‗ladi, agar shoir shu qahramon haqida «Sher tashlandi» desa, metafora yuzaga keladi. Metaforaning ana shunday mohiyatini inobatga olgan holda prof. R.Qo‗n-g‗urov «O‗zbek tilining tasviriy vositalari» kitobida mana bunday deb yozgan: «Metaforani yashirin o‗xshatish deyish ham mumkin. Ammo u oddiy qiyosdan farq qiladi. Agar oddiy qiyos ham doim asosiy ikki a‘zodan tashkil topsa (ya‘ni nima qiyos qilinadi, nima bilan qiyos qilinadi — qiyos qilinuvchi va qiyos qilinadigan predmet), metaforada faqat ikkinchi a‘zo — o‗xshatilgan narsa qoladi, o‗xshagan narsa tushiriladi, lekin u kontekstdan ochiq sezilib turadi, demak, metaforada tasvirlanayotgan predmet ana shu ikkinchi a‘zo orqali idrok qilinadi». Bu fikrga qo‗shilgan holda, shuni ham aytish kerakki, sof lisoniy nuqtai nazardan, bizningcha, metaforani «yashirin o‗xshatish» deb emas, balki «qisqartirilgan o‗xshatish» deb qarash maqsadga muvofiqroq ko‗rinadi. Chunki metaforada o‗xshatishning to‗rtta uzvidan uchtasi (o‗xshatish sub‘ekti, o‗xshatish asosi, o‗xshatishning shakliy ko‗rsatkichi) qisqartirilib, faqat o‗xshatish etalonining o‗zi saqlab qolinadi. Metafora bevosita ana shu o‗xshatish etalonida, yanayam to‗g‗rirog‗i, metaforik ko‗chma ma‘no o‗xshatish etaloni o‗rnidagi so‗zning ma‘no tarkibida yuzaga keladi. O‗xshatish asosidagi belgi yoki harakat-holatni, shuningdek, o‗xshatish subyektini ifodalagan va qisqartirilgan so‗zlarning ma‘nolarini ayni o‗xshatish etaloni o‗ziga xos tarzda o‗z ustiga oladi. Ana shu jarayonlar natijasida nutqda so‗z semantikasida obrazlilikka juda ham boy ko‗chma ma‘no yuzaga chiqadi. Metafora narsa-buyum, voqea-hodisalar, belgilar o‗rtasidagi o‗zaro o‗xshashlikka asoslangan ma‘no ko‗chishi, ya‘ni metafora ko‗chma ma‘no hosil qilishning eng keng tarqalgan usullaridan biridir 1 . U mumtoz adabiyotshunos-ligimizda "istiora" deb ham yuritiladi. Matnga lingvopoetik yondashuvda lisoniy va xususiy-muallif metaforalarini farqlash maqsadga muvofiq. 1 Шомақсудов А., Расулов И., Қўнғуров Р, Рустамов Ҳ. Ўзбек тили стилистикаси.Т.: Ўқитувчи, 1983,–Б.246; Ўринбоев Б., Қўнғуров Р., Лапасов Ж. Бадиий текстнинг лингвистик таҳлили.-Т.: Ўқитувчи,1990. –Б.219; Қиличев Э. Ўзбек тилининг амалий стилистикаси. –Т.: Ўқитувчи, 1992; Қобулжонова Г.К. Метафоранинг системавий лингвистик талқини, – Т., НДА., 2000. – 23 б; Қўнғиров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубият асослари. –Т.: Ўқитувчи, 1992. 21 Lisoniy metaforalar til taraqqiyoti bilan bog‗liq hodisa hisoblanadi, ular tilda uzuallik kasb etib bo‗lgan. Shuning uchun ham tadqiqotchilar to‗g‗ri ta‘kidlaganlaridek, "bunday metaforalar, asosan, atash, nomlash vazifasini bajarganligi uchun ularda uslubiy bo‗yoq, ekspressivlik, binobarin, ular ifodalagan nutq predmetiga nisbatan subyektiv munosabat aks etmaydi". Faqatgina ma‘lum bir so‗zning ma‘no doirasi kengayadi hamda yangi tushunchalarni atash uchun xizmat qiladi. Masalan: odamning oyog‗i — stolning oyog‗i, odamning ko‗zi — uzukning Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling