Nuriddinova xalima mavzu: metafora va uning badiiy matnda ifodalanishi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana25.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1230735
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Metafora va uning polisemiyadagi o\'rni

Rahmi kelib bulutning 
Yig‗lab to‗kar yoshini. 
Qushlar qochar, majnuntol 
Ko‗taradi boshini. (―Manzara‖) 
Rahmi kelish, yig‗lash, yosh to‗kish, bosh ko‗tarish kabi xususiyatlar insonlarga xos 
bo‗lib, shoir ularni bulut va majnuntolga ko‗chiradi. Bu holat tabiat manzarasining shunchaki 
tasvirini emas, uning inson qalbi tomonidan qanday qabul qillinishini ifodalash maqsadida 
berilgan. Bunda inson faqatgina kuzatuvchi emas, ona tabiatning dardkashi sifatida jonlanadi va 
xuddi shu tuyg‗u kitbxon ruhiyatiga ham ko‗chadi. 
Nozik didli faqatgina insonga xos xususiyatlarni jonsiz narsalarga emas, hayvon va 
qushlar jonsiz narsalarga xos xususiyatlarni insonga ko‗chirish usullaridan ham unumli 
foydalanadi. Ma‘lumki, sayrash kushlarga xos harakatdir. U metaforik yo‗l bilan insonlarga ham 
ko‗chirish mumkin. Bunda mazkur so‗z nutq vaziyatiga ko‗ra gapirish harakatiga nisbatan 
so‗zlovchining subyektiv munosabatini ifodalashda qo‗llaniladi. Masalan: 
Hay‘atlarda kekkayib, 
Yayrab yurar Matmusa. 
Biz undoq, biz bundoq deb, 
Sayrab yurar Matmusa. (―Matmusaning charxpalagi‖) 
Bu misrada sayramoq leksemasi ko‗p gapirmoq, maqtanmoq, vaysamoq ma‘nolarida 
qo‗llanganligi sababli konnotativ ma‘no yuzaga chiqqan. Shoir aynan sayramoq so‗zini tanlash 
orqali baho munosabatini ifodalab pragmatik ma‘no hosil qilgan. 
E.Vohidov she‘riyatida sifatlarning metaforik ma‘noda qo‗llanishi konnotativ ma‘noga 
yo‗l ochadi. Quyida kishining yosh belgisini ifodalovchi qari leksmasi muayyan predmetning
ya‘ni dunyoning belgisi sifatida qo‗llangan: 


32 
Ne davronlar kechmish qoldirib shuhrat, 
Barchasiga shohid bu qari dunyo (―Iltijo‖)
Bu o‗rinda qari leksemasi uzoq umr ko‗rgan kishi ma‘nosini anglatmaydi. Uning dunyo 
so‗ziga nisbatan qo‗llanishi natijasida dunyoning qadimiyligi, uning ko‗p voqealarga shohid 
bo‗lganligi ifoda etiladi. Shoir mazkur o‗xshatish orqali dunyoning boqiyligi to‗g‗risidagi oddiy 
haqiqatga ishora qiladi. Natijada, qari leksemasining metaforik qo‗llanilishi pragmatik 
mazmunga yo‗l ochgan. Pragmatik mazmunning yashirin ko‗rinish kasb etishi esa she‘rning 
ta‘sirchanligini yanada oshirgan. 
Xulosa qilib aytganda, Erkin Vohidov o‗z she‘rlarining ta‘sirchanligini, obrazliligini 
oshirishda, umuman, konnotativ ma‘no hosil qilishda metaforalardan unumli foydalangan. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling