Nuriddinova xalima mavzu: metafora va uning badiiy matnda ifodalanishi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana25.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1230735
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Metafora va uning polisemiyadagi o\'rni

 
2.2.Metafora va so‘z yasalishi 
O‗zbek tilshunosligida metaforaga so‗z yasashning bir usuli sifatida qarash ham mavjud. 
Masalan, S.Usmonov nima uchundir metaforani ekstralingvistik hodisa, deb ataydi va leksik-
semantik usulda so‗z yasash ko‗rinishlaridan biri sifatida ko‗rsatadi 
1

So‗z yasalishining metafora bilan bog‗liq tomoni borligini belgilovchi asosiy omil 
shundaki, har ikkala hodisa ham bir narsani nomlashni nazarda tutadi. Biz bitiruv malakaviy 
ishimiz avvalida obyektimizga sinxronik nuqtai nazardan yondoshish tamoyiliga amal 
qilishimizni aytib o‗tgan edik. Shuning uchun tarixan so‗z yasalishida metaforaning o‗rni 
qandayligi masalasini ochiq qoldiramiz. Hozirgi o‗zbek tili nuqtai nazaridan so‗z yasalishi va 
metaforaning munosabati qanday? Aftidan, bu ikki hodisaning yaqqol kesishuv sohasi semantik 
(lug‗aviy) deb ataluvchi so‗z yasalishi turidadir. ―So‗z ma‘nosining o‗zgarishi asosida so‗z hosil 
qilish semantik usul bilan so‗z yasash‖ deyiladi
2
. Ya‘ni shaklda hech qanday o‗zgarish yuzaga 
kelmaydi. Masalan, yupqa (sifat); yupqa (ot); to‗garak (sifat); to‗garak (ot). Bu nomlarning kelib 
chiqishi metaforik asosda bo‗lganligi ko‗rinib turibdi: Yupqa-yupqa qilib (hamirdan yoyilgan) 
hamirdan tayyorlanadi, to‗garak – doira olib o‗tiluvchi kishilar yig‗indisi, ya‘ni o‗xshash motiv 
va semalar mavjudligini aniqlash qiyin kechmaydi. Shuning o‗zi hozirgi ikki (omonim) so‗zning 
kelib chqishi metaforaga borib taqalishini ko‗rsatadi. Bu holat metaforik qo‗llangan so‗zni, balki 
semantik usul bilan so‗z yasalish deb hisoblash lozimdir, degan savol tug‗dirishi mumkindir. 
So‗z yasalishining lisoniy va nutqiy bo‗la olishi masalasi qo‗yila boshlaganidan keyin, ayniqsa, 
bu savol dolzarb bo‗lishi turgan gap. Chunki bir martalik va nomuntazam metaforalar ham har 
holda nomlashni nazarda tutadi va, balki, ularni nutqiy so‗z yasalishi deb hisoblash mumkindir. 
Bu savolga javob berish uchun biz so‗z semantik tarkibi tahliliga murojaat qilamiz. Zero, so‗z 
1
Усмонов С. Йилқичилик терминларининг лексик-семантик усул билан ясалиши // Ёш олимларнинг 
анъанавий илм. конф. Материаллари. – Тошкент, 1989, - Б. 77 
2
Турсунов У., Муҳторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Т.: Ўзбекистон, 1992, -Б.80-83. 


33 
yasalishi ham, metafora ham so‗z semantikasining faoliyati natijasidir. So‗zni har qancha 
shaklan o‗zgartirmang, ma‘no o‗zgarmasa, u o‗z mohiyatini saqlaydi. Semantik usul bilan 
yasalgan so‗zning semantik strukturasini qiyoslab ko‗raylik: 
1. To‗garak (sifat) tub so‗z. Quyidagi semalarga ajraladi: 
a) belgi; b) shaklga oid; v) dumaloq. 
2. To‗garak (ot) yasama so‗z quyidagi semalarga ajraladi: 
a) narsa; b) kishilar yig‗indisi; v) havaskorlikka, qo‗shimcha faoliyatga oid. 
Ko‗rinadiki, har ikki semem struktura tarkibi bir biridan tubdan farq qiladi. Metaforik 
qo‗llangan so‗z semem tarkibini nometaforik qo‗llash holati bilan qiyoslaylik. 
Masalan, ko‗z so‗zi quyidagi semalarga ajraladi:
a) mucha; b) qobiqda joylashgan; 
v) dumaloq; g) ko‗ruvchi (tashqi dunyo bilan aloqada). 
―Uzuk ko‗zi g‗oyat ajoyib edi‖ gapidagi ―ko‗z‖ so‗zi ham xuddi shunday semalarga ajraladi: 
a) mucha, b) qobiqda joylashgan; 
v) dumaloq. 
Uzuk so‗zi bilan bog‗lanish unda 3-semani kuchaytirib, qolganlarini esa xiralashtiradi. Mana shu 
bog‗lanish bo‗lmasa, ko‗z – o‗zining to‗liq semalarini bir xil darajada saqlab turaveradi. Demak, 
so‗z yasalishidan farqli o‗laroq, metafora so‗z semantik strukturasiga ta‘sir qilmas ekan. 
So‗z yasalishi faqat tilga xos, metafora ham lisoniy, ham nutqiy hodisa bo‗lib, ma‘lum 
bir matniy qurshovda amal qiladi va alohida qo‗llanish imkoniyatiga ega emas. Yasama so‗z esa 
aksincha yakka holda nomlanganda, qo‗llanganda ham ma‘no anglataveradi. Metafora uchun 
ma‘lum bir matniy qurshov, ya‘ni kontekst talab qilinadi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling