Nuriddinova xalima mavzu: metafora va uning badiiy matnda ifodalanishi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana25.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1230735
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Metafora va uning polisemiyadagi o\'rni

Metafora va o‘xshatish. Metafora va o‗xshatish orasidagi munosabatga qarash ikki xil: 
1. Metafora – qisqargan o‗xshatish, ya‘ni ular orasida farq tashqi shakllanishidadir. 
2. Metafora va o‗xshatish o‗zaro mazmuniy (ichki) shakllanuv jihatidan farq qiladi. 
1. Metafora – qisqargan o‗xshatish. Ya‘ni ular orasidagi farq shakl-lanishdadir (Arastu, 
A.A.Potebnya). 
2. Metafora va o‗xshatish o‗zaro mazmuniy (ichki) shakllanuv jihatidan ham farq qiladi 
(V.Veselovskiy, I.Kukina, M.Shteyn,). 
Ayrim olimlar o‗xshatishni morfologik yoki lug‗aviy emas, balki sintaktik konstruksiya 
deb baholaydi. Chunki o‗xshatish uchun bittagina so‗z yoki shakl kamlik qiladi. Lekin shuni 
hisobga olish kerakki, har qanday lug‗aviy yoki morfologik mohiyat aynan sintaktik qurshovda 
namoyon bo‗ladi. Bu mutlaqo ularni mustaqil mohiyat sifatida mavjud emas degan xulosaga olib 
kelmasligi kerak. N.Mahmudov, A.Nurmonov o‗zbek tilidagi qiyosiy tizimlar uchun quyidagicha 


37 
formula tuzadi: {A [V] V] S}. Bunda A – qiyos subyektining ramzi, V – qiyosning shakliy 
ko‗rsatkichi, S – qiyos asosining ramzidir. Qiyoslang: Qovun asaldayin shirin, Qovun asldan 
shirin. Bunda qovun – A, asal – V, -day, -dan-V va shirin-S.
1
O‗xshatish va metafora orasida shakliy farqning borligi bunda yaqqol ko‗rinib turadi. 
Ya‘ni o‗xshatishda ishlatiluvchi ―kabi‖, ―go‗yo‖, ―xuddi‖, ―-dek‖ singari unsurlar 
metaforada uchramaydi. Demak, bu yerda sifat o‗zgarishlarining miqdor o‗zgarishlariga aylanish 
qonuni amal qiladi.
Bu qonunni o‗z obyektimizga tadbiq etadigan bo‗lsak, ―kabi‖, ―go‗yo‖, ―-dek‖ va 
hokazolarning tushib qolishi bilan belgilanadigan shakliy farq, o‗z-o‗zidan, mazmuniy farqni 
ham keltirib chiqarishi tabiiy. Mazmuniy jihatdan qanday farq borligini aniqlash uchun 
o‗xshatish va metaforik pozitsiyada kelgan so‗zning semem tarkibini qiyoslash lozim. 
―Qirchang‗i‖ so‗zining semem tarkiga nazar tashlasak 
1) uy hayvoni; 
2) qari; 
3) kasalmand
4) yaroqsiz. 
O‗xshatish: ―Shavlaev ... yaylovga qo‗yvorilgan qirchang‗idek, bosh ko‗tarmay 
sandiroqlab yuraveradi‖ (A.Obidjon). 
Metafora: ―O‗v qirchang‗i, baxtingga quvonib o‗tirmaysanmi?‖ (A.O.)
O‗xshatishda qirchang‗i so‗zining hamma semalari yuzaga chiqmoqda, metaforik 
qo‗llanish esa 1- semada xiralashmoqda. Xiralashgan sema o‗rnini mutanosib boshqa sema (bu 
sema tema tarkibidan olinadi) qoplaydi. Bu o‗rinda – ―inson‖ (ayol) semasi. O‗xshatish va 
metafora qo‗llanishida sema tarkibi va shaklining bu xil farq qilinishi uslubiy jihatdan bu ikki 
tropni farqlaydi. O‗xshatishda hamma semalarning yuzaga chiqishi mazmunan, o‗xshatuvchi 
unsurlarning ishtirok etishi shaklan o‗xshatilayotgan va o‗xshayotgan narsani bir butun deb 
tasavvur qilishga to‗siq bo‗ladi. Metaforada esa go‗yo bu chegara olinadi va ular bir butundek – 
bittadek tushuniladi. 
Quyidagi misolga e‘tibor qilaylik: 
Danakdek qulog‗im supra bo‗lguncha yashab ... (A.Obidjon). 
O‗xshatishda (danakdek) quloqning har holda danak emasligi, danakka o‗xshashligi 
sezilib tursa, metaforada (supra bo‗lguncha) bu xil inkor mavjud emas. Albatta bu shartli. 
So‗zlovchi quloqning supra bo‗la olmasligini yaxshi tushunadi. Biroq uslubiy maqsadlarda bu 
hodisani ataylab yashiradi. Metaforaning bu xususiyati (ikki hodisani bir butun deb bilish) uning 
qo‗llanilishida ham o‗ziga xoslik vujudga keltiradi. Ya‘ni metaforik qo‗llangan so‗z metaforik 
1
Маҳмудов Н, Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. – Т.: Ўқитувчи, 1995. –Б.138. 


38 
yo‗nalgan so‗zsiz ham yolg‗iz kela oladi. Masalan, Stadionda yana ―haya-haya‖ boshlandi. 
Hayda, xo‗roz (A.Obidjon). 
O‗xshatishda bu xil imkoniyat nihoyatda chegaralangan. O‗xshayotgan va 
o‗xshatilayotgan narsani bildiruvchi so‗zlar muntazam sintagmatik aloqada turadi: 
Futbolchilarimiz shapaloqdek mamlakat – Belgiya komandasiga yutqazib qo‗yishdi (A.Obidjon). 
Danakdek qulog‗im supra bo‗lguncha yashab ...
Yuqoridagilarni xulosalab shuni aytish mumkinki, o‗xshatish va metafora bir-biriga juda 
yaqin keladi. Ammo bir necha jihatdan farq qiladi. 
1. Shaklan: O‗xshatishda –dek, -day, go‗yo kabi unsurlar qatnashadi, 
metaforada esa qatnashmaydi. 
2. Mazmunan: O‗xshatishda o‗xshatilayotgan va o‗xshayotgan narsa bir- 
biridan alohidaligi ko‗rinib turadi, metaforada esa
bir butun deb tasavvur qilinadi. 
3. Usluban: O‗xshatishda ifoda vositasi so‗zning to‗liq semalarini
saqlaydi, metaforada esa saqlanmaydi. 
4. Yo‗nalishi – O‗xshatish gorizontal yo‗nalishni nazarda tutadi. 
ga ko‗ra: Oltindek bosh, danakdek quloq. 
Metafora esa vertikal yo‗nalishga asoslanadi. 
Bosh emas, oltin qimmatli narsa, demak, metafora
nimanidir nomlaydi, o‗xshatish esa sifatlaydi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling