Fe’lning uslubiy xususiyatlari. Nisbat shakllari uslubiyati reja


Download 476.55 Kb.
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi476.55 Kb.
#1506044
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1522. NISBAT

FE’LNING USLUBIY XUSUSIYATLARI. NISBAT SHAKLLARI USLUBIYATI

REJA:

1. Fe’l haqida umumiy ma’lumot

2. Fe’lning ma’no turlari 3.Nisbat shakllari.

UYGA VAZIFANI TEKSHIRISH

  • 292-mashq. Matnni ko‘chiring, egalik qo‘shimchalarining semantik-uslubiy jihatdan ta’riflang.
  • Hakim Sanoiy aytadi:
  • — Kishi o‘z sirini besh xil kishiga aytmasligi kerak. Bularning birinchisi — makr-u hiylali ayol, ikkinchisi — balog‘atga yetmagan bola, uchinchisi — tentak, to‘rtinchisi — birovga tobe kishi, beshinchisi — sinalmagan do‘st.
  • Yengiltak va makr sohibasi bo‘lmish ayolga sir aytgan kishining ishi go‘yo olovga paxta tashlab, unga «kuyma!» deb yuborgan kishining ishiga o‘xshaydi. Bolalarga sir aytgan kishining ishi esa suvga ko‘za tashlab, unga «ho‘l bo‘lma!» deb buyurgan kishining ishiga o‘xshaydi. Тentakka sir aytgan kishining ishi go‘yo mushukka go‘sht tashlab, unga «yema!» deb buyurgan kishining ishiga o‘xshaydi. Biror tasodif tufayli birovga qaram va tobe bo‘lib qolgan kishiga sir aytgan kishining ishi go‘yo it oldiga suyak tashlab, unga «g‘ajima!» deb buyurgan kishining ishiga o‘xshaydi. Sinalmagan do‘stga sir aytgan kishining ishi go‘yo o‘zini o‘zi daryoga otib, do‘stiga xitob qilgan holda: «Meni g‘arq bo‘lishdan qutqar!» degan kishining ishiga o‘xshaydi.

UYGA VAZIFA

  • 1. 10-sinf ona tili darsligidagi 51-mashq. Berilgan gaplardagi kelishik qo‘shimchalarini ko‘makchilar bilan almashtirib ko‘ring, ma'nosini izohlang. Ma'nodagi o‘zgarishlarga e'tibor bering.
  • 2. 10-sinf ona tili darsligidagi 53-mashq. Berilgan gaplarda qo‘llangan ko‘makchilarni ma'nodosh kelishik shakllari bilan almashtirib ko‘ring. Ma'nodagi o‘zgarishlarni izohlang.

51-mashq. Berilgan gaplardagi kelishik qo‘shimchalarini ko‘makchilar bilan almashtirib ko‘ring, ma’nosini izohlang. Ma'nodagi o‘zgarishlarga e'tibor bering.

  • 51-mashq. Berilgan gaplardagi kelishik qo‘shimchalarini ko‘makchilar bilan almashtirib ko‘ring, ma’nosini izohlang. Ma'nodagi o‘zgarishlarga e'tibor bering.
  • 1. Qo‘lida (qo‘li bilan) stakan, piyola ushlagan bemorlar suv ichgani buloq tomon­ga ketishyapti. (Said Ahmad) 2. Bu qutilarda bir kun oldin telefonda (telefon orqali) berilgan buyurtmaga binoan, qora, qizil ikra, yangi so‘yilgan qo‘y go‘shti, qog‘oz bankada qaymoq, apelsin, hind choyi, ko‘k choy va qazi kabi noyob yemishliklar bor. (Said Ahmad) 3. Gulnor Nurining o‘z oilasidagi voqealardan (voqealar haqida), bilgan-eshitganlaridan (bilgan-eshitganlari haqida) so‘zladi. (Oybek)

Download 476.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling