Ayir, qayir so‘zlariga o‘zlik yoki majhul nisbat qo‘shimchalari qo‘shilsa, tovush tushishi kuzatiladi: ayir+il=ayril, qayir+il=qayril kabi. - Ayir, qayir so‘zlariga o‘zlik yoki majhul nisbat qo‘shimchalari qo‘shilsa, tovush tushishi kuzatiladi: ayir+il=ayril, qayir+il=qayril kabi.
- Yemoq, demoq fe’llariga majhul va birgalik nisbati qo‘shimchalari qo‘shilsa, bir y tovushi ortadi: de+il+di=deyildi, ye+ish+di=yeyishdi
MUSTAHKAMLASH - 1. Qaysi gapda aniq va o‘zlik nisbatdagi fe’l qatnashgan?
- A) Ular yashikdagi shaftolining ezilganlarini ajratib bolalarga berishdi.
- B) Qor qalin yog‘ayotgani uchun atrof zo‘rg‘a ko‘rinar edi.
- C) Ular yana besh qadam bosishgach, o‘ra labiga kelishdi.
- D) Hovliga suvlar sepilgan, xontaxta atrofiga duxoba ko‘rpachalar to‘shalgan.
1. Qaysi gapda aniq va o‘zlik nisbatdagi fe’l qatnashgan? 2. Qaysi gapda majhul nisbatdagi va birgalik nisbatidagi fe’llar qatnashgan? - 2. Qaysi gapda majhul nisbatdagi va birgalik nisbatidagi fe’llar qatnashgan?
- A) Ozoda gilamlar to‘shalgan past-baland chorpoyalar ustida odamlar choy ichishadi, ish yuzasidan maslahat qilishadi.
- B) Botayotgan quyoshning horg‘in nuri qorli tog‘ cho‘qqisini, uning tepasida uvadaday osilib turgan bulutni bir lahza qizartirdi-da, so‘ndi.
- C) Ko‘zni quvnatadigan gulzor yonidagi yam-yashil daraxt tagiga qo‘yilgan kattagina so‘rida miriqib dam olish mumkin.
- D) Bolalar uni yaxshi ko‘rishib, unga yordam berishibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |