Nuriddinova xalima mavzu: metafora va uning badiiy matnda ifodalanishi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana25.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1230735
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Metafora va uning polisemiyadagi o\'rni

Metafora va vazifadoshlilik. Biror narsaning nomi boshqasiga ular bajargan vazifadagi 
o‗xshashlik asosida ko‗chirilishi funksional ko‗chirish deyiladi (lotincha funktio – ―faoliyat‖, 
―vazifa‖). Funksional ko‗chirish ham o‗xshashlik asosida bo‗ladi. Bu jihatdan u metafora yo‗li 
bilan ko‗chirishga juda yaqin turadi. Farqi shundaki, metafora yo‗li bilan ko‗chirishda 
predmetlar orasidagi tashqi ko‗rinishi jihatidan, material jihatidan o‗xshashlik asosga olinsa
funksional ko‗chirishda vazifa jihatidan o‗xshashlik nazarda tutiladi. Masalan, qush tanasida 
uchish uchun xizmat qiluvchi a‘zo qanot deyiladi. Shunga o‗xshash vazifani bajaruvchi qism 
samolyotga nisbatan ham qanot deb nomlangan. 
Biz metaforaning asosida nomsiz narsada mavjud bo‗lgan motivlar, metaforik 
qo‗llanuvchi so‗z semalari orasidagi mutanosiblik, o‗xshashlikni
ko‗rgan edik. Bu mutanosiblik qanday jihatlarni (rang,shakl, vazifa va hokazo) qamrab olishi 
ahamiyatsiz. Shuningdek, mutanosiblik bir necha jihatli bo‗lishi ham mumkin. Sh.Rahmatullaev 
ana shu jihatni ham qayd etadi: ―Funksional ko‗chirishda ko‗pincha shakliy o‗xshashlik ham 
qatnashadi.
Metafora va metonimiya. Metonimiya ham nom ko‗chish ususli bo‗lib, narsalar 
orasidagi obyektiv bog‗liqlikka asoslanadi. Bog‗liqlik asosidagi ko‗chish bir necha xil bo‗lishi 
mumkin: 
1. Narsa nomi – shu narsa asosidagi boshqa bir narsa bir narsaga ko‗chadi: Dasturxon 
– stolga yoziladigan mato // dasturxon ishtaxamni ochib yubordi (dasturxondagi 
ovqatlar).
2. Bir narsaning shu narsaga asoslangan o‗lchov birligi nomi bo‗lib xizmat qiladi: bosh, 
kalla – ―bosh‖ o‗lchov birligi: ikki bosh uzum, bunda metafora ham qatnashadi – 
shakliy o‗xshashlik bor. 
3. Bir narsaning nomi shu predmetdan hosil bo‗ladigan predmetga ko‗chadi: til (nutq 
a‘zosi), til (nutq). 


36 
4. Belgining nomi shunday belgisi bor narsaga ko‗chiriladi – ko‗k (rang nomi) – ko‗k 
(osmon) 
Qorong‗u kechada ko‗kka ko‗z tikib, 
Eng yorug‗ yulduzdan seni so‗rayman. 
Cho‗lpon. (―Go‗zal‖) 
5. Harakatning nomi shu harakat natijasida hosil bo‗ladigan narsaga ko‗chiriladi: 
to‗ymoq – to‗y. 
Metonimiyaning muayyan ko‗rinishi – sinekdoxa butun va qism orasidagi bog‗liqlikni 
nazarda tutadi. Metonimiya va metafora orasidagi farq nom ko‗chish asoslaridadir. Metaforaga 
o‗xshashlik, metonimiyaga bog‗liqlik asos bo‗ladi. Bu eng asosiy farq bo‗lib, o‗xshashlik va 
bog‗liqlik munosabatlari orasidagi tafovut bu farqni yanada kuchaytiradi.
Bu tafovut shundaki, o‗xshashlik qaysidir darajada erkin, ya‘ni subyekt o‗xshashlikni 
ochadigina emas. Noo‗xshash narsalar orasida mutanosiblikni topish qadimdan iste‘dod sanaladi. 
Metaforada qiyos asosi nihoyatda murakkab bo‗lishi mumkin. Yuqorida ana shunday holatlar 
haqida gapirib, faqat so‗zning semem tarkibiga suyanib turib bu xil metaforalarni ochish qiyin 
bo‗lishi haqida gapirgan edik. 
Metonimiyada esa bog‗liqlik asos bo‗ladi. Bog‗liqlik obyektiv mavjud bo‗lmasa, uni 
tiklab bo‗lmaydi. Darhaqiqat, bog‗liqlik (munosabati) xususiyati doimiy bo‗lib, uni hamma tan 
oladi va qayd etadi. Ko‗chaning oldingi qismini nima uchun bosh deb atalishiga 
umumtektologik-mantiqiy qonuniyatlar ko‗rsatish qiyin. Biroq metonimiyaning xususiy 
ko‗rinishi bo‗lgan sinekdoxa – butunni qism, qismni butun bilan atash asosini kibernetika ham 
tushuntirib bera oladi. Chunki kibernetikaning asosiy qonunlaridan bo‗lmish axborot nazariyasi 
bo‗yicha har qanday butun qism haqida, har qanday qism butun haqida axborot tashiydi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling