Nurlanish Elektromagnit nurlanishlar spektri


Download 0.52 Mb.
bet2/4
Sana22.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1110071
1   2   3   4
Bog'liq
Abduvaliyev Akmal TF-2002 2

Maksvell qonunlarining kashf qilinishidan keyin, ushbu qonunlar o‘sha zamonda hali fanga ma'lum bo‘lmagan tabiat hodisasi - elektromagnit to‘lqinlarning mavjudligiga ishora berayotgani ma'lum bo‘ldi. Bunday to‘lqinlar o‘zaro bog‘liq elektr va magnit maydonlarining fazoda yorug‘lik tezligida tarqaluvchi tebranishlarini o‘zida namoyon qiladi. Ushbu mulohazalarni va o‘zi kashf qilgan qonunlardan kelib chiqadigan boshqa muhim xulosalarni Jeyms Klark Maksvell tenglamalar sistemasi ko‘rinishida ilmiy jamoatchilik e'tiboriga havola qilgan. Ushbu tenglamalarga ko‘ra, elektromagnit to‘lqinlarning vakuumdagi tarqalish tezligi shunchalik muhim va fundamental qiymat bo‘lib chiqdiki, uning butun olam uchun universial konstanta ekanligi vajidan, fizikagi boshqa tezliklarni ifodalash uchun qo‘llaniluvchi v belgisi o‘rniga, ushbu tezlik uchun (ya'ni, elektromagnit to‘lqinlarning tarqalish tezligi uchun) alohida bir belgi - c qo‘llanilishi kerakligiga qaror qilindi.

Maksvellning tabiatda yana turli tuman elektromagnit to‘lqinlari mavjudligi haqidagi ilmiy taxminlaridan ko‘p o‘tmay, uning haq ekanligini isbotlovchi qator kashfiyotlar seriyasi boshlanib ketdi. Eng birinchi bo‘lib - radioto‘lqinlar kashf etildi. Bu ishni 1888 yilda nemis olimi Genrix Gers (1857-1894) amalga oshirdi. Radioto‘lqinlar hamda, biz ko‘radigan yorug‘lik nurlari orasidagi yagona farq shundaki, radito‘lqinlar bir necha detsimetr uzunlikdagi to‘lqinlardan boshlab, bir necha kilometrlik to‘lqin uzunliklariga ham ega bo‘la oladi va shunday tebranishlar bilan ularni istalgan yo‘nalishda tarqatish mumkin. Maksvell nazariyasiga ko‘ra, elektromagnit to‘lqinlarning yuzaga kelish sababi, elektr zaryadlarining tezlanish bilan qiladigan harakatlari bo‘lishi mumkin edi. Radiouzatgich qurilmaning antennasidagi o‘zgaruvchan elektr kuchlanishi ta'sirida elektronlarning tebranishlari paydo bo‘ladi, hamda, Yer atmosferasi bo‘ylab tarqaluvchi elektromagnit to‘lqinlarni yuzaga keltiradi. Elektromagnit to‘lqinlarning barcha boshqa turlari ham, elektr zaryadlarining turlicha xil ko‘rinishdagi tezlanishlari natijasidan paydo bo‘ladi.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling