Nurota tumani Dehibaland qishlog’i 7-maktabida o’tkazilgan yig’ilish bayoni №1
Download 16.19 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- K U N T A R T I B I D A G I M A S A L A
- Yuqoridagilardan kelib chiqib yig`ilish qaror qiladi
- Bayonnomani yozdi: 7-maktab hamshirasi Sh.Axtamova
-“TASDIQLAYMAN” 7-umumtalim maktabi Direktori__________S.R.Tosheva “___”___________2023yil Nurota tumani Dehibaland qishlog’i 7-maktabida o’tkazilgan yig’ilish BAYONI №1 27.01.2023 YIL Yig’ilish raisi Dehibaland MFY xotin-qizlar faoli I.Boltayeva Qatnashdilar: Dehibaland MFY xotin-qizlar faoli I.Boltayeva, 7-maktab xotin-qizlar raisi M.Sharopova,7-maktabi psixologi M.Achilova,7-maktab hamshirasi Sh.Axtamova,7-maktab 6-11-sinf o’quvchi qizlari. K U N T A R T I B I D A G I M A S A L A 1.Qizlar o’rtasida erta nikoh, erta tug’ruq hamda qarindosh urug’lar o’tasidagi nikohning salbiy oqibatlari va uning oldini olish. 2.Odob axloq kiyinish madaniyati Yig’ilishni Dehibaland MFY xotin-qizlar faoli I.Boltayeva ochib berdi va kun tartibidagi masala bilan yig’ilganlarni tanishtirdi. Kun tartibidagi masala bo’yicha I.Boltayeva qizlar 14-18 yoshlarda yetuklik davri bo’lib, oila qurishga tayyor bo’lishlari, hozirgi davrda ota-onalar yoki o’z xoxishlari bilan qizlarimiz 18 yoshgacha bolgan davrda erta oila qurish xolatlari, buning oqibatida erta tug’ruq holatlari uchrab turganligi , shu sababdan onalar va bolalar o’limi bo’layotganligi tog’risida va salbiy oqibatlari, shu bilan birgalikda qarindosh urug’lar o’rtasidagi nikohning oldinimnolish bo’yicha yig’ilganlarga tushunchalar berib, o’z so’zida xotin-qizlar o’rtasida qarindoshurug’lari o’rtasidagi nikohlar, erta hamda noqonuniy nikohlarning salbiy oqibatlari, nikohdan oldingi tibbiy ko’rikning ahamiyati, oila qurish yoshiga yetgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan oila va nikoh munosabatlariga, oil ava ota-onaning o’rni xaqida tushuntirish ishlari olib boorish zarurligi, ayniqsa qarindosh-urug’lar o’rtasidagi nikohning zararli oqibatlari, uning mevasi bo’lgan farzandning ayanchli taqdiriga shu bugundan befarq bo’lmasligimiz, nikohdan oldingi tibbiy ko’rikning ahamiyati haqida batafsil to’xtalib o’tdi. Shundan so’ng so’zga chiqqan 7-maktab xotin-qizlari raisi M.Sharopova oilaviy qadriyatlarni . Yig’ilish davomida 7-maktab psixologi M.Achilova so’zga chiqdi. U kishi so’zida bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar xaqida gapirar ekan, ozlari o’qigan davrda bunday sharoitlarga ega bo’lmaganligi to’g’risida gapirib o’tdi. Lekin ayrim yoshlarimiz bunday imkoniyatlardan to’g’ri foydalana olmayotganligi, turli internet,kompyuter klublarida o’z vaqtlarini befoyda sarflayotganligini ta’kidladi. Mana shu sabablar natijasida yoshlarning ongida turli milliy mentalitetimizga zid bo’lgan tushuncha va qarashlarning paydo bo’layotganligini gapirdi. Erta turmush qurayotgan yoshlarimizning ko’pxollarda ajralib ketishiga sabab bo’layotgan sabablar sifatida yoshlarning xali jismoniy jixatdan voyaga yetmaganligi ularning ongi xali bolalarcha fikrlar va odatlarni qilinshdan to’xtamaganli,buning natijasida esa turli noxush xolatlarning kelib chiqayotganligi xaqida gapirib o’tdi. 7-maktab hamshirasi Sh.Axtamova, so’zga chiqdi.U o’z so’zida insonga berilgan umr hayot yo’lining boshidan boshidan oxirigacha bo’lgan masofasidir. Masofaning uzun yoki qisqa bo’lishiga ko’proq insonning o’zi uning fe’l atvori sabab bo’ladi. Chunki olimlarning aniqlashicha inson 180 yil xattoundan xam ko’proq yashashi mumkin,ammo odam bolasi bu yoshgacha yashashi uchun insonning salomatligiga ta’sir etuvchi omillar zararli odatlardan forig’ bo’lishi kerak deb o’z so’zini yakunladi. O’z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Yuqoridagilardan kelib chiqib yig`ilish qaror qiladi: 1.Erta nikoh, erta tug;ruq hamda, qarindosh urug’lar o’rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari va uning oldini olish yuzasidan amaliy ishlar tashkil etilsin, o’quvchi qizlar o’rtasida tushuntirish ishlari olib borilsin. 2. Erta va qarindosh-urug’lar o’rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari va nikohdan oldingi tibbiy ko’rikning axamiyati xaqida tushuntirishlar olib borilsin. 3. Odob-axloq va kiyinish madaniyati to’g’risida mahalla faollari va maktab ma’sullari bilan birgalikda suxbatlar va targ’ibot ishlari olib borilsin. 5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish I.Boltayeva zimmasiga yuklatilsin. Bayonnomani yozdi: 7-maktab hamshirasi Sh.Axtamova Download 16.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling