Nurqobilova Mohinur Mavzu: Xalqaro turizmda xizmat ko’rsatish. Gid xizmati


Download 5.84 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi5.84 Kb.
#1603580
Bog'liq
Nurqobilova Mohinur.Turizm

Nurqobilova Mohinur Mavzu: Xalqaro turizmda xizmat ko’rsatish. Gid xizmati.

Xalqaro turizm jahon iqtisodiyotining eng muhim, barqaror va dinamik holda rivojlanib borayotgan sohasiga aylanib bormoqda. BTT ma’lumotlariga ko‘ra, 2006 yilda butun dunyo bo‘yicha turizmning umumiy o‘sish darajasi 4,5 % ni tashkil qilgan. Xalqaro turistlarning kelishi esa 820 mln. (2006 y.) kishiga yetib, keluvchi turistlardan olinadigan umumiy daromadlar miqdori 650 mlrd. dollardan ortdi. Xalqaro turistik xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasi tarkibi ham tubdan o‘zgardi. Jahon turizm bozori borgan sari xilma-xillashib, aholining ijtimoiy sohasida turistik mahsulotlarga bo‘lgan talabi va ehtiyoji ortib bormoqda. Turizmning ommaviy uyushgan holdagi shakli kengayib, turistlarga xizmat ko‘rsatish sifati (transport, joylashtirish, ovqatlantirish, dam olish, hordiq chiqarish va boshqalar) borgan sari rivojlana bordi. Xilma-xil turistik mahsulotlarni taklif etuvchi maxsus turistik tashkilotlar (firmalar) soni ko‘paya bordi.

Jahon tovarlar va xizmatlar eksportida hozirgi paytda turizm ulushiga butun jahon eksportining 8%ga yaqini, jahon xizmatlar savdosining 30%, jahon yalpi mahsulotining 11%, jahon kapital quyilmalarining 9%, jahon iste’mol harajatlarining 11%, butun dunyo soliq tushumlarining 5% to‘g‘ri keldi.

Bundan tashqari, turizm aholining bandligiga anchagina ta’sir o‘tkazmoqda. Mutaxassislar bahosicha, hozirgi zamon turizmi va uning bilan bog‘liq sohalarida jahondagi har sakkizinchi xodim band. Turizm industriyasi jahon iqtisodiyotining uch yetakchi eksport sohalari qatoriga kiradi. U faqatgina neft qazib olish va qayta ishlash hamda avtomobilsozlik sanoatlaridangina keyin turadi.

Turizm jahonning ko‘pchilik davlatlarida yagona tizim sifatida rivojlanmoqda va mamlakatlar byudjetiga salmoqli daromad keltiradi. Shuningdek juda ko‘pchilik turistik xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq jismoniy va huquqiy shaxslarga yordam ko‘rsatadi. Turizm na faqat eng yirik, balki jahon iqtisodiyotining eng dinamik holatda rivojlanayotgan sektorlaridan biridir. U tez suratlarda o‘sishi bilan yuz yillikning iqtisodiy fenomeni sifatida tan olingan. XX asr ikkinchi yarmi davomida xalqaro turistlar soni sal kam 28 marta ko‘paydi. Bu xizmat turidan tushumlar esa 237 martaga ortdi.

Turizm sohasida ekskursiya xizmati asosiy xizmatlardan biri hisoblanadi. Tashrifbuyurgan turist eng avvalo mamlakatning tarixi, madaniyati, ijtimoiy hayoti, tabiiy resurslari bilan tanishishni, tomosha qilishni xohlaydi. Ekskursiya xizmati o‘zining ko‘rgazmaliligi, mazmundorligi, hissiyotliligi bilan ekskursantlarning ma’naviy dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Gid- o‘zining hikoyasini ilmiy nazariya asosida tuzishi, shaxsiy g‘oyaviy ishonchni ketma-ket yoritishi maqsadga muvofiqdir. Gid hikoyasidagi, ob’ektlar tahlilida nafaqat uning bilimdonligi, balki faol hayotiy qarashlari ham namoyon bo‘ladi. G‘oyaviy gid o‘z faoliyatida va barcha harakatlarida aniq tamoyillarga asoslanuvchi mutaxassisdir.

Gidning ishi yaqin o‘tmishgacha kasb sifatida qaralmagan, u havaskor guruh uchun qiziqarli mashg‘ulot bo‘lgan, xolos. Gid ishini turli soha mutaxassislari o‘zlarining asosiy faoliyatlaridan ajralmagan holda bajarishgan (pedagoglar, muzey ilmiy xodimlari, institut ilmiy xodimlari va h.k.). Faqatgina bir necha ekskursiya muassasasi va alohida muzeylar shtatida gidlar mavjud bo‘lgan, xolos. Ammo o‘sha paytlarda bu faoliyat kasbiy xususiyatlarga ega bo‘la boshlagan.

O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunining 3- moddasiga turistik guruh rahbari (turlider) va gid (ekskursiya yetakchisi) tushunchalari kiritilgan. Unga ko‘ra «turistik guruh rahbari - turistik faoliyat sub’ektlarining vakili bo‘lgan va uning nomidan ish ko‘rib, turistlarga xizmat ko‘rsatish shartnomasi shartlarining bajarilishini ta’minlovchi jismoniy shaxs», «Gid (ekskursiya yetakchisi) - tur qatnashchilariga turistik xizmatlar ko‘rsatish 42 shartnomasi doirasida ekskursiya-axborot, tashkiliy yo‘sindagi xizmatlar vamalakali yordam ko‘rsatuvchi jismoniy shaxs» 2 -degan ta’riflar kiritilgan.

Gid kasbi aniq amaliy malakaga ega bo‘lishni talab qiladi. Bu malaka unga o‘z bilimlarini auditoriya uchun to‘g‘ri tanlab olish, mujassamlashtirish va samarali uzatish imokoniyatini beradi.

E’tiboringiz uchun rahmat.


Download 5.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling