Nurul-yaqin


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/26
Sana10.02.2017
Hajmi5.09 Kb.
#173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26

www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
VAHIYNING BOSHLANISHI 
 
Rasululloh kamolot cho‘qqisi bo‘lmish qirq yoshga yetganlarida Olloh insoniyatni 
jaholat zulmatidan ma'rifat oydinligiga chiqarish uchun u kishini bashoratchi va 
ogohlantiruvchi payg‘ambar qilib tanladi. Munajjim Mahmud Poshoning aniqlashicha, bu 
voqea melodiy 610 yil 2-oyining boshida yuz bergan. Vahiy dastlab o‘ngidan keladigan 
tushlardan boshlangan. Bu tushlar haddan tashqari aniq xuddi o‘ngida sodir bo‘lgandek 
ravshan edi. Olloh o‘z bandasini har bir ishga bosqichma-bosqich tayyorlab, kamolotga 
yetkazadi. Farishtadan ilk vahiyni qabul qilish odam bolasi uchun g‘oyat mushkul edi. 
Shu bois rasululloh Ollohga yuzlanish uchun dunyoning ishlariga qo‘l siltab, xalqdan 
uzilib, yolg‘izlikni ixtiyor etdilar. Tanholik kishining ruhini poklaydi. Payg‘ambar alayhis-
salom Makka yaqinidagi Hiro g‘orida talay kunlarni tanholikda o‘tkazdilar. Bunday holat 
ba’zan o‘n kun, ba’zan biror oyga cho‘zilar, sarvari olam bobokaloni Ibrohim alayhis-
salom diniga binoan istiqomat qilardilar. Istiqomatdan qaytgach, Xadichaning yonida bir 
necha kun bo‘lib, navbatdagi uzlatga hozirlik ko‘rardilar. Bunday istiqomat to ilk daf’a 
payg‘ambarlik vahiysi kelguncha davom etdi. Kunlarning birida rasululloh tog‘ tepasida 
turganlarida to‘satdan ro‘paralarida bir odam paydo bo‘lib: "Ey Muhammad, suyunchi 
ber, men Jabroilman, sen esang Ollohning bandalariga yuborgan elchisisan!" dedi va 
shundan keyin: "O’qi!" deya amr etdi. Rasululloh: "Men o‘qishni bilmayman", dedilar. 
Chindan ham u kishi o‘qishni, yozishni bilmas edilar. Jabroil payg‘ambar alayhis-salomni 
quchoqlab qattiq qisdi, rasulullohning oyoq-qo‘llaridan mador ketib, bo‘shashib qoldilar. 
Jabroil qo‘yib yuborib yana: "O’qi!" dedi. Payg‘ambar alayhis-salom tag‘in: "Uqishni 
bilmayman", deya javob qaytardilar. Jabroil yana u kishini qattiq qisib, qo‘yib yubordi-
da, "O’qi!" deb buyurdi. Rasululloh tag‘in: "O’qishni bilmayman", deya javob qaytardilar. 
Jabroil u kishini uchinchi marta qattiq quchoqlab qo‘yib yuborgach: "Insonni quyuq 
qondan yaratgan robbingning nomi bilan o‘qi. Robbing benihoya hurmatga sazovordir. U 
qalam bilan yozishni o‘rgatdi, insonga bilmagan narsalarini bildirdi", dedi. (Alaq 
surasining 1-5-oyatlari)  
Payg‘ambar alayhis-salom farishta bilan ilk bor uchrashuvdan qattiq vahimaga tushib, 
uyga shoshildilar. Qo‘rquvdan paydo bo‘lgan titroqni bosolmay Xadichaga: "Meni o‘rab 
qo‘yinglar, yaxshilab o‘rab qo‘yinglar!" deb buyurdilar. Xadicha u kishini o‘rab-chirmab, 
titroqlari bosilguncha tepalarida o‘tirdi. Rasululloh yuz bergan voqeani bayon etib: 
"O’zimdan xavfsirab qoldim!", dedilar, chunki u kishi Jabroil haqida hech qanday 
tasavvurga ega emasdilar. Shu bois farishta quchog‘iga olib, qattiq qisganda qo‘rquv va 
og‘riqdan jonlari halqumlariga kelib qoldi. Xadicha umr yo‘ldoshlariga tasalli berib: "Olloh 
qarindosh-urug‘lariga rahm qiladigan, ojizu notavonlardan marhamatini ayamaydigan, 
yo‘qsillarning holidan xabar oladigan, mazlumlarga yordam qo‘lini cho‘zadigan, 
mehmonlarni ochiq chehra bilan kutadigan sizdek odamni hargiz yomon ahvolga solib 
qo‘ymaydi. Yaratgan egam sizga shaytonni ro‘baro‘ qilib, vasvasaga solmaydi. Imonim 
komilki, Olloh xalqingizni hidoyat qilish uchun sizni tanlabdi", dedi. Xadicha o‘z fikrini 
isbotlash uchun ilohiy kitoblarni o‘qigan, avvalgi payg‘ambarlarning tarjimai holidan 
xabardor olimlarga uchrashishni ko‘ngliga tugib, rasulullohni amakisining o‘g‘li Varaqa 
ibn Navfalning huzuriga olib bordi. Varaqa johiliyat davrida nasroniy diniga kirgan, 
ibroniy yozuvini puxta egallab, bu yozuvda Injidga juda ko‘p sharhlar yozgan, yoshi 
o‘tib, ko‘zi o‘tmaslashib qolgan mo‘tabar olim edi. Muhammad alayhis-salom u kishiga 
ko‘rgan-kechirganlarini bir boshdan gapirib berdilar. Varaqa: "Olloh Muso payg‘ambarga 
yuborgan shariati mana shu", dedi. Bu zot Jabroilning Xudo tomonidan o‘z 
payg‘ambarlariga yuboriladigan elchisi ekanidan xabardor edi, "Koshki yosh yigit 
bo‘lsam, — dedi Varaqa afsus-nadomat bilan. — Qavming ota-bobosi e’tiqod qilib kelgan 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
dinini o‘zgartirishni targ‘ib etganing uchun seni yomon ko‘rib, dushmanlik qilishadi, 
tug‘ilib o‘sgan yurtingdan haydab chiqarishadi". Rasululloh bu gapdan hayratga 
tushdilar, chunki u zot husni xulq, rostgo‘y bo‘lganliklari uchun qabiladoshlari yaxshi 
ko‘rib, Muhammad amin, ya’ni ishonchli Muhammad, deyishardi. Varaqa: "Payg‘ambarlik 
sharafiga erishgan odamning dushmani bo‘ladi", dedi. Qur’oni karimdagi Ibrohim 
surasining 13-oyatida bu haqda to‘xtalib: "Kofirlar payg‘ambarlarga: "Sizlarni yo 
tuprog‘imizdan haydab chiqaramiz, yo dinimizga qaytishinglar kerak, deydi", deb Xudo 
o‘z elchilarining boshiga tushadigan ishlardan ogoh etadi. Umri poyoniga yetib qolganini 
sezgan Varaqa Muhammad alayhis-salomning payg‘ambarligiga astoydil ishonib: "Sen 
odamlarni dinga da’vat etganingda tirik bo‘lsam qo‘limdan kelganicha yordam berardim", 
dedi. Chindan ham oradan ko‘p o‘tmay rasulullohga suyanchiq bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
bu odam olamdan o‘tdi. 
 
 
VAHIYNING UZILIB QOLISHI 
 
Rasululloh uchun kutilmaganda boshlangan vahiy to‘satdan to‘xtab qoldi. Vahiy 
qancha vaqt to‘xtagani haqida tarixchilarning fikrlari turlicha, har qalay bu muddat qirq 
kun bo‘lganligi haqiqatga yaqin. Bundan maqsad payg‘ambar alayhis-salomni vahiyga 
ruhan va jisman moslashtirish edi. Biroq qirq kunga cho‘zilgan tanaffus sarvari olamga 
qattiq ta’sir qildi. Olloh ulug‘ ne’matini bir ko‘rsatib, endi msni undan bsnasib etdimikin, 
degan o‘y yuraklarini ezar, biron baland cho‘qqiga chiqib o‘zlarini tashlab yuborgilari 
kelardi. Ollohning u kishini o‘zi bilan bandalari o‘rtasida vositachilikka tanlanganligi ulug‘ 
ne’matdir. Rasulullohga farishta ko‘rinib: "Sen Ollohning haq payg‘ambari", deb aytar va 
shu bilan vasvasga solayotgan yomon xayollarni aritib, ko‘ngillariga farog‘at bag‘ishlardi. 
Nihoyat parvardigori olam dunyoni islom nuri bilan munavvar etishni ixtiyor etib, 
Muhammad alayhis-salomga yana vahiy yo‘llay boshladi. 
 
 
VAHIYNING QAYTA BOSHLANISHI 
 
Muhammad alayhis-salom yo‘lda ketayotganlarida g‘oyibdan surnay navosidek yoqimli 
ovoz eshitildi, bosh ko‘tarib yer bilan ko‘k o‘rtasida muallaq o‘tirgan tanish farishtani 
ko‘rdilar. Rasululloh farishtaning birinchi marta kelib, Hiro g‘orida qanday azob berganini 
eslab, qo‘rqqanlaridan uyiga qarab qochdilar. Uyga kira solib: "Meni o‘rab qo‘yinglar! 
Tezroq o‘rab qo‘yinglar!" dedilar. Olloh shu zahoti u kishiga quyidagi oyatlarni nozil qildi: 
"Ey o‘ranib olguvchi zot, tur, ogohlantir!" - ya’ni odamlar noto‘g‘ri yo‘ldan ota-bobolari 
topingan butlarga sig'inishdan qaytmasa, Olloh azob berajagini aytib qo‘rqit. "Robbingni 
ulug‘la!" - ya’ni faqat Ollohni ulug‘la, unga boshqa narsalarni sherik keltirib, ibodat 
qilishdan saqlan. "Kiyimingni pok tut!" - ya’ni Ollohning huzuriga toza libos bilan kelib, 
ibodat qil, isqirt bosib, nopok yurish mo‘min odamga munosib emas. "Azobga giriftor 
etadigan ishlardan yiroq bo‘l!" - ya’ni Ollohga itoat etib, buyruqlarini so‘zsiz bajar. "Ko‘p 
olish niyatida berma" - ya’ni birovga biron narsa hadya etsang undan ko‘proq olishni 
tama qilma. Bu mard odamlarning ishi emas. "Robbing uchun sabrli bo‘l!" - ya’ni 
qavmingni islom diniga da’vat etgan paytingda ulardan yetgan aziyatlarga sabr bilan 
bardosh ber. 
 
 
 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
RASULULLOHNING YASHIRIN DA’VATGA O’TISHLARI 
 
Muhammad alayhis-salom asta-sekin dinga da’vat etishni boshladilar. Odamlarni 
birovga na foyda, na ziyon keltirish qo‘lidan kelmaydigan butlarga cho‘qinishni 
yig‘ishtirib, Ollohga ibodat qilishga chaqirdilar. Odamlarning: "Biz ota-bobolarimiz tutgan 
yo‘ldan yurib, ular tanlagan dinga sig‘inyapmiz", deyishdan boshqa vaj-korsoni yo‘q edi. 
Bu odamlar o‘ta takabbur, dimog‘idan eshak qurti yog‘iladigan mag‘rur, go‘zal odob-
axloqning yaqiniga ham yo‘lashmagan edi. Mana shu fe’llari tufayli ularning o‘rtasida qon 
to‘kish, bot-bot talon-taroj, urush-janjal chiqib turardi. Rasululloh mana shu johil 
kimsalarga mehr-oqibat, qon-qondoshlikni ulug‘lovchi islom dinini olib keldilar. Aqli raso 
insonlar u kishining gaplariga ishonib, butlarga sig‘inishni bas qilishdi, biroq yuqori 
martabali amaldorlar o‘z obro‘-e’tiboridan ajrab qolishdan qo‘rqib, islomni rad etishdi. 
Kibru, havosi bunga yo‘l qo‘ymadi. Islom dinini birinchi bo‘lib Huvaylidniig qizi va 
rasulullohning umr yo‘ldoshi Xadicha bilan amakilarining o‘g‘li Ali qabul qildi. Alini 
payg‘ambar alayhis-salom o‘z tarbiyalariga oldilar, chunki yurtda qahatchilik yuz berib, 
serfarzand Abutolibning tirikchiligi g‘oyat og‘irlashib qolgan edi.  
Rasululloh amakilari Abbos ibn Abdumuttalibga: "Birodaring Abutolib jo‘ja-birday jon, 
qahatchilik bechoraning iligini chaqib qo‘ydi. Yur, uning ogirini yengillatib, bittadan 
bolasini olaylik", dedilar. Bu taklifdan Abutolibning boshi ko‘kka yetdi. Abbos Jafar ibn 
Abutolibni, payg‘ambar alayhis-salom esa Ali ibn Abutolibni oldilar. U to balog‘at yoshiga 
yetguncha xuddi o‘z farzandlaridek suyub tarbiyaladilar. Ali balogat yoshiga yetgach, 
hamma narsada rasulullohdan ibrat olib ish tutdi, jaholat davrining hoyu-havaslariga 
ko‘ngil bermadi, yomon xulq-atvorlardan saqlandi, butga cho‘qinishdan o‘zini tiydi. 
Ulardan ibrat olib Zayid ibn Horisa ibn Shurahbil ham musulmon bo‘ldi. U rasulullohniig 
ozodgardasi (ozod qilgan quli) bo‘lib, odamlar Muhammadning o‘g‘li deyishardi. 
Payg‘ambar alayhis-salom uni sotib olib, ozod qilganlaridan keyin xuddi o‘z 
farzandlaridek tarbiyalagan edilar. Arablarda asranda bola ham o‘z farzandi qatori 
hisoblanib, meros olar, o‘z navbatida u ham meros berardi. Rasululloh enagalari Ummu 
Aymanni Zayidga olib berdilar. Bu oiladan tashqaridagi dastlab islomga kirgan odam 
taym jamoasidan Abubakr ibn Abu Quhofa (ibn Omir ibn Ka’b ibn Sa’d ibn Taym ibn 
Murra) edi. Rasulullohning bolalik do‘stlari bo‘lgan bu odamning guvohlik berishicha, 
payg‘ambar alayhis-salom umrlarida biron marta axloqsizlik qilmaganlar, biron marta 
yolg‘on gapirmaganlar. Muhammad payg‘ambar Abubakrga Ollohdan vahiy kela 
boshlaganini aytganlarida u: "Sen menga ota-onamdek qadrdonsan, doim rost 
gapirgansan, Ashhadu al-la ilaha illallohu va ashhadu annaka rasululloh (guvohlik 
beramanki, bir Ollohdan boshqa hech iloh yo‘q, sen Ollohning barhaq elchisisan)", dedi.  
Abubakr quraysh qabilasining nufuzli, hushaxloq, saxovatli, suhbati shirin boylaridan 
biri edi. U rasulullohning yaqin yordamchisiga aylandi, har bir ishni ikkovlon bamaslahat 
qiladigan bo‘lishdi. "Men islom diniga da’vat etganlar orasida faqat Abubakrgina hech 
ikkilanmay imonga kelgan", degan edilar payg‘ambar alayhis-salom. Arablar islom dinini 
o‘tkinchi bir narsa, payg‘ambarimizning da’vatlariii shuhratparastlik vasvasasi deb 
qarashlarini bilganlari uchun imonga chaqirishni o‘ta maxfiy olib bordilar. Rasululloh 
ham, Abubakr ham faqat o‘zlari ishonadigan, sirdosh odamlarini da’vat qila boshladilar. 
Abubakr tufayli ko'pchilik dinga kirdi. Shulardan biri Umaviy jamoasidan Usmon ibn 
Affon (ibn Abul-Os ibn Umayya ibn Abdushams ibn Abdumonof) bo‘ldi. Uning islom dinini 
qabul qilganidan xabar topgan amakisi Hakam Usmonni bog‘lab ho‘yib: "Ota-bobongning 
dinidan haytib, yangi dinni topdingmi? Xudo haqqi bu niyatingdan qaytmasang, shu 
holda yotaverasan", dedi. Usmon Xudoning nomini o‘rtaga qo‘yib, dindan qaytmasligini 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
aytdi. Uning qat'iyatini ko‘rgan amakisi oyoq-qo‘lini yechib yuborishga majbur bo‘ldi. 
Islom diniga kirgan paytda Usmon o‘ttizlarga kirgan navqiron yigit edi.  
Endigina balog‘at yoshiga yetgan Zubayir ibn Avvom (ibn Huvaylid ibn Asad ibn 
Abduluzzo ibn Qusay)ni amakisi chandib tashlab, og‘zi-burniga tutun haydadi. Onasi, 
Abdulmuttalibning qizi Safiya ham o‘rtaga tusholmadi. Zubayir bu qiynoqqa katta 
matonat bilan chidadi. Zuhra jamoasidan bo‘lmish Abdurahmon ibn Avfning islomga 
kirishdan oldingi ismi Abduamr edi. Rasululloh unga Abdurahmon deb ot qo‘ydilar. Shu 
jamoadan Sa’d ibn Abuvaqqos Molikning onasi, Abu Sufyon ibn Umayyaning qizi Hamna 
o‘g‘lining musulmon bo‘lganini bilgach: "Bu diningdan qaytib, Muhammadning 
payg‘ambarligini rad qilmaguningcha uyga kirmayman, tuz totmayman", deya shart 
qo‘ydi va uch kungacha gapiga amal qildi. Bu holdan dovdirab qolgan Sa’d maslahat 
so‘ragani rasulullohning huzurlariga keli. Olloh Ankabut surasining 8-oyatida bu haqdagi 
hukmni nozil qildi: "Insonni ota-onasiga yaxshi muomala qilishga buyurdim. Agar ota-
onang noma’lum bir narsani menga sherik keltirishga (buyurib) zo‘rlasa, itoat etma. 
Sizlar mening dargohimga qaytib borasizlar, sizlarga o‘z qilmishinglarni ayon qilaman". 
Ko‘rinib turibdiki, Olloh taolo ota-ona musulmon yoki kofir bo‘lishidan qat’i nazar, izzat-
ikrom qilishni, bordi-yu, kufrona yo‘lga boshlab, Ollohga boshqa narsalarni sherik 
keltirishga undasa, amriga itoat etmaslikni buyuradi. Garchi ota-onaning haqqi har 
qancha ulug‘ bo‘lmasin bunday vaziyatda u narsa farzandning zimmasidan soqit etiladi. 
Ota-ona roziligini istab, Ollohga osiylik qilgan holda biron maxluq yoki butga sig‘inish 
durust emas. Yuqoridagi oyatda jazo berish Ollohning ilkida ekanligi, bola ota-onasining 
xudoga shirk keltirasan deb o‘tkazgan zulmidan aslo ranjimasligi kerakligi, oxiratda 
jazoga giriftor bo‘lmasligi uchun e’tiqodda sobit turish uqtiriladi. 
Taym jamoasidan Talha ibn Ubaydulloh ham dastlab musulmon bo‘lganlardan. Bu 
odamlar rasulullohning ismi va sifatlarini rohiblardan eshitgan, u kishining so‘zlari 
benihoya foydali ekanligini, nuqsonu qusur to‘lib-toshgan arab jamiyatini faqat islom 
dinigina isloh qilishi mumkinligini, faqat shu yo‘l bilangina Ollohning roziligiga erishish 
imkoni borligini anglab darrov imon keltirganlar. Ozod etilgan rumlik qul Suhayb bilan 
Ammor ibn Yosir, uning onasi Sumayya birinchilar qatori islomni qabul qilganlardan. 
Qurayshlik bir mushrikning qo‘ychivoni Abdulloh ibn Ma’sud payg‘ambar alayhis-
salomning go‘zal xulq-atvorlarini ko‘rib, yaxshi gaplarini eshitgach, darrov butga 
cho‘qinishni tashlab, imon keltirdi. Abdulloh hamisha Rasululloh bilan birga bo‘lishga 
urinar, biron joyga otlansalar oldilarida yo‘l boshlab yurar, yuvinsalar pana qilib turar, 
uxlasalar posbonlik qilar, uyg‘onganlarida oyoq kiyimlarini kiydirib qo‘yardi.  
Dastlab musulmon bo‘lganlardan Abuzar sahroda yashovchi, shirin so‘zi bilan tosh 
yuraklarni eritib yuboradigan notiq a’robiylardan edi. U Payg‘ambar alayhis-salomning 
ovozalarni eshitgach, bir birodarini otga mindirib, o‘zni osmondan vahiy keladigan zot 
dsb hisoblaydigan odamni ko‘rib, gaplarini eshitib kel, deb Makkaga jo‘natdi. Birodari 
topshiriqni ado etib, iziga qaytgach: "Uning gaplari hech ham she’rga o‘xshamaydi", 
dedi. Abuzar bu gapdan qanoat hosil qilmay shartta otlanib, Makkaga yetib keldi. 
Masjidga kirib, Payg‘ambar alayhis-salomni izladi, lekin birovdan so‘rab-surishtirishga 
botinmadi, u kishi bilan gaplashganlarni quraysh mushriklari yomon ko‘rishini yaxshi 
bilardi. Kun kech bo‘lgach, Ali uning musofirligini bilib, uyiga olib ketdi. Ikkovlon gap-
so‘zsiz ovqatlanishdi (Arablar uch kungacha mehmondan kelish sababini so‘rashmaydi). 
Tong otgach, Abuzar suv to‘la meshi bilan narsalarini olib masjidga bordi, biroq 
rasululloh uni ko‘rmadilar. Kech kirgach, Ali yana uni uyiga olib ketdi va churq etmay 
ovqatlanib yotishdi. Uchinchi kun ham shu tahlid o‘tgach, Ali uning bu yerga nima 
maqsadda kelgani bilan qiziqsindi. Abuzar: "Menga yo‘l ko‘rsatishga va’da bersang 
aytaman", dedi. Ali rozilik bergach, muddaosini bayon etdi. "Muhammad alayhis-salom 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
rostdan ham xudoning payg‘ambari, — dedi Ali. — Ertaga ertalab men bilan birga 
masjidga borasan. Mabodo biron xavf-xatar sezsam to‘xtayman, bo‘lmasa orqamdan 
ergashib ketaverasan". Ertasiga Abuzar Aliga ergashib rasululloh huzurlariga kirdi, u 
kishining gaplarini eshitgan zahoti imon keltirib, musulmon bo‘ldi. Payg‘ambar alayhis-
salom: "Joyingga qaytib, to mendan biron topshiriq borguncha ko‘rgan-bilganlaringni 
odamlaringga so‘zlab ber", dedilar. Abuzar tashqariga chiqib, baland ovozda: "Ashhadu 
al-la ilaha illollohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh", deb yubordi. 
Mushriklar kela solib uni do‘pposlay ketishdi. Abbos uni himoya qilib: "Abuzar shom 
yo‘lida joylashgan G’ifor qabilasidan. Savdo-sotiqqa ketayotganinglarda holingiz nima 
kechishini o‘ylab ko‘rmaysizlarmi?" degan tahdid bilan qutqarib qoldi. Lekin Abuzar bu 
ishini ertasiga ham takrorladi va yana mushriklarning gazabiga uchradi: bu gal ham 
Abbos joniga aro kirdi. Abuzar rostgo‘y va har qanday tamadan yiroq odam edi. 
Quraysh qabilasidan Said ibn Zayd bilan umr yo‘ldoshi (Xattobning qizi, Umarning 
singlisi) Fotima, Abbos ibn Abdulmuttalibning ayoli (Horis Hiloliyaning qizi) Ummulfazli 
Liboba, rasulullohning amakilarining o‘g‘li Ubayda ibn Xoris ibn Abdumuttalib, ibn 
Hoshim, ammallarining o‘g‘li maxzum jamoasidan Abusalama, quraysh qabilasidan Umar 
ibn Maz’un Jumahi va uning ikki qarindoshi Qudoma, Abdulloh, shu qabiladan Arqam ibn 
Abu Arqam Maxzumi ham dastlab musulmon bo‘lganlardan.  
Birinchi musulmonlardan ummaviy avlodidan Xolid ibn Said (ibn Os ibn Umayya ibn 
Abdushams)ning otasi quraysh oqsoqoli edi. Agar Xolid 
Salla o‘rasalar, u kishini hurmat qilganliklari uchun qabiladoshlaridan hech kim salla 
o‘ramas edi. Xolid tushida tubsiz bir chuqurga tushib ketadi. Rasululloh yordamga kelib 
uni qutqarib oladilar. Xolid ertasiga payg‘ambar alayhis-salamning huzurlariga kelib: "Ey 
Muhammad, sen nimaga da’vat qilasan?" deb so‘radi. Sarvari olam: "Zoringni 
eshitmaydigan, hech narsani ko‘rmaydigan, foyda-ziyon yetkazolmaydigan butlarni 
tashlab, hech qanday sherigi yo‘q yolg‘iz Ollohga ibodat qilishga, ota-onaning hurmatini 
bajo keltirishga, kambag‘allikdan qo‘rqib bolasini o‘ldirmaslikka, xoh yashirin, xoh 
oshkora yomonliklarga qo‘l urmaslikka, nohaq odam o‘ldirmaglikka, yetimlarning molini 
yemaslikka, tosh-tarozini to‘g‘ri tutishga, qarindosh-urug‘ingga zarar yetkazmasa-da, 
odil hukm chiqarishga, va’daga vafodor bo‘lishga da’vat qilaman", dedilar. Xolid bu 
gaplardan qattiq ta’sirlanib, imon keltirdi. O’g‘ilning musulmon bo‘lganidan xabar topgan 
otasi unga ko‘p ozor berdi, ta’minotini to‘xtatib, butunlay och qo‘ydi. Xolid rasulullohning 
huzurlaridan boshpana topdi. Xolidga ergashib qarindoshi Amr ibn Said ham islom diniga 
kirdi.  
Payg‘ambar alayhis-salomda bu odamlarni zo‘rlab islomga olib kiradigan kuch-qudrat, 
ularni ota-ona, mol-mulklaridan voz kechishga majbur qiladigan favqulodda biron vosita 
ham yo‘q edi. Aksincha Abubakr, Umar, Usmon, Xolid ibn Saidga o‘hshaganlar boy-
badavlat, qo‘lini qayoqqa uzatsa yetadigan obro‘-e’tiborli zotlar edi. Islomga kirgan 
qullar esa rasulullohga ergashib, o‘zlarini battar xor-zorlikka, adadsiz zulmga giriftor 
etishdi, agar o‘z hojalarining izmidan chiqishmasa, tinchgina tirikchiligini 
o‘tkazaverishardi.  
Ular Olloh-ning hidoyati tufayli noto‘g‘ri yo‘ldan qaytdilar, adashib-uloqib 
yurishganlarini anglab rasululloh ko‘rsatgan yorug‘likka talpindilar, garchand ko‘plari 
azob-uqubatlarga uchragan bo‘lsalar-da, qalblari islom nuri bilan munavvar bo‘lib, 
Ollohning roziligiga erishdilar. 
 
 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
 
 
RASULULLOHNING OSHKORA DA’VATGA O’TISHLARI 
 
Mushriklarning tahdidi kuchayib ketganligi sababli rasululloh qurayshning katta 
yig‘inlarida oshkora da’vat olib bormadilar. Musulmonlar pinhona ibodat qilishar, 
nomozlarini ko‘pincha Makkaning tog‘lariga chiqib, pana-pastqamda o‘qishardi. Ularning 
soni o‘ttizdan oshganda rasululloh hammalarini bir joyga jamlab, din ahkomlarini 
o‘rgatishlari va yo‘q-yo‘riq ko‘rsatishlari zarur bo‘lib qoldi. Shu maqsadda birinchilar 
qatori islom diniga o‘tgan Arqam ibn Abu Arqamning hovlisiga yig‘ildilar. Shu paytgacha 
Hijr surasining: "Senga buyurilganini oshkora o‘rtaga tashla, mushriklar bilan teng 
bo‘lma", degan 94-oyati nozil bo‘lguncha maxfiy ish tutilgan edi. Bu oyat kelgach, 
rasululloh Ollohning va’dasi va yordamiga ishonib, oshkora da’vatga o‘tdilar. Sarvari 
olam Safo tog‘iga chiqib: "Hoy Fihr jamoasi, hoy Adi jamoasi!" — deya butun quraysh 
xalqini chaqirdilar, ba’zi urug‘ va jamoalarga odam yubordilar, hamma jam bo‘lgach: 
"Agar hozir sizlarga tog‘ning orqasida Makkaga hujum qilish uchun otliq qo‘shin poylab 
turibdi, desam ishonasizlarmi?" — deb so‘radilar. Odamlar: "Ishonamiz, shu paytgacha 
sening yolg‘on gapirganingni hech kim eshitmagan", deyishdi. Rasululloh: "Men sizlarni 
Ollohning qattiq azobidan ogohlantiradigan payg‘ambarman", dedilar. Odamlarning 
orasida turgan Abulahab ibn Abdulmuttalib: "He, o‘l-e, bizni shu gapga chaqirdingmi?" 
— dedi g‘azablanib. Parvardigor bu odam to‘g‘risida Tabbat surasida: "Abulahabning ikki 
qo‘li shol bo‘lib qolsin! Shol bo‘lishi muqarrar! Mol-mulki va yig‘ib-tergan narsalari 
asqotmaydi, u lovullab turgan do‘zaxga tushadi. Uning o‘tin tashiguvchi xotini ham 
lang‘illagan do‘zaxga tushadi, uning bo‘yniga gattiq o‘rilgan arqon solinadi", deydi. O’tin 
tashish deyilishida bu ayolning so‘zamol, ig‘vogarligi ko‘zda tutilgan, chunki u ayollar 
yig'ilgan joylarda Payg‘ambar alayhis-salom haqida har xil uydirmalarni to‘qib-chatib, 
tarqatib yurardi. Shundan so‘ng Olloh Shuaro surasida: "Hesh-aqrabolaringni ogohlantir" 
degan oyatni nozil qildi. Bu oyat rasulullohning qarindosh-urug‘lari Abdumonof avlodi 
bo‘lmish Hoshim, Navfal, Abdushams jamoasiga taalluqli edi. Shu suraning 215-216-
oyatlarida Parvardigor: "Senga ergashgan mo‘minlarni qanoting ostiga ol. Hesh-
aqrabolaring da’vatingdan bosh tortishsa, men sizlarning qilmishinglardan bezorman 
degin", deya ta’kidlaydi. Rasululloh darrov harindosh-urug‘larini yig‘ib: "Elchi hech 
qachon o‘z odamlariga yolg‘on gapirmaydi. Xudo haqqi maboda men boshqalarga 
yolg‘on so‘zlaganimda ham sizlarga yolgon aytmayman, boshqalarni aldaganimda ham 
sizlarni hargiz aldamayman. Yakkayu yagona Ollohning nomi bilan qasam ichib 
aytamanki, men butun insoniyatga, xususan, sizlarga Xudo yuborgan elchiman. 
Ollohning nomi bilan qasam ichib aytamanki, xuddi uyquga ketgandek o‘lasizlar, 
uyg‘ongandek tirilasizlar, qilmishinglar uchun hisob berasizlar, yaxshiliklar uchun 
mukofotlanasizlar, yomonliklar uchun jazolanasizlar. Qarorgohinglar abadiy jannat yoki 
do‘zax bo‘ladi", dedilar. Bu gaplardan yig‘ilganlar qattiq ta’sirlandilar. Faqat birgina 
amakilari Abulahabning tosh diydasi yumshamadi. Muhammadga butun arab xalqi qarshi 
qo‘zg‘almasidan oldin uni bu yo‘ldan qaytarish kerak. Agar uni odamlarga tutib 
bersanglar kamsitilgan bo‘lasizlar, tutib bermasanglar arablar birlashib, bizga urush 
ochadi", dedi u jazavasi tutib. "Xudo haqqi, toki tirik ekanmiz Muhammadni himoya 
qilamiz", dedi Abutolib. Yig‘ilganlar shu qarorga kelib tarqalishdi. 
Rasululloh oshkora da’vatga o‘tganlaridan keyin quraysh qabilasida to‘rt odam yig'ilsa, 
u kishining ustidan kuladigan, haqoratlaydigan bo‘lishdi. Maboda ko‘cha-kuyda ko‘rib 
qolishsa: "Abu Kabshaning o‘g'li nuqul osmondan keladi-ya. Nimasiga ishonarkin", deya 
masxara qilishardi. Sarvari olam esa bunga javoban: "Xudo haqqi, sizlar bobokalonimiz 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling