Nurullayeva gulshan sunnatullayevna bitiruv malakaviy
AT-TARSE‟U MAAT-TAJNIS san‟ati
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
AT-TARSE‟U MAAT-TAJNIS san‟ati. Muallif izohi: ―Bu san‘at aningtek
bo‗lurkim, baytni tamom ham tarse‘ qilurlar, ham tajnis. Misol Ganjaviy aytur: ―Tiri harxat zi mehr diyda sipor, Tiri jarjat zi mehr diyda sipor‖ 9 . Tarse‘ har necha o‗z nafsi bila baland poya turur, agar yana o‗zga san‘at anga qarin bo‗lsa, hanuz purmoyaroq bo‗lur. Misol Rashid aytur: ―Bemoramu kori zori tu darmoni, Bemoramu kori zori tu dar moni‖ 10 . Bu san‘at ―Fehrest‖ta tajnislardin muqaddam kelubdur. Faammo bir maslahatdin tajnisni taqdim qilduq‖ 11 . Atoulloh Husayniy risolasida bu san‘at tarse‘ning 2-turi sifatida tajnisli tarse‘ tarzida berilgan. Taroziy esa uni tarse‘dan ham, tajnisdan ham ajratgan holatda alohida san‘at turi maqomida izohlaydi. Lekin keltirilgan uch she‘riy misol ham forsiyda. AL-MAQLUBOT san‘ati. Muallif izohi: ―Bu san‘at ul bo‗lurkim, so‗znung harflarini qalb qilurlar. Lug‗atda ―qalb" bo sukuna qilmoqni ayturlar. Va istilohda she‘rning hurufin bo sukuna qilmoqni ayturlar. Bu to‗rt nav‘ bo‗lur: maqlubi ba‘z, maqlubi kull, maqlubi mujannah, maqlubi mustaviy‖ 12 . Bu san‘at boshqa risolalarda qalb deb nomlanadi. Qalbning lug‗aviy ma‘nosi esa ―teskari qilmoq‖ 9 O‘sha asar, 92-bet. 10 O‘sha asar, 93-bet. 11 O‘sha asar, 92-93 bet. 12 O‘sha asar, 110-bet. 14 degani. Bu so‗z istiloh sifatida kalomning barcha harflarini yoki ba‘zi harflarini teskari qilishni anglatadi. 1. Al-maqlubul-ba‘z – ―bu san‘at aningtek bo‗lurkim, bayt ichinda ikki kalima keltururlar. Har qaysisining ba‘zi harfi taqdim va ta‘xir qilsalar, yana birisi bo‗lur, netokkim: rashk va shukr‖. “Shukr aylar ta‘lating ko‗rsa pari, Rashk eltur tole‘ingdin Mushtari‖ 13 . 2. Al-maqlubul-kull – ―bu aningtek bo‗lurkim, ul ikki kalima bayt ichinda kelur, tamomi muqaddam va muaxxar bo‗lur, netokkim: ganj va jang. Misoli Rashid aytur‖: ―Ba ganji andarash xosta xosta, Ba jangi andarash kashkar orosta‖ 14 . 3. Al-maqlubul-mujannah – ―bu ul bo‗lurkim, ul ikki kalimani taqlib qilurlar. Birisi misra‘ning yo avvalinda keltururlar, birisi oxirinda, aningtekkim: roy va yor. Ya‘ni ikki tarafinda. Misoli Muhammad Ganjaviy aytur‖: ―Ganji davlat dehad guzorishi jang, Royi nusrat zanad himoyati yor” 15 . 4. Al-maqlubi mustaviy – ―bu aningtek bo‗lurkim, bir misra‘ni tamom taqlib qilsalar, yana bir misra‘ qo‗por. Hamul misra‘ bo‗lur. Misoli Rashidi Vatvot aytur: Romasham darmoni dardam kard yor, Royi margam dardi nomardum shumor‖ 16 . 13 O‘sha asar, 110-bet. 14 O‘sha asar, 111-bet. 15 O‘sha asar, 111-bet. 16 O‘sha asar, 111-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling