Nurullayeva gulshan sunnatullayevna bitiruv malakaviy
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Al-MUKARRAR san‘ati. Bu odatdagi takrir hisoblanib, ―Funun ul-balog‗a‖da
uning ikki turi haqida aytiladi. Mullif izohi: ―Mukarrar oni ayturlarkim, bir lafz ikki yerda takror qilurlar. Bu ikki qism bo‗lur. Birisi mukarrari malih, birisi mukarrari qabih. Zamon-zamon qiluram furqatinda nola-u oh, Ajab-ajabki, aning ko‗ngliga asar qilmas‖ 17 . Al-mukarrari malih – bunda takrorlanayotgan so‗zlar shaklan aynan bir xil bo‗ladi. Bu ma‘lum ma‘noda to‘liq takrir hisoblanadi. Taroziy Rashid Vatvotdan misol keltiradi: ―Boroni qatra-qatra hameboram abrvor, Har ro‗zi xira-xira az in chashmi ashkibor‖ 18 . Bunda so‘zlar aynan takrorlanadi – qatra-qatra, xira-xira. Bu xil mukarrarni to‗liq takrir deb atasa bo‗ladi. Al-mukarrari qabih – bunda esa ―ul lafznikim mukarrardur, nojoyigoh keltursalar, qabih bo‗lur: Parda olsang orazingdin nigihon, Pardadin chiqsang qamar shaydo bo‗lur‖ 19 . Ya‘ni takror aynan bir xil bo‗lmaydi – parda, pardadin kabi. Ikki so‗z chiqish kelishigi -din bilangina farqlanyapti. Bu xil mukarrarni esa och (chala) takrir deb atasa bo‗ladi. AL-MURABBA‟ san‘ati. Murabba‘ so‗zining asl ma‘nosi geometrik shakl kvadratga to‗g‗ri keladi. Zamonaviy she‘rshunoslikda murabba‘ deganda 4 misradan iborat she‘r tushuniladi. ―Murabba‘ (arabcha ―to‗rtlik‖ degani) har bandi 17 O‘sha asar, 120-bet. 18 O‘sha asar, 120-bet. 19 O‘sha asar, 120-bet. 16 to‗rt misradan tashkil topgan sheriy shaklning nomi sanaladi‖ 20 . Bu badiiy san‘at emas, balki she‘r turlaridan biridir. Ammo mumtoz poetikada murabba‘ mustaqil badiiy tasvir vositasi hisoblangan. Xususan, Atoulloh Husayniy risolasida murabba‘ga shunday ta‘rif beriladi: ―Murabba andin iboratturkim, to‗rt misra yoki to‗rt bayt aytilur, yozilganda ham bo‗yiga, ham eniga o‗qisa bo‗lur‖ 21 . Ta‘rifdan anglashiladiki, murabba‘ muvashshahga biroz o‗xshash yoki uning bir turidek. Adabiyotshunos A. Rustamov Shamsiddin Qays Roziyning ―Al-mo‗‘jam‖ asaridan shunga yaqin dalil keltiradi: ―Shams-i Qays murabba‘ va aning o‗xshashlarin muvashshahqa kiritiptur va deptur: (uldurkim) katak shaklig‗a andoq solurlarkim, ani ham bo‗yig‗a, ham enig‗a o‗qusa bo‗lur. Ani muzalla‘ derlar‖ 22 . Murabba‘ ―Funun ul-balog‗a‖ da ham alohida lafziy san‘at sifatida berilgan. Muallif izohi: ―Al-murabba‘ aningtek bo‗lurkim, ham uzuni birla o‗qurlar, ham pinhoniy birla o‗qurlar. Misoli Unsuriy aytur: Tekorur / ko‗ngulga / agarchi / jafongiz, Ko‗ngulga / jafongiz / ko‗runmas / vafodur. Agarchi / ko‗runmas, / valekin / raqibing, Jafongiz / vafodur, / raqibing / balodur. Misoli digar. Rashididdin Vatvot aytur: Az furqati / on dilbar / man doim / bemoram, On dilbar / k-az ishqash / bo dardam / pindoram. Man doim / bo dardam / bas munis / be yoram, 20 Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat lug‘ati. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008. – B. 59 21 Husayniy Atoulloh. Badoe’u-s-sanoe’. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. – B. 107 22 Husayniy Atoulloh. Badoe’u-s-sanoe’. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. – B. 107 17 Bemoram / bedoram / be yoram / g‗am doram‖ 23 . Vatvotning bu go‗zal to‗rtligi mashhur bo‗lib, ―Badoe‘u-s-sanoe‘‖ risolasida ham murabba‘ san‘atiga xuddi shu she‘r misol qilib keltirilgan. Mazkur san‘at XIX asrda Ogahiy qo‗llagan ―musoviyat tarafayn‖ga ham juda o‗xshash. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling