Nurullayeva gulshan sunnatullayevna bitiruv malakaviy
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
AL-LAFF V-AN-NASHR san‘ati. Bu ma‘naviy san‘at an‘anaviy ―yig‗ish va
yoyish‖ san‘ati hisoblanadi. Lug‗atda laff so‗zi ―turmoq‖, nashr so‗zi ―yoymoq‖ ma‘nosini anglatadi. Muallif izohi: ―Bu san‘at aningtek bo‗lurkim, she‘r ichinda norasolar zikir qilurlar, yana aning muqobalasinda norasolar keltururlarkim, ul norasolarga mushobih va munosib bo‗lg‗ay. Bu taqi ikki nav‘ bo‗lur: laff va nashri murattab va laffi nashri mushavvash. Laff va nashri murattab budur: Zulf-u yuzung firoqida shom-u sahar erur, Bu oh bodpoyi falak birla haminon‖ 52 . Bu aningtek bo‗lurkim, tartib birla keltururlar, netokkim zulf birla yuzni zikr qildi, zulfning muqobalasinda shom kelturdi, yuzning muqobalasinda sahar kelturdi. 50 Adizova I. Uvaysiy ijodida janrlar takomili. – Toshkent: Muharrir, 2011. – B. 12 51 Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy. Funun ul-balog‘a. – Toshkent: Xazina, 1996. – B. 126 52 O‘sha asar, 133-bet. 30 Misoli digar budur: Qomat-u zulf-u ko‗zungdin muttasil, Nargis-u sabza, binafsha munfail‖ 53 . Laff va nashri mushavvash: ―Mushavvash ulkim, tartibi rioyat qilmasalar netokkim yuqorig‗i baytta ―nargis‖ko‗zung mushobihidur, qomatning muqobalasida kelibtur va ―sarv‖ zulf muqobalasinda kelibtur. Va ―binafsha‖ ko‗z muqobalasinda. Agarchi bu tariqa ham san‘attur, faammo murattabning poyasi mundun balandtur. Misoli digar. Salmon aytur: Zi savdoyi ruxu zulfash g‗ame doram shabo ro‗ze, Maro subhi visoli u namegardad shabi ro‗ze‖ 54 . Baytni tarjima qilishga harakat qildik: Yuz-u sochining savdosidan kecha-yu kunduz g‗amdamen, Uning visolining tongi menga kecha-yu kunduz yetib kelmaydi. 1-misrada yuz va soch so‗zlari keltirilgan. Bilamizki, mumtoz she`riyatda yuzning yorug‗ligi kunduzga, sochning qoraligi esa kechaga qiyoslanadi. 2-misrada kecha va kunduz so‗zlari ketma-ket qo‗llangan. Baytda yuz va soch kecha va kunduzga to‗g‗ri kelmoqda. Bu moslik esa laff va nashrning teskari ko‗rinishidir. Taroziy talqinidagi laff va nashrning ikkinchi nav‘i boshqa risolalarda deyarli uchramaydi. Shuningdek, ―Badoe‘u-s-sanoe‘‖ asarida ham bu san‘atning faqat odatdagi turi haqida ma‘lumot berilgan xolos. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling