Nurullayeva gulshan sunnatullayevna bitiruv malakaviy


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/30
Sana18.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1785714
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


35 
2. “Funun ul-balog„a”dagi ilmi bade‟ bobining o„ziga xos xususiyatlari. 
2.1 Risolaning shu tipdagi asarlar bilan muqoyasasi. 
Ahmad Taroziyning ―Funun ul-balog‗a‖ risolasi turkiy mumtoz poetika 
olamida alohida mavqe va ahamiyatga ega asardir. Avvalo, risolaning turkiy tilda 
bitilganligi eng ustuvor xususiyat hisoblanadi. Shu ma‘noda ―Funun ul-balog‗a‖ 
o‗zidan keyin yaratilgan turkiydagi ko‗plab adabiy-nazariy manbalar uchun asos 
vazifasini o‗tadi. Jumladan, bugungi mumtoz adabiyotshunoslik masalalarini 
yorituvchi qo‗llanma, darslik va ilmiy risolalarning tub ildizlari Taroziy 
qarashlariga bilan mutanosib. Bu borada A. Hojiahmedov, S. Matjon va Y. 
Is‘hoqovlarning mumtoz adabiyot nazariyasiga doir asarlarini sanab o‗tish 
mumkin.
―Funun ul-balog‗a‖ o‗z davri adabiy muhiti ehtiyoji yanglig‗ yaratilgandir. 
Shayx Ahmad asarini qaysi shaklda yaratmoqchi bo‗lgani, bundan ko‗zlagan 
asosiy maqsadini ham yaxshi ifodalagan. Uningcha, burun o‗tgan adabiyotshunos 
olimlar adabiyot nazariyasi bo‗yicha kitob yozganlarida ko‗pincha bir masalaga - 
yo she‘r turlari masalasiga, yoki vazn masalasiga, yoki badiiy san‘at masalalariga 
to‗xtalganlar. Yoki biri she‘riy janr xususiyatlarini yoritib bergan. Shayx Ahmad 
esa bu sohada mukammal bir qo‗llanma yaratishni, o‗z risolasida nazariy 
masalalarning barchasini yoritib, tahlil etib berishni niyat qiladi, toki uni o‗qigan 
kishilar nazariyadan mumkin qadar to‗la ma‘lumot va foyda olsinlar: ―Ammo ko‗p 
kishi bu tariqada necha ta‘lif qilubturlar va lekin hech kimarsa nazmning tamom 
fununin berarda jam‘ qilmaytur. Va yana bu sababdin rag‗bat havosi g‗olib bo‗lib, 
havas dilbarini ko‗ngul pardasindin bu tariqa yuz ko‗rguzdikim, nusxa qalamg‗a 
keltursakim, nasr va nazmning jam‘ qavoyid va aqsomig‗a mushtamil bo‗lsa, to har 
kim balog‗atqa moyil va fasohatqa qobil erur, foyda olsa‖
66
.
Chindan ham Nasiriddin Tusiy aruz haqida maxsus ―Me‘yoru-l-ash‘or‖ 
kitobini, Rashididdin Vatvot esa ilmi bade‘ to‗g‗risida ―Hadiqatu-s-sehr‖ asarini 
66
Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy. Funun ul-balog‘a. – Toshkent: Xazina, 1996. – B. 31 


36 
yozgan edi. Biroq XV asrning o‗rtalarida Vohid Tabriziy ―Jam‘i muxtasar‖ degan 
kitobni yozgan. U bu asarida Sharq she‘riyati nazariy masalalaridan aruz, qofiya va 
ilmi bade‘ni yoritgan edi. Vahid Tabriziy Shayx Ahmadga zamondosh bo‗lib, 
Ozarbayjonda yashagan. Taroziy uning she‘rlaridan o‗z asarining badiiy 
san‘atlarga tegishli o‗rinlarida, ayniqsa, aruz qismida bir qancha baytlarni misol 
qilib ketirgan. Taroziy o‗z kitobini zamon podshosi – Ulug‗bekka bag‗ishlashga 
qaror qiladi. Asarning kirish qismi Ulug‗bek haqidagi quyidagi ta‘rif-tavsif bilan 
tugallangan: ―…saltanat daryosining gavhari va ma‘dalat qonining javhari, saxovat 
boronining abri va shijoat beshasining shohi, shahanshohi a‘zam, shahriyori a‘lam, 
sohibus-sayful-kalam, ma‘dani lutf-u karam, moliki riqobi umam, farmondehi turk, 
arab va ajam, mag‗isiddin vad-davron Amir Ulug‗bek Ko‗ragon…‖
67
Biroq Taroziy asari Ulug‗bekka yetib borgan-bormagani ham hozircha bizga 
qorong‗u. Shayx Ahmad haqida esa tarixiy manbalarda hech qanday ma‘lumot 
saqlanib qolmagan. Asardan anglashiladiki, Shayx Ahmad fors-tojik shoirlari 
ijodini juda yaxshi bilgan, ular asarlarining eng mukammal va mo‗tabar qo‗lyozma 
nusxalaridan foydalangan. Turkiydagi she‘riy parchalar, ba‘zi badiiy san‘atlarning 
misoli uchun keltirilgan bayt-u misralar aksariyat holda Taroziy qalamiga mansub 
hisoblanadi. Bir so‗z bilan Ahmad Taroziyning ―Funun ul-balog‗a‖ risolasini XV 
asr adabiyotshunosligi uchun o‗ta ahamiyatli asar deyish mumkin.
Ilmiy tadqiqotimizning ―Risolaning shu tipdagi asarlar bilan muqoyasasi‖ 
faslida risolaning uchinchi qismi bo‗lmish ―Al-fann-us-solis fis-sanoe‘-ish-she‘r‖ni 
Atoulloh Husayning ―Badoe‘u-s-sanoe‘‖ asari bilan chog‗ishtirishga harakat 
qildik. Solishtirish jarayonida har ikkala asar mukammal o‗rganilib chiqildi. Va 
ular orasidagi umumiy munosabat, ularning tutashtiruvchi tomonlari, shuningdek, 
o‗zaro farqlanishlar va bu haqdagi ma‘lum ilmiy xulosalar kelib chiqdi. Quyida 
shu kabi mulohazalar bayon qilinadi. 
67
O‘sha asar, 33-bet. 


37 
Dastlab, Atoulloh Husayniy va uning risolasi haqida ikki og‗iz so‗z: 
Atoullah Husayniy taxminan XV asrning o‗rtalarida Nishopurda tug‗ilib, 1513-
yilning oxirida Mashhadda vafot etgan. U oliy ma‘lumotni Hirotda olgan. Navoiy 
o‗zining ―Majolisu-n-nafoyis‖ida A. Husayniy haqida shunday deydi: ―Mir 
Atoulloh Nishopurdindur. Andin ilm tahsili uchun shahrg‗a keldi. ―Qofiya‖ va 
―Mutavassit‖ o‗qur erdi. Donishmand bo‗lg‗uncha bir nav‘ mustahsan maoshqa 
muvaffaq bo‗ldikim, andin ortuq bo‗lmoq mumkin ermas. Bo vujud - 
donishmandliq, she‘r-u muammo-vu sanoyi‘da dag‗i mahorat hosil qildi. 
Muammog‗a ko‗p mashg‗ul bo‗lur erdi. Halo saboq kasratidin anga avqoti vafo 
qilmas. Ammo sanoyi‘da kitobe tasnif qiliptur ―Badoyi‘-i Atoiy‖ga mavsumdur. 
Emdi bayozg‗a bordi, ma‘lum emaskim, bu fanda hargiz hech kishi oncha jomi‘u 
mufid kitob bitimish bo‗lg‗ay. Bo vujud-i ixtisor, maqlub-i mustaviy san‘atidakim, 
andin mushkilroq san‘at bo‗lmas, bu bayt ul risolada aning xossa baytidurkim: 
Shakardahano g‗ami nadorid, 
Dayro daniy-i mug‗ona darkash.
Aning tab‘i diqqatig‗a bu bayt dalil-u bastur. Faqir go‗stoxliq yuzidin Mirg‗a 
dermenkim, fazoyil-u kamolingizga ko‗ra darveshligingiz ham bo‗lsa erdi. 
Bilurkim, musallam tutmasa, sobit qilurmen, zarurattin musallam tutar‖
68

―Badoyi‘-i Atoiy‖, ya‘ni A. Husayniyning ―Badoe‘u-s-sanoe‘‖ asari fors 
tilida yozilgan bo‗lib, uning bir necha qo‗lyozma nusxasi bor. Risolaning 1974-
yilda Dushanbeda ―Irfon‖ nashriyotida Rahim Musulmonqulov tayyorlagan 
tojikcha nashri ham mavjud. Bu asar o‗zbek tiliga tarjima qilingan bo‗lib, bu ishni 
adabiyotshunos Alibek Rustamov amalga oshirgan. Shu tarjima asosida asar 1981-
yilda o‗zbek tilida nashr etilgan. 
Asar an‘anaviy hamd va na‘t qismlari bilan boshlanadi. So‗ng muqaddima 
keladi. U hammasi bo‗lib yetti bo‗limdan iborat. Dastlabki uch bo‗lim hamd, na‘t, 
68
Husayniy Atoulloh. Badoe’u-s-sanoe’. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. – B. 
3


38 
muqaddimadan tashqari aruz ilmiga bag‗ishlangan. To‗rtinchi bo‗limdan to kitob 
oxiriga qadar she‘riy san‘atlar to‗g‗risida gapiriladi. Muallif har bir badiiy tasvir 
vositasi haqida alohida maxsus to‗xtalishga, ularning har qaysisini ilmiy 
izohlashga urinadi.
―Funun ul-balog‗a‖ va ―Badoe‘u-s-sanoe‘‖ risolalaridagi badiiy san‘atlarni 
quyidagicha qiyoslashga, ular orasidagi o‗xshash va farqli jihatlarni aniqlashga 
harakat qildik. Bu jihatlarni shartli raqamlashga urindik: 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling