5-mavzu. Navoiy ijodida badiiy san’atlar
Download 130.13 Kb.
|
5-mavzu. Navoiy ijodida badiiy san’atlar
5-mavzu. Navoiy ijodida badiiy san’atlarReja: 1.Mumtoz poetikada ilmi badi'. 2.Navoiy asarlarida ilmi' badi'ga doir qarashlar. 3.Mumtoz she'riy san'atlar tasnifi. 4.Badiiy san'atlarning Navoiy lirikasidagi o'rni. Lafziy san'atlar. 5.Ma'naviy va mushtarak san'atlar. Musulmon Sharq poetikasining tarkibiy qismlaridan biri nutqqa bezak beruvchi san'atlar, ularning o'ziga xos jihatlari, fikrni go'zal va mazmunli ifodalash usullarini o'rganuvchi soha ilmi badi' bo'lib, uning asosini mumtoz she'riyat, ba'zan nasrda keng ishlatilgan va zamonaviy adabiyotda hozir ham qo'llanilayotgan badiiy san'atlar tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib, ilmi badi' sanoyi' ilmi deb ham yuritiladi. Ilmi badi'ga doir dastlabki asarlar arab tilida yaratilgan bo'lib, ularga Ibn Mu'tazning "Kitob ul-badi'" (IX asr), Nasr binni Hasanning "Mahosin ul-kalom" (IX-X asrlar), Qudama ibn Ja'farning "Naqd ush-she'r" (X asr) asarlari kiradi. Ilmi badi' fors-tojik adabiyotshunosligida o'zining yuksak cho'q-qisiga ko'tarildi. Umar Roduyoniyning "Tarjumon ul-balog'a" (XI asr), Rashididdin Vatvotning "Xadoyiq us-sehr" (XII asr), Shams Qays Roziyning "Al-Mo'jam" (uchinchi qismi, XIII asr), Vohid Tabriziyning "Jam'i muxtasar" (XVI asr) kabi asarlari shu sohaga bag'ishlangan mumtoz asarlar sif atida alohida ahamiyatga ega. Turkiy tilda ilmi badi' masalalari nazariy jihatdan aks etgan dastlabki asar sif atida Shayx Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog'a" (1436-1437) risolasini keltirish mumkin. Risolaning uchinchi qismi badiiy san'atlar tahliliga bag'ishlangan bo'lib, unda 97 san'at turi haqida so'z boradi. Ilmi badi'ga doir nisbatan mukammalroq asar Atoulloh Hu-sayniyning "Badoyi' us-sanoyi'" (XV asr) risolasi bo'lib, unda ilmi badi' tarixida ilk marta badiiy san'atlar uch katta guruhga: ma'naviy, lafziy va mushtarak san'atlarga ajratilgan. Alisher Navoiy ilmi badi'ga doir maxsus asar yaratmagan bo'lsa-da, o'zining "Majolis un-nafois", "Xamsa", "Mahbub ul-qulub", "Muhokamat ul-lug'atayn" va boshqa ko'plab asarlarida ilmi badi'ning ba'zi nazariy jihatlariga to'xtalib o'tadi. Ushbu asarlar tarkibida buyuk so'z ustasining ba'zi badiiy san'atlar haqidagi yo'1-yo'lakay qaydlari ham Alisher Navoiy-ning Sharq mumtoz poetikasi, xususan ilmi badi'ni chuqur bilganligi, o'zigacha mavjud badiiy san'atlarni mukammal o'rganib chiqib, ularga daqiq she'rshunos sifatida munosabat bildirganligiga yaqqol dalildir. Navoiy o'zining filologiya sohasiga doir asarlarida ilmi badi'ga doir ba'zi istiloh va atamalar sharhiga to'xtalib, o'z qarashlarini bayon etadi. Xususan, tarsi' san'atiga to'xtalar ekan, "Muhokamat ul-lug'atayn"da shunday yozadi: "Tarsi' san'atikim, matla'dan o'zga baytda bo'la olmas, ul qasidaning agarchi mustaxraj matla'i rostdur, ammo asli matla'da avvalgi misraning bir lafzida takalluf qilibdur va matla'i budurkim, bayt: Safoi safvati ro'yat birext obi bahor, Havoi jannati ko'yat bibext mushki tator. (Mazmuni: Pokiza yuzingning sofligi bahor suvini to'kdi. Jannatdek manzilingning havosi xushbo'y hid taratdi). Navoiy bu o'rinda forsigo'y adib Salmon Sovajiy (1310-1376)ning qasidasi haqida fikr yuritib, uning matla'sida tarsi' san'ati bilan bog'liq asosiy mezon, ya'ni ikki misradagi barcha so'zlarning o'zaro ohangdosh bo'lish qoidasi bir juflikda (obi — mushki) buzilganligini ta'kidlaydi. Fikrini davom ettirar ekan, ushbu matla'ga javob yozgan aksar shoirlar muddaoga erisha olmay, pand yeganlarini, o'zi esa unga javobiya tarzida quyidagi baytni bitganligini faxriya tarzida shunday bayon qiladi: "Bu matla'ga tatabbu' qilg'on ko'p suxanvarlar va nazmgustarlar chun muqobalada debdurlar, lat yebdurlar. Bu faqirning matla'i budurki, bayt: Chunon vazid ba bo'ston nasimi fasli bahor, K-az on rasid ba yoron shamimi vasli nigor. (Mazmuni: Bahor faslining shamoli bo'ston uzra shunday esdiki, undan oshiqlarga nigor (sevikli yor) vaslining xush isi yetishdi). Basorat ahli mulohaza qilsalar bilurlarki, bu matla' tarsi'ga voqe' bo'lur, aybdin muarro va murassa'g`a kelur, e'tirozdin mubarrodur". Darhaqiqat, ushbu baytdagi so'zlar raviy va ohangdoshlik nuqtai nazaridan o'rganib chiqilsa, ular-dagi barcha so'zlarning o'zaro mos ekanligini kuzatish mumkin. Navoiy shuningdek, tarsi' san'ati asosida arab va forsiy she'ri-yatda ungacha hech kim ruboiy janrida she'r bitmaganligini ta'kidlar ekan, shunday yozadi: "Bu nav' she'rning ta'kid va mubolag'asi uchun yana bir ruboiy ham debmenki, to Xalil binni Ahmad ruboiy qoidasin vaz' qilibdur, tarsi' san'atida ruboiy aytilg'on eshitilmaydur, balki yo'qtur va ul budurkim, ruboiy: Download 130.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling