5-mavzu. Navoiy ijodida badiiy san’atlar
Download 130.13 Kb.
|
5-mavzu. Navoiy ijodida badiiy san’atlar
Ayta olmankim, firoqingdin ne yanglig' zormen.
("G'aroyib us-sig'ar", 497-g'azal). Quyidagi matla' bilan boshlanuvchi g'azal esa boshdan oxir ushbu san'at asosida yaratilgan: Har gadokim, bo'ryoyi faqr erur kisvat anga, Saltanat zarbaftidin hojat emas xil'at anga... Navoiy she'riyatida mushtarak san'atlardan bo'lgan iqtibosdan ham mahorat bilan foydalanilgan. Ma'lumki, iqtibos (ar. - nur olish, ziyolanish) Qur'on oyatlari va hadislarning matnini adabiy asarda aynan keltirishga asoslangan badiiy san'at bo'lib, unga arab va fors manbalarida turlicha ta'rif berilgan. Alloma Qutbiddin Sheroziy va Sa'diddin Taftazoniy talqiniga ko'ra, iqtibos mashhur maqol yo masal mazmuniga ishora qilish yoki ularni adabiy matnda keltirish usulidir. Atoulloh Husayniy "Badoyi' us-sanoyi'" asarida iqtibosning to'rt xil: ko'chirma aynan keltirilib, mazmuniga muvofiq talqin qilingan; aynan ko'chirilgan matn boshqa ma'noni ifodalashga xizmat qiladigan; iqtibos matni juz'iy o'zgarishga uchragan va iqtibos qilingan matn ham shakl, ham mazmun jihatidan o'zgarishlarga uchragan shakllarini keltiradi. Husayn Voiz Koshifiy iqtibosga Qur'on oyatlari va hadis matnidan parchalarni she'rda aynan, o'zgarishsiz istifoda etish san'ati, deb ta'rif beradi. Alisher Navoiy o'z she'riy asarlarida ko'pincha oyat va hadisni to'liq emas, balki ma'lum bir bo'lagini keltirish orqali uning mazmuniga ishora qiladi. Masalan, "azza man qana' va zalla man tama'" (qanoat qiluvchi aziz, tamagir esa xor-u zalildir) hadisi shoirning o'nlab baytlarida ishlatilgan. Jumladan: Xorlig'lar boshi tama' bilg'il, Doimo azza man qana' bilg'il. Nasriy asarlarning muqaddimalarida, "Xamsa"ning musajja' sarlavhalarida iqtibos turlicha shaklda qo'llangan. Birdan ortiq oyat va hadis keltirilgan o'rinlar debocha va sarlavhalarda ko'p uchraydi. Iqtibos qilingan oyat va hadislar, asosan, axloqiy mavzularda bo'lib, Alisher Navoiy insoniylikning muhim sharti bo'lmish go'zal axloqni targ'ib qilishda diniy matnlardan ustalik bilan foydalangan. Iqtibos o'z mohiyatiga ko'ra talmi', tazmin san'atlariga o'xshab ketadi. Farqi shuki, talmi' va tazminda faqat shoirning ikki tilda she'r ayta olish salohiyatini namoyon etish yoki mashhur misra yo baytni keltirib, o'sha bayt darajasida she'r ayta olish imkoniyatini namoyon etish nazarda tutilgan bo'lsa, iqtibosda oyat va hadis keltirish vositasida aytilgan fikrni rad etib bo'lmas haqiqat darajasiga ko'tarish, she'rga nur va ziyo bag'ishlash asosiy maqsad qilib olinadi. Navoiy she'riyatida iqtibos bilan parallel ravishda aqd san'ati ham keng istifoda etilgan san'atlardan hisoblanadi. Aqd san'ati (ar. - ikkita narsani bir-biriga mustahkam bog'lamoq, tugish) Qur'on oyatlari va hadislar matnini she'riy asarlarda vazn va qofiya talabiga muvofiq juz'iy o'zgartishlar bilan keltirishga asoslanadi. Aqdga mumtoz adabiyotshunoslik manbalarida turlicha ta'rif berilgan. Jumladan, Atoulloh Husayniy oyat, hadis yo biror mashhur manbadan biror gapni juz'iy o'zgartishlar bilan she'rda joylashtirishni aqd san'ati deb bilgan. Husayn Voiz Koshifiy esa faqat oyat va hadis matnini vazn va qofiya talablariga moslashtirish uchun juz'iy o'zgartishlar bilan keltirishni aqd hodisasi deb hisoblaydi. Shoir bunday holatlarda mazkur oyat yo hadisning mazmun-mohiyatini ochib berish va o'quvchiga yetkazishni asosiy maqsad qilgani bois oyatning tashqi tuzilishiga kamroq e'tibor qaratadi. Alisher Navoiyning "Favoyid ul-kibar" devonidan joy olgan quyidagi baytlar oyatning kompozitsion yaxlitligini saqlamasdan ham undagi ma'noni o'quvchi zehnida aks ettirish mumkinligiga dalildir: Ey yetti manzar tarhig'a me'mori sun'ungdin bino, Masnu'lar foniy, vale maslubi soni'din fano. Chekmay falak lutfung tuni juz zikr Ha tasbih uni, Odam debon qahring kuni har dam "zalamno rabbano". "Zalamno rabbano" so'zlari "A'rof" surasining 23-oyatidan olingan bo'lib, u: "Qolo rabbano zalamno anfusano" deb boshlanadi. Ushbu oyat, Odam Ato bilan Momo Havvo jannatdan haydalgandan keyin Tangriga qilgan tavbasining mazmunidir: Ikkisi aytdilar: "Ey, Rabbimiz! Biz o'zimizga (o'zimiz) zulm qildik. Agar bizni kechirmasang, biz, albatta, ziyon ko'ruvchilardan bo'lib qolur-miz". Navoiy she'r vazni talabiga muvofiq "rabbano" va "zalamno" so'zlarining o'rnini almashtiradi, ammo bu usul oyatning ma'nosini o'zgartirib, o'quvchi fikrini chalg'itmaydi. Ko'rinadiki, agar iqtibos san'atida muqaddas manbalarga murojaat qilishda aynan manba asliyatining saqlanishi bosh mezon qilib olinsa, aqdda Qur'on oyatlari yoki hadislardan she'riyat qonun-qoidalariga mos holatda juz'iy o'zgartirishlar asosida foydalanish nazarda tutiladi. Navoiy ijodida keng qo'llanilgan mushtarak san'atlardan yana biri baroati istehlol san'atidir. Ushbu san'at (ar. baroat - bir sohada ustunlik, istehlol - yangi oyni ko'rish talabi) asar-ning qaysi mavzuga bag'ishlanganiga ishora qilishga asoslangan badiiy san'atlardan bo'lib, bunda o'quvchi muallifning asar debochasi; masnaviy, qasida yoki marsiya avvali, kitobning bob va fasllari boshida kiritgan so'z hamda fikrlaridan asar va uning muayyan bobining mavzusi, mundarijasi yoki asosiy mazmunini bilib olish imkoniga ega bo'ladi. Ko'pgina adabiyotlarda baroat - mahorat, fasohat, ravshanlik, fazilat, ustalik hamda fazl-u hunarda yetuklik sifatida talqin qilinsa, istehlol yangi oyni ko'rish talabi ma'nosini anglatadi. G'iyosiddin Muhammadning "G'iyos ul-lug'at"ida "Munshaofga tayanib ma'lumot berilishi-cha, istehlol chaqaloqning tug'ilish jarayonida chiqargan ovozi bo'lib, uning o'g'il yoki qizligini shunga qarab bilishgan. Ilmi badi'ga doir manbalarda ta'kidlanishicha, muqaddimaning eng yaxshisi baroati istehlolga ega bo'lganidir. Navoiyning deyarli barcha asarlarida baroati istehlol san'atidan mahorat bilan foydalanilganlikni ko'ramiz. Buyuk mutafakkir barcha asarlari muqaddimasida, albatta, uning nima maqsadda yozilgani haqida ma'lumot beradi, unda qanday mavzuda so'z borishini aytib o'tadi. Ayniqsa, "Xamsa" dostonlaridagi boblarning sarlavhalari baroati istehlol san'atining badiiy barka-mol namunalaridir. Navoiy "Nasoyim ul-muhabbat" muqaddimasida ustozi Abdurahmon Jomiyning shayx va avliyolar haqidagi "Naf ahot ul-uns" tazkirasidan turkiy tilli o'quvchilar ham bahra-mand bo'lishi uchun yigirma yil davomida tarjima qilish niyatida yurgani va, nihoyat, bu ulkan va xayrli ish muyassar bo'lganini aytar ekan, tarjima jarayonida o'zi amalga oshirgan o'zgarishlar, qisqartirishlar va qo'shimchalar haqida ma'lumot berish bilan birga, asar mazmun-mundarijasini ham bayon qiladi: "Hazrat shayx Fariduddin Attor (q.s.) bitigan "Tazkirat ul-avliyo"din ba'zi kibor mashoyixkim, "Nafahot ul-uns"g'a doxil bo'lmay-dur erdi - har qaysini munosib mahalda doxil qildim va Hind mashoyixi sharhi ham oz mazkur erdi, mumkin bor tilab, topib, hazrat qutb ul-avliyo Shayx Farid Shakarganj (q.a.)din so'nggi mashoyixgacha ilhoq qildim va turk mashoyixi zikri ham ozroq erdi, oni dog'i Hazrat shayx ul-mashoyix Xoja Ahmad Yassaviy (r.a.) din bu zamong'acha ulcha mumkin bor tilab topib, zikrlarin va ba'zi holot-u so'zlarin o'z mahalida darj qildim". Navoiy Samarqanddan Sayid Hasan Ardasherga yozgan she'riy maktubida an'anaviy hamd va na't, ustozi sha'niga aytilgan maqtovlardan keyin o'zining vatani Hirotni nega tark etganligining sababini tushuntirib berish ehtiyoji ushbu nomani yozishga undaganini ta'kidlaydi va o'quvchi bundan masnaviyda nima xususida so'z borishini taxmin qiladi: Download 130.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling