5-mavzu. Navoiy ijodida badiiy san’atlar


Download 130.13 Kb.
bet8/11
Sana10.09.2023
Hajmi130.13 Kb.
#1675182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-mavzu. Navoiy ijodida badiiy san’atlar

Zaxmim ichra qoldi paykoning, ne yanglig' butkay ul,
Chunki qo'ymas yorag'a yopushqali marhamni su.
("G'aroyib us-sig'ar", 511-g'azal).
Baytda oshiq o'z yarasida yorning o'qi (kiprigi) qolganligini va uning bu holatda tuzalishi amri mahol ekanligini aytar ekan, bunga malhamni yaraga surtmoqchi bo'lsalar, suv uni yopish-gani qo'ymasligini sabab sifatida ko'rsatadi.

Quyidagi ruboiyda esa tamsil san'ati yaxlit bir she'r doirasida qo'llanilganligini kuzatamiz:


G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish,
El anga shafiq-u mehribon bo'lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg'a tikandek oshyon bo'lmas emish.
("G'aroyib us-sig'ar", 55-ruboiy).

Navoiy qit'alarida tamsil san'ati muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu janrda ijtimoiy-tarbiyaviy mazmun, pand-nasihat ruhi yetakchilik qiladi va shu sababli har bir muhim fikr va xulosa hayotiy hodisalar bilan dalillanadi. Masalan, quyidagi qit'ada birinchi baytda shoir aytmoqchi bo'lgan fikr-xulosa (рок ayollar oyog'ining izi yuz ming порок erlardan afzalroq ekanligi bilan bog'liq) bayon qilingan bo'lsa, keyingi baytlarda uning dalil-isboti (Lutning o'g'li nafsiga mag'lub bo'lib, dinga ofat keltir-gani, Rasululloh (s.a.v.)ning qizlari esa pokligi tufayli sayyidlar (Payg'ambar avlodlari)ga yo'lboshchi bo'lganligi) keltirilgan:


Yuz tuman nopok erdin yaxshiroq,
Pok xotunlar ayog'ining izi.


but o'g'lin ko'rki soldi tiyralik,
Ding'a nafs ilgida tab'i ojizi.


Dahr aro yoqti siyodat mash'alin,
Pokravliqtin rasululloh qizi.
("Navodir ush-shabo”9-qit'a)
Navoiy she'riyatida, ma'naviy san'atlardan, shuningdek, talmih (she'rda mashhur tarixiy voqealar, afsonalar, shaxs nomlari, adabiy asar qahramonlari, joy nomlarini keltirishga asoslangan), kalomi' jomi' (she'rda yoki baytda pand-nasihat, o'git, axloq-odobga oid, zamona va zamondoshlardan shikoyat bilan bog'liq fikrlarni keltirishga asoslangan), ruju' (shoirning she'rdagi avvalgi misra yoki baytda ifodalagan fikridan voz kechib, keyingi misra yoki baytda uni yanada kuchliroq ifodalashiga asoslangan), tashxis (hayvonlar, qushlar, o'simliklar va jonsiz narsalarga insonning xususiyatlarini ko'chirish san'ati) kabilar ham keng qo'llanilgan.
Navoiy ijodida ham lafzga, ham ma'noga aloqador mushtarak san'atlar ham istifoda etilgan bo'lib, Atoulloh Husayniy ular sirasiga mutobaqa, muroat un-nazir, ta'dil, tansiq us-sifot, iqtibos, aqd, tazmin, baroati istehlol, husni taxallus, husni matla', husni maqta' va boshqa san'atlarni kiritgan. Biz ushbu guruhga ham shakl, ham mazmunga birday aloqador bo'lganligi uchun tajnis san'atini ham kiritamiz. Ma'lumki, tajnis (ar. - jinsdosh, hamjins) baytda shaklan bir xil yoki bir-biriga yaqin so'zlarni qo'llashga asoslangan she'riy san'at bo'lib, asosan nazmda, ba'zan nasrda ham istifoda etiladi. Ilmi badi'ga doir manbalarda tajnisning bir necha turlari farqlanadi. Xususan, Umar Roduyoniyning "Tarjumon ul-balog'a" asarida tajnisning 4 turi (tajnisi mutlaq, tajnisi murakkab, tajnisi zoid, tajnisi muraddad), Rashididdin Vatvotning "Hadoyiq us-sehr", Shams Qays Roziyning "Al-Mo'jam" va Shayx Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog'a" asarlarida 7 turi (tajnisi torn, tajnisi noqis, tajnisi zoid, tajnisi mukarrar, tajnisi murakkab, tajnisi mutar-raf, tajnisi xat) keltirib o'tilgan.
Turkiy adabiyot, jumladan, Alisher Navoiy ijodida tajnisning asosan quyidagi turlari keng qo'llanilgan:
1) tajnisi tom yoki mutlaq tajnis - to'liq shakldoshlikka(harflar tarkibi jihatidan) asoslangan:
Sahnida yuz gul chiqorib bir yig'och,
Har gulining atri borib bir yig'och.
(Hayrat ul-abror)

"Yig'och" so'zi birinchi misrada daraxt, yog'och ma'nosida, ikkinchi misrada masofa o'lchovi (taxminan 8 kmdan ortiqroq) ma'nosida kelgan.



  1. tajnisi muzori' - shaklan yaqin so'zlarning bir-biridan bir yoki ikki undosh tovush bilan farqlanishi natijasida vujudga keluvchi tajnis:


Download 130.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling