5-mavzu. Navoiy ijodida badiiy san’atlar


Download 130.13 Kb.
bet11/11
Sana10.09.2023
Hajmi130.13 Kb.
#1675182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-mavzu. Navoiy ijodida badiiy san’atlar

Chu holimdin ahbob ogoh emas,
Degaylar hadiseki, dilxoh emas.


Ayon bo'lg'ay ollingda hangomaye,
Bitilmak manga farz edi nomaye.


Sanga holatimni ayon aylamak,
Bu azmim vujuhin bayon aylamak.


Manga necha nav' o'ldi bechoralig' –
Ki, ollimg'a tushti bu ovoralig'.

"Xamsa" dostonlari boblarining nasriy shakldagi sarlavhalarini o'quvchi uchun o'ziga xos yo'lko'rsatkich, deyish mumkin. Masalan: "Majnunning atosi ani ishq bodiyasidin kelturub, Ka'ba tavofig'a olib borg'oni va ul munojot bahonasi bila ko'nglidagi chirni yozg'oni va duo qilmoq taronasi bilan xotiridag'i maxfiy maqosidin tilidin chiqarg'oni va Arafot ahlidin arasot qo'porg'ani" yoki "Xoqonning o'z gavharin xazoyin g'aroyibi, balki g'aroyib xazoyinig'a kiyurmog'i va aning ko'ziga sangpora ushoq toshcha va qizil oltun qaro tufrog'cha ko'runmay, ko'zi jaz'i billuriy durjg'a tushub, suvda mehri xovariydek billurda Oyinai Iskandariyg'a tushgoni va ul ko'zgu tilismidin g'arib suratlar anga yuz ko'rguzub, ko'ngli ko'zgu aksidek iztirobga tushgani" kabi sarlavhalarda "Layli va Majnun" va "Farhod va Shirin" dostonlaridagi bosh qahramonlarning muayyan holatda kechirajak ruhiy ahvollari bayoniga ishora qilingan.


Navoiy she'riyatida mushtarak san'atlardan tanosub yoki muroat un-nazir (baytda ma'no jihatdan bir-biriga yaqin va o'zaro mutanosib so'zlarni qo'llashga asoslangan badiiy san'at), ishtiqoq (bir o'zakdan hosil bo'ladigan bir nechta so'zni bir bayt yoki jumlada qo'llashga asoslanadigan), siyoqat ul-a'dod yoki ta'dil (she'rda sodda otlarni muayyan tartib bilan ketma-ket keltirishga asoslangan) san'atlar ham mahorat bilan qo'llanilgan bo'lib, ular muallif g'oyaviy niyatini ochib berishda muhim poetik unsurlar sifatida alohida ahamiyatga ega.
Umuman olganda, Alisher Navoiy ijodida qo'llanilgan badiiy san'atlarni o'rganish shoir badiiy tafakkurining salohiyati, ona tilining cheksiz go'zalliklaridan foydalanish iqtidorini ochib berishda muhim kasb etadi.
Download 130.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling