Nurullayeva gulshan sunnatullayevna bitiruv malakaviy
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
AL-MUVASSAL san‘ati. Muvassal so‗zi arabcha tavsil so‗zidan olingan bo‗lib,
uning lug‗aviy ma‗nosi ―vasl‖ hisoblanadi. San‘atning mazmuni ham shu ma‘noga yaqindir. Muvassal go‗zal lafziy san‘atdir. Muallif izohi: ―Bu san‘at aningtek bo‗lurkim, aningtek harflarni tarkib qilurlarkim, tamomin payvasta bitisa bo‗lg‗ay, netokkim bu baytni bitisa, mundog‗ bo‗lurkim: Ishqing g‗ami meni xasta qilsa, La‘ling mayi mast qilmag‗aymu?‖ 103 Yuqoridagi bayt arab yozuvida bitilsa, barcha harflar o‗zaro vasl ko‗rishadi, ya‘ni ularning hammasi ikki tomonlama qo‗l beradigan arabiy harflardan tashkil topgan. Al-muvassal ―Badoe‘u-s-sanoe‘‖da muvassal tarzida uchraydi. Biroq bu risolada muvassalning yana boshqacha turli nav‘lari haqida ham aytilgan. AL-MUQATTA‟ san‘ati. Muqatta‘ arabcha taqti‘ so‗zidan olingan bo‗lib, ―bo‗lak-bo‗lak qilmoq‖ deganidir. Shu lug‗aviy ma‘no san‘at mohiyatiga to‗la mos keladi. Muqatta‘ ham ajoyib lafziy san‘at hisoblanib, u go‗yo al-muvassalning teskari ko‗rinishidir. Muallif izohi: ―Bu aningtek bo‗lurkim, she‘re ayturlarkim, hech harfi kitobatta bir-biriga tutashmas: Dardi davri zard, ey dil, zor. Misoli digar: Zor-u zardam zi dardi on dildor‖ 104 . Yuqoridagi misralardagi harflar arab alifbosida bir tomonlama qo‗l beradigan shakllar sanalib, bundagi so‗zlarning hech biri tutashmaydi, alohida ajratilib yoziladi. ―Badoe‘u-s-sanoe‘‖da u muqatta‘ tarzida uchrab, uning ikki navi to‗g‗risida aytiladi. 103 O‘sha asar, 120-bet. 104 O‘sha asar, 121-bet. 70 Al-muvassal va al-muqatta‘ san‘atlari ham bugun nazariy manbalarda uchramaydi. Ularning asosiy xususiyati faqat arab harflari doirasidagina ifodalash mumkinligida bo‗lib, shu bois ham zamonaviy she‘rshunoslikda har ikkisi haqida ma‘lumot yo‗q. Bu faslda keltirilgan ma‘lumotlardan quyidagicha ilmiy xulosalarga kelish mumkin: 1. ―Funun ul-balog‗a‖ risolasida shu kabi yuqorida nomlari zikr etilgan 42 ta boshqa manbalarda uchramaydigan badiiy san‘at haqida ma‘lumot beriladi. 2. Ulardan al-intiboh, al-iltifot, a-istifhom, al-istidlol, al-istidrok kabilari sof turkona badiiy san‘atlar bo‗lib, ular haqida zamondosh risolalarda ham ma‘lumot deyarli uchramaydi. Bu san‘atlar risolada jami 14 tani tashkil etadi. 3. Taroziy risolasida aniqlangan yangi san‘atlar mumtoz poetikamiz uchun tamomila yangilik yoki kashfiyot hisoblanmaydi. Buning boisini ikki xil asos bilan isbotlash mumkin: birinchidan, yuqoridagi san‗atlar haqida biz ko‗rgan nazariy manbalarda ma‘lumot bo‗lmagani holda qaysidir ilmiy asarlarda ular to‗g‗risida aytilgan bo‗lishi ehtimoldan xoli emas; ikkinchidan, bu san‘atlar haqida ilmiy adabiyotlarda ma‘lumot berilmagan bo‗lishiga qaramay, turkiy she‘riyatimiz tarixida ularga misollar son-sanoqsiz topilishi ham, albatta, mumkin. 4. ―Funun ul-balog‗a‖da uchraydigan bu kabi san‗atlar haqida zamonaviy risolalarda va ilmiy asarlarda kelgusida ma‘lumot kiritilishi o‗zbek adabiyotshunosligimiz uchun muhim muammolarni yechish omili bo‗lib xizmat qilishi mumkin. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling