Termiz davlat universiteti tarix fakulteti 202-gurux talabasi shermo’minov qurbonnazarning o’zbekiston tarixi fanidan taqdimoti


Download 1.49 Mb.
Sana16.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1361359
Bog'liq
12.........................................pptxcghncghx

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

TARIX FAKULTETI 202-GURUX TALABASI SHERMO’MINOV QURBONNAZARNING O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN TAQDIMOTI

Reja: 1. Chingizxon va Muhammad Xorazimshox o’rtasidagi aloqalar 2. Movarounnaxr va Xurosonning mo’g’ullar tomonidan bosib olinishi 3.Jaloliddin Manguberdi jasoratlari


Chingizxon va Xorazmshoh o‘rtasida bir-birining kuchqudratini bilib olishga va bu haqda ma’lumotlar to‘plashga harakat qilinadi. Ikki o‘rtada hatto elchilik aloqalari o‘rnatiladi. Dastavval, 1216-yilda Chingizxon huzuriga Xorazmshoh Bahouddin Roziy boshchiligida o‘z elchilarini yuboradi.Elchilarni Chingizxon iltifot bilan qabul qiladi. Hatto elchilardan u Sulton Muhammadni G‘arbning sohibqironi (G‘arb mamlakatlari yerlarining sultoni), o‘zini esa Sharqning podshosi deb hisoblashini Xorazmshohga yetkazishlarini so‘raydi

Movarounnahr, Xuroson va Xorazmga qilingan yurishga shaxsan Chingizxonning o’zi boshchilik qildi. Chingizxon 1218 yili qoraxitoy Kuchluk davlatini tugatgach, uning davlati chegaralari bevosita Xorazmshohlar davlati bilan tutashdi. Urushning asosiy bahonasi 1218 yili mo’g’ullar savdo karvonining O’trorda talanib, 400 nafar savdogar (yoki josus)ning qatl etilishi edi.

1219 yil kuzida Chingizxon 200 mingdan ortiq askari bilan O’rta Osiyoga yurish boshladi. Xorazmshoh A’loiddin Muhammad mo’g’ullarga qarshi urushda asosiy kuchlarni jamlab yirik jang olib borishdan qochdi. U o’ziga tobe barcha shahar va qal’alarga o’zlarini himoya qilish haqida buyruq berdi. Chingizxon bundan allaqachon xabardor bo’lgandi, O’trorga etganda xorazmshohlar mulkini tezda bosib olish uchun qo’shinini 4 qismga ajratdi. Birinchi qo’shinga o’g’illari Chig’atoy va O’qtoyni boshliq etib tayinladi, ularga O’tror shahrini yo’q qilish topshirildi. Ikkinchi qo’shinga boshqa o’g’li Jo’jini boshliq etib tayinladi, unga Sirdaryo bo’yidagi Sig’noq, O’zgan, Barchinlig’kent, Jand, Yangikent va boshqa shaharlarni istilo qilishni topshirdi

Jaloliddin shunday bir og‘ir vaziyatda, Vatan va xalq erki uchun kurashib, mo‘g‘ullarga qarshi 11 yil kurash olib bordi. 14 marotaba mo‘g‘ullarga qarshi ot surib, uning 13 tasida g‘oliblikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Mo‘g‘ullar bosqini arafasida Jaloliddin garchi katta o‘g‘il bo‘lsa-da, buvisi Turkon-xotun tomonidan hokimiyatdan chetlatilgan bo‘lib, taxt vorisi etib Turkon-xotun urug‘idan bo‘lmish boshqa bir shahzoda Qutbiddin O‘zloqshoh valiahd deb e’lon qilingan edi.

Etiboringiz uchun rahmat


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling