Jaloliddin manguberdi mohir sarkarda Mundarija kirish I bob jaloliddin Manguberdi va Temurmalik jasoratlari
Download 186 Kb.
|
Jaloliddin manguberdi mohir sarkarda
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB Jaloliddin Manguberdi yurt himoyachisi
Jaloliddin manguberdi mohir sarkarda Mundarija KIRISH I BOB Jaloliddin Manguberdi va Temurmalik jasoratlari Tariximizdagi ulug‘ zotlardan biri Jaloliddin Manguberdi Jaloliddin Manguberdini yurishlari vatanga qilgan xizmatlari Jaloliddin Manguberdi (Mankburni) xotirasini abadiylashtirish II BOB Jaloliddin Manguberdi yurt himoyachisi 2.1 Xorazm taxti uchun nizolar. 2.2 Jaloliddin Manguberdi faoliyati. 2.3 Jaloliddinning ozodlik uchun kurashi. Dars ishlanma Xulosa Foydalnilgan adaboyotlar Kirish Jaloliddin Manguberdining jasoratlari asrlar o’tsa hamki, o’z qadr-qimmatini, ahamiyatini yo’qotmaydi. U kishida Vatanparvarlikdek Oliy Tuyg’uga xizmat qilish impulsini jo’sh urdirib turadi... Dunyoni, insoniyatni larzaga solgan Ikkinchi jahon urushining hal qiluvchi, eng hayajonli damlari... Millionlab odamlarning yostig’ini quritgan Falokatning yakuni yaqin. Yakun nurli bo’lishi uchun yana necha millionlab insonning qo’llari duoda... Bunday vaziyatda Vatan himoyachilari — askarlar irodasiga ta’sir etuvchi har qanday kuch katta ahamiyatga ega. Shunday o’ta muhim paytda yozuvchimiz Maqsud Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasi dunyoga keldi. O’tmishda Chingizxonday qudratli kuchga qarshi tura olgan, mardonavor kurashgan Vatan tirgagi — Jaloliddin Manguberdining qahramonliklarini jonlantira olgan drama Ikkinchi jahon urushi yillarining jangovar vazifalariga katta xizmat ko’rsatdi. Mazkur asar teatrda sahnalashtirildi. Manbalarda ko’rsatilishicha, Manguberdining kishida hayajonli faxr tuyg’usini junbushga keltira oladigan qahramonliklari aks etgan mazkur drama urushga ketayotgan askarlarga maxsus namoyish etilib, frontga jo’natilgan ekan. Bu esa askarlarda jangovar ruh va shijoat uyg’otib, dushmanga nafratni kuchaytirgan... Ana shunday vatanparvarlik tuyg’usining kuchayuviga sabab bo’lguvchi buyuk ajdodlarimiz, xususan, Jaloliddin Manguberdining jasoratlari asrlar o’tsa hamki, o’z qadr-qimmatini, ahamiyatini yo’qotmaydi. U kishida Vatanparvarlikdek Oliy Tuyg’uga xizmat qilish impulsini jo’sh urdirib turadi... Jaloliddin Manguberdining yaqin a’yonlaridan biri bo’lgan, mashhur tarixchi Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy buyuk bobomizni shunday tasvirlagan: «...U bug’doyrang, o’rta bo’yli, turkiy qiyofali va turkiyda gapiradigan odam edi, shu bilan birga, forsiyda ham so’zlasha olardi. Uning mardligi, jasurligiga kelsak, janglardagi qahramonliklarini eslab o’tishning o’zi kifoya qiladi. U sherlar orasida eng zo’r sher edi, qo’rqmas chavandoz, lashkarlar orasida eng botir edi. U... jahldor emasdi, haqoratomuz so’zlarni aytmasdi. U nihoyatda jiddiy edi, kulmasdi, faqat jilmayib qo’yardi, kam gapirardi...» Mashhur tarixchi Bartold Manguberdiga baho berar ekan, buni shunday ifoda etadi: «...Xorazmshoh Alouddin Muhammad keyinchalik Jaloliddin ko’rsatgan va mumkin bo’lgan qarshilik harakatining uchqunini ham ko’rsata olmadi». Darvoqe, shu o’rinda Manguberdining otasi — Xorazmshoh Alouddin Muhammad haqida turk tarixchi olimi Oydin Tonariy yozgan ba’zi bir ma’lumotlarni keltirib o’tsak. Tarixda buyuk iz qoldirgan xorazmshohlar sulolasining mashhur siymolaridan biri bo’lgan Alouddin Muhammad (hukmronlik davri 1200 — 1220 y.) dastavval G’ur sultonlari Shihobiddin va G’iyosiddin bilan jang qildi. G’uriylar Marv, Tus va Xurosonni qo’lga kiritish niyatida edilar. Alouddin Muhammad Nishopur, Marv, Saraxsni zabt etdi. Undan so’ng Xorazmshoh ko’p janglar o’tkazdi, g’uriylarni kuchsizlantirib, ularning ko’p erlarini tortib oldi. Bora-bora, bir vaqtlar qudratli hisoblangan g’uriylar davlati Alouddin Muhammadning tazyiqi sabab, parchalanib ketdi... Alouddin Xorazmshoh bunday natijalarga ko’p jihatdan qoraxitoylar orqali erishdi. Biroq u keyinchalik, qudrat kasb etib borayotganini his qildi, o’zi vassal bo’lgan qoraxitoylarga qarshi yurishlar qilib, ularni engdi. Undan keyin Xorazmshoh Tabaristonda bovandiylar hukmronligini yo’q qildi, Samarqand sultoni Usmonni o’ldirib, qoraxoniylarni tarix sahnasidan butunlay chiqarib yubordi. Dashti Qipchoqdagi ko’chmanchi qipchoqlarning ustidan ham g’alaba qozongan Alouddin Muhammad 1215 yilda Sig’noqni o’z davlatiga qo’shib oldi. Ayni paytda Eron va Afg’onistonda ham obro’si oshib borayotgan Xorazmshoh G’azna va uning atrofini bosib oldi. Bu erlarni u o’g’li Jaloliddin Manguberdiga berdi. Alouddin 1217 yilda Fors otabegi Sa’d ibn Zangi va Ozarboyjon otabegi O’zbekni engib, o’z itoati ostiga oldi. Shunday qilib, Xorazmshohlar imperiyasi yanada kengayib, Sirdaryodan Iroqi Arabga cho’zilgan ulkan hududga ega bo’ldi va o’sha davr Islom olamining eng qudratli davlatiga aylandi. Biroq shunday qudratga ega bo’lgan sulton Alouddin Muhammad o’z davlat mexanizmiga tamomila hukmron bo’la olmadi. Mo’g’ullar istilosi arafasida xorazmshohlar davlatida o’ziga xos diarxiya — ikkihokimlik tuzumi vujudga kelgan: mutlaq hukmdor deb sulton Muhammad hisoblanardi, ikkinchi tarafdan u o’z onasi Turkon xotunning itoatida edi. Turkon xotun esa davlatning ichki va tashqi ishlarida ikkinchi hukmdor, ayrim masalalarda hatto sultonga muxolif ham edi. Xorazmshohning buyruq va farmonlari ko’pincha qudratli Turkon xotun tomonidan bekor qilinar va hech qanday kuchga ega bo’lmay qolardi. Shihobiddin an-Nasaviy shunday yozgan: «...Xorazmshoh onasiga qarshi chiqolmas edi... kichik ishlarda ham, jiddiylarida ham, ahamiyatsizlarida ham. Bu ikki sababga ko’ra edi: birinchisi — farzandlik burchi bo’lsa, ikkinchi va eng asosiysi, mamlakatning barcha amirlari onasining urug’idan ekanligi». «Jahon hokimi» degan laqabga ega bo’lgan Turkon xotun faqat sultonga hukmini o’tkazibgina qolmay, balki moliya ishlarini ham boshqarardi va amirlar, amaldorlarga ham farmon berardi. Bu holat mo’g’ullar istilosi arafasida xorazmshohlar davlatidagi ahvolning barqarorligini birmuncha yo’qotdi. ...1218 yilda Movarounnahrga kelgan Chingizxon elchilari Alouddin tomonidan qabul qilindi. Ikki o’rtada savdo shartnomasi tuzildi. Biroq Chingizxonning savdogarlar karvoni O’trorga kelganda shu erning noibi Inolxon ularni qatl etib, mol-dunyolarini tortib oladi. Aslini olganda, qatl etilganlar savdogarlar niqobidagi josuslar ekani ayon bo’lsa ham, aniq isbotlar yo’qligi sabab, bu o’ta jiddiy siyosiy xatoga aylandi. Bu mudhish voqea oqibatda necha-necha minglab musulmonlarning halok bo’lishiga olib keldi... G’azablangan Chingizxon Inolxonni berishni talab qilib, Muhammad huzuriga ibn Kafraj Bug’ra ismli mashhur kishi boshchiligidagi elchilarini yuboradi. Biroq Xorazmshoh Alouddin Muhammad o’g’li Jaloliddin Manguberdining so’ziga kirmay, Inolxonni Chingizxonga bermaydi. Bu ham etmaganiday, ibn Kafraj Bug’ra va uning yo’ldoshlarini qatl qilib yuboradi. Bug’raning o’ldirilishidan nihoyatda tushkunlikka tushgan Chingizxon uch kechayu uch kunduz tanho o’zi ibodat qilib, Xudoga qarata iltijo qilgan ekan: “Ey Parvardigor, ey tozik va turklarning yaratguvchisi, bu janjalni boshlagan men emasman, qasos olishga quvvat ber!” Mo’g’ullar bosqini arafasida Xorazmshoh harbiy kengash chaqiradi. Unda atoqli davlat arbobi Shahobiddin Abu Sa’d ibn Imron al-Xivaqiy Alouddinga barcha lashkarlar bilan (600 minglik!) Chingizxonga qarshi chiqish kerak, degan taklifni o’rtaga tashlaydi. (Chingizxonning qo’shinlari soni Xorazmshohnikidan 3-4 barobar kam edi!) Manguberdi ham foydali maslahat beradi. Uning fikri bo’yicha, dushmanni Movarounnahrga kiritib, so’ng mahalliy erni dushmanga nisbatan yaxshi bilganlikdan foydalanib, uni yakson etish ko’zda tutilardi. Biroq Alouddin Muhammad bu takliflarni rad etib, barcha qo’shinini shahar va qal’alarga bo’lib, parchaladi. (Ba’zi tarixchilar bu oxiri yaxshi o’ylanmay qilingan ishga Alouddin Muhammadning Chingizxonni mensimagani sabab bo’lgan, deyishsa, boshqa tarixchilar bu paytda Xorazmshohning o’z atrofidagi a’yonlariga ishonchi susaygani vaj bo’ldi, deb yozishadi.) Oqibatda, Chingizxonda raqib kuchlarini bittama-bitta, osongina qirib tashlash imkoni tug’ildi va u buni uddaladi ham. ...Birinchi zarbani Chingizxon 1219 yilda O’trorga berdi. Buning muhim sababi bor edi: Chingizxonnning o’z hisob-kitobi bo’lgan Inolxon bu shaharning noibi edi. O’tror besh oy qamal qilinib, Inolxonning odami Hojib Qoracha xoinligi sabab, ishg’ol qilinadi. Inolxonni Chingizxon huzuriga olib kelishadi. So’ng esa, Inolxonning ko’zlari va quloqlariga kumush erittirib, quyishadi... Hojib Qorachani esa Chingizxonning o’g’illari oldiga olib kelishganda, ular: «Sen o’z hojangga nisbatan xoinlik qilding. Vaholanki, u senga ko’p yaxshiliklar qilgan va sendan minnatdorlik kutishga haqli edi. Shuning uchun biz sening sodiqligingga ishonmaymiz», deb qatl etadilar... Vaziyatning qulayligidan va sarosimaga tushgan, yon-atrofidagi a’yonlariga shubha bilan qaraydigan bo’lib qolgan Alouddin Muhammadning abgor ahvolidan foydalangan Chingizxon Movarounnahrning dastlab eng yirik shaharlarini bosib ola boshladi, shundan so’ng, kuchsizroq viloyatlarini osonlik bilan zabt etadi. Tarixda misli ko’rilmagan qatliomlar ro’y beradi, musulmonlar qoni daryo bo’lib oqadi. Tarixchilar aytganidek, “bunda taslim bo’lganlar ham, qarshilik ko’rsatganlar ham omon qolmadilar”. Vaziyat shu darajaga etib keldiki, Balxdan Tusga arang qochgan Alouddin Muhammad Xorazmshoh Davlatobod yaqinida bo’lib o’tgan jangda zo’rg’a jonini qutqarib qoldi. Izma-iz quvib kelayotgan dahshatli ta’qibdan jonsarak bo’lib qolgan Muhammad Sulton Hazar(hozirgi Kaspiy) dengizining janubi-sharq qismidagi Abiskin orollaridan biriga yashirindi. U erda xastalanib, qashshoqlik va xor-zorlikda 1220 yili vafot etdi. Eng fojealisi, bir vaqtlar olamni larzaga keltirgan, qudratli imperiyaning hukmdori, behisob boyliklar egasi Alouddin Muhammadga hatto arzirli bir joy va hatto kafanlik ham topilmadi. Uning mulozimlaridan biri o’z ko’ylagini yirtib, kafanlik qilib o’raydi... Sulton Alouddin Muhammad o’limidan bir necha kun oldin o’g’illari Jaloliddin, Oqshoh va O’zloqshohni huzuriga chorlab, “Manguberdidan boshqa o’chimni oladigan, bu harakatni to’xtatadigan o’g’lim yo’q. Uni voris etib tayinlayman. Unga itoat etingiz” deydi va qilichini o’z qo’li bilan katta o’g’lining beliga bog’laydi. Shu bilan aytish mumkinki, Turkon xotun tomonidan tayinlagan sulton — O’zloqshoh vorisligi bekor qilindi. Xullas, Jaloliddin Manguberdi eng mushkul, tahlikali vaziyatda o’zi yo’g’-u nomigina bor davlatning sultoniga aylandi. Tog’ bag’rida gurjilar xuddi zulmat singari yoyilib, Xorazmshohni kutib turardilar. Ularning Sultonni ko’rgan zahoti qilgan birinchi qiliqlari — osmonni teshib yuborguday qichqirishlari bo’ldi. Download 186 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling