Nutkiy etiket


Download 22.04 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi22.04 Kb.
#1367659
Bog'liq
nutqiy etiket



Nutkiy etiket
Nutq madaniyati ijtimoiy fan sifatida keng ma’nodagi til tarbiyasini va ommaviy uslubiy savodlilikni, boshqacha aytganda, so‘zlovchi va yozuvchi omma orasida til haqidagi fanning hozirgi zamon yutuqlarini tatbiq etishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi.
Nutq madaniyati insoniy madaniyatning asosiy ifodasidir. Ma’naviyati yuqori bo‘lgan inson barkamolligi uning omilkorligi, bilimdonligi, donishmandligida namoyon bo‘ladi va unda albatta nutq madaniyati ham yuqori bo‘ladi. Til odobi ko‘nikmalarini, nutq madaniyati malakalarini egallash, adabiy til me’yorlariga amal qilish oliy ma’lumotli shaxs uchun juda muhim. Shu sababli ham mazkur o‘quv kursimiz bir qator maqsad va vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi. Belgilangan vazifalar doirasida quyidagi masalalarga e’tibor qaratamiz:


  • til madaniyati va nutq madaniyati tushunchalarining farqli hamda aloqador jihatlarini o‘rganish;


  • til taraqqiyoti va nutq madaniyatining bog‘liq jihatlarini o‘rganish;


  • masalaga ilmiy yondashuvni shakllantirish;


  • nutq madaniyati tushunchasining lingvistik va nolingvistik sohalar bilan aloqadorligini tahlil qilish;


  • nutq madaniyati va notiqlik san’atining o‘zaro bog‘liq jihatlari;


  • notiqlik turlari va nutq ko‘rinishlari;


  • adabiy tilning normativligi va nutq madaniyati;


  • madaniy nutq mezonlarini o‘rganish;


  • nutqning ifodaliligi va nutq texnikasi;


  • nutq madaniyatini egallash yo‘llari;


  • nutq madaniyati va stilistika masalalari;


  • pedagog nutqining o‘ziga xos jihatlari va boshqalar.


Nutq madaniyati lingvistik soha hisoblanadi va u tilning turli sathlarini o‘rganuvchi fanning barcha tarmoqlari bilan uzviy aloqadordir. U fonetika to‘g‘ri talaffuz me’yorlariga oid orfoepik qoidalarni bilishni, leksik imkoniyatlar doirasining kengligini, semantik, morfologik bilimlarning mukammalligini, sintaktik konstruksiyalarning me’yoriy holatlarini egallashni taqozo etadi. Umumiy tarzda aytiladigan bo‘lsa, nutq madaniyati soxasi adabiy til doirasida fonetikadan tortib to uslubiyatgacha bo‘lgan barcha lingvistik sohalarni qamrab oladi. Ilmiy jihatdan asoslangan nutqning o‘ziga xos jihatlari mavjudligi va u qaysi fan sohasida bo‘lishidan qat’i nazar ma’lum me’yorlarga bo‘ysunishi kerakligi nutq madaniyatining boshqa nolingvistik sohalar bilan aloqadorligini ko‘rsatuvchi omillardan sanaladi. Chunki nutq madaniyati bu eng avvalo, nutqning to‘g‘riligi demakdir, ya’ni yaxshi nutq noaniqlikka, uzundan uzoq jumlalarga qarshi bo‘lishi, qisqalik va aniqlik uning o‘lchovi bo‘lishi lozim. Har qanday ilmiy nutq uchun bu mezonlar asosiy talablar hisblanishini bilamiz. Keng ma’noda esa nutq madaniyati nutqiy ta’sirchanlikni, ijodiy yorqinlikni, o‘tkirlik va ifodalilikni bildiradi. Bu jihatdan istalgan soha vakili og‘zaki nutqining madaniy me’yorlarga asoslanishi, ma’lum normalarga bo‘ysunish zarurati muhimki, bu holat har qanday notiqning madaniyati va saviyasini ko‘rsatuvchi jihatlar sanaladi.



Nutq madaniyati muammolari bilan shug‘ullanish birinchi marta Praga lingvistik to‘garagi tomonidan o‘rtaga qo‘yilgan edi. Keyinchalik bu masalani tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida o‘rganishga rus tilshunosligida o‘tgan asrning 20-30-yillarida kirishilgan. Bu masala bilan jiddiy shug‘ullanishga o‘zbek tilshunosligida 90-yillarda kirishildi. Bu holning o‘zbek tilshunos olimlari S.Ibrohimov, K.Xonazarov O.Usmonov va boshqalar 1969 yilda Toshkentda o‘zbek tili nutq madaniyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan 1-respublika konferensiyasida qilgan chiqishlarida haqli ravishda ta’kidlab o‘tdilar. E.Begmatov bu fikrni rivojlantirib, shunday deb yozgan edi: «Masalaning bunday qo‘yilishidan o‘zbek tilshunosligida nutq madaniyati muammosi umuman o‘rtaga qo‘yilmagan ekan, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak, nutq odobi deb yuritib kelingan qoidalarning o‘ziyoq bu masalaning ko‘hna tarixga ega ekanligini ko‘rsatadi. Qolaversa, 20-30-yillarda til qurilish, til siyosati degan nomlar bilan yuritilgan barcha millat va xalq tillari rivojiga bevosita tatbiq etilgan ulkan tadbir va choralarning o‘sha vaqtda til madaniyati, endilikda nutq madaniyati deb yuritilayotgan muammoga qanchalik aloqadorligini belgilash nihoyatda muhimdir».
Shu o‘rinda til madaniyati va nutq madaniyati tushunchalariga aniqlik kiritish lozim. B.N.Golovin universitetlar uchun yozgan «Nutq madaniyati asoslari» nomli o‘quv qo‘llanmasida nutq madaniyatini tushunishning muhim shart-sharoitlari sifatida quyidagilarni sanab o‘tadi: til va nutqni farqlash, til normasini anglash va hal qilish, til uslubi va nutqning uslublarini farqlash. Til madaniyati tushunchasi nutq madaniyati sohasida til sistemasining o‘zini, masalan, o‘zbek adabiy tilining vosita va imkoniyatlarini «madaniylashtirishni» ko‘zda tutadi. Demak, til madaniyati termini bilan ataluvchi tushuncha til sistemasining madaniylik darajasini, ya’ni uning qanchalik ishlanganligi, normalashtirilganini ko‘rsatadi. Garchi «til madaniyati» va «nutq madaniyati» tushunchalari tilshunoslikning termini sifatida bir-biridan farqlansalar ham, aslida ularning birini ikkinchisidan ajratib bo‘lmaydigan, biri ikkinchisini taqozo qiladigan tushunchalardir. Nutq madaniyati aniq ma’noda til birliklarini nutq jarayonida qo‘llashning me’yori, maqsadga muvofiqligini anglatsa ham, umumiy ma’noda ma’lum millatning umumtil madaniyati doirasida qaraladi. U lisoniy va nolisoniy omillarni o‘z ichiga oladigan murakkab jarayon bo‘lib, u mantiqshunoslik, ruhshunoslik, pedagogik, etika, estetika masalalari bilan ham bog‘liq. Ammo, nutq uchun tilning birinchi o‘rinda turishini hech kim inkor etmaydi. «Har bir til unda gaplashadigan millatning madaniyatini o‘zida o‘zida aks ettiradi» (L.V.Shcherba).
Etika deganda keng ma’noda ahloq haqidagi fan tushuniladi. Shu bilan birga u haqida turli guruh kishilari hulq-atvorning aniq kodeksi deb ham gapiradilar. Shunday tushunchaning ikki xil izoxi etikaning kasbiy meyoriy aniqlanishi va ifodalanishi zarur bo’lgan ma’naviy xaqiqatni o’zi bilan oqlanadi. Fan sifatida etika o’z mavzusi ahloq-odob tarixini ko’rib chiqadi, chunki u o’z ichiga tarixiy jixatni ham oladi. Jamiyatda ahloq insoniy munosabatni o’ziga xos tartibga soluvchisi vazifasini bajargani uchun etika faniga kiradi. Chunonchi, etikaning mavzusi bo’lib barcha ko’rinishlardagi ahloq hisoblanadi. Etika xaqiqatdan tizimlashtirilgan, umumlashtirilgan ko’rinishdagi odob-ahloq holatlarni aks etuvchi ahloq nazariyasidir.
Harbiy etika qurolli kuchlarimiz shaxsiy tarkibi ahloqiy hislatlariga katta talablar qo’yadigan bir qator asosiy qoidalarni izoxlaydi. Harbiy etika bilan yoritiladigan muhim jihat shaxsiy tarkibni har qanday qiyinchiliklar oldida to’xtatmasdan, o’z qoni va xayotini amaliy mustaqillikni himoya qilishda oldiga quyilgan maksadga erishish qobilyati hisoblanadi. Aynan shuning uchun barcha harbiy xizmatlarning sharoitlari ahloqiy siyosiy va psixologik tayyorgarlik harbiy tarbiya jarayonida butun e’tibor oxirgacha o’z burchini bajarishga doimiy tayyorgarlikka qaratiladi.
2. Harbiy etika nazariy jihatdan shaxsiy tarkib ahloqiy xayotining ko’pgina tomonlarini belgilab berish yuqori darajasini mustahkamlaydi va aks etadi. Etika qoidalarining ko’pgina qismi harbiy kasamyodda harbiy nizom va ko’rsatmalarda o’z huquqiy o’rnini topadi. Qurolli kuchlarda printsiplarni rioya qilinish nafaqat ularni ixtiyoriy rasmiy mansabdir shaxsning buyrug’i, ko’rsatmasi, talablar bilan tan olinishi asosida ta’minlanadi va bu erda hech qanday qarama-qarshilik yo’q, harbiy buyruq, ko’rsatmalar ijtimoiy manfatlardan kelib chiqadi va harbiy xizmachilarning muayyan majburiyatlari hisobga olib beriladi.
Harbiy etika xususiyati zamonaviy urush turli xil jihatlarni, shaxsiy tarkibda yuksak ahloqiy jangovor hislatlarni shakllantirish, qo’shinlarning yuksak ma’naviy qat’iyligi va jang qobilyatini quvvatlash yo’llarini o’rganadigan harbiy fan, harbiy pedagogika, harbiy psixologiya va boshqa ijtimoiy fanlar bilan chambarchas bog’liq. Harbiy etika harbiy ahloq haqidagi maxsus bilimlar tizimi sifatida jangchilar ma’naviy ongi, ahloqiy munosabatlari va uning shakllanish qonunlari sohasini o’rganadi. Uning qiziqishlari markazida jangdagi harbiy munosabatlar xulq-atvor turadi.
3. Shaxs va harbiy munosabatlarini o’rganish, qismda va kemalarda bu munosabatlarni intizomlikni, nizom tartibini va tashkiliylikni kelgusida mustahkamlashning muhim sharti sifatida takomillashtirish birinchi darajali ahamiyatga ega. Harbiy etika ma’naviy omil, ahloqiy shaxsiy tarkibning hislatlari, tuzilishi namoyon bo’lishi roli va harakteri muammosi markaziy o’rin egallaydi. Harbiy etika bilimlarning mustaqil sohasi sifatida etikaning barcha turlariga tayanadi. Bunda ulardan ba’zi birlarini harbiy etik deb atash mumkin. Bular birinchi navbatda turlari va jangovor faoliyat jarayonida xulq-atvor va ahloqiy munosabatlarni aks etadi. Harbiy burch, ma’naviy javobgarlik, harbiy iftixor va oliyjanoblik, harbiy intizom va o’z-o’zini tartibga solish, talabchanlik, bajaruvchanlik, harbiy kahramonlik, jasorat va matonat, o’z-o’zini qurbon qilish, jangovor o’rtoqlik va boshqa ba’zi birlari. Chunonchi, harbiy etika nazariyasi O’zbekiston Respublikasi qurolli himoyasi bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasida jamiyatimiz ahloqiy ko’rinishining o’ziga xosligini ochib beruvchi etikaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Qurolli Kuchlar ofitserlik qismi hamda harbiy xizmatni o’tayotgan barcha harbiy xizmatchilar uchun harbiy etika nazariyasi ularning kasbiy etikasini ifodalaydi. Kasbiy etikani tabiati qanday va uning mohiyati nimada?
4. Ofitserning kasbiy etikasi. Kasbiy etika-muayyan kasb kishilarning xulq-atvorini tasvirlovchi ahloqiy me’yorlar, urf-odatlar, qoidalarning tarixiy tiklangan birligidir. Kasbiy etika kodeksining eng qadimiy misoli deb Gippokrat bayonidagi shifokorning kodeksini hisoblash mumkin (460-377 y.e.av). Uning shifokorga oid maxsus tibbiy mazmuni allaqachon o’z ahamiyatini yo’qotgan, biroq etik ma’nosi haligacha saqlanib qolgan. Kasbiy etikaning yuzaga kelishi sabablarini kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlarida jamiyat rivojlanishining anik ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida izlash kerak. Ijtimoiy mehnat bo’linishi bunda katta vazifani bajaradi. Uning birinchi yaqqol belgilari tarixchilar bilan quldorlik farmatsiyada belgilangan edi, yanada etuk shaklda ular feodal davrida ko’zatildi. Aynan feodalizm davrida ko’p sonli kasbiy kodekslarni berdi. Avval kodekslar sinflarning faqat aqliy mehnat bilan shug’ullanishi ustunligini mustahkamlashga intilishini ifodalagan. Zamonaviy etikada kasbiy ahloq buyicha bir qancha nazariy ishlar bor. Bularda dastlabki dalil bo’lib fuqaro, kasbiy va oilaviy ahloqning amaldaligi bosh sharti sifatida xususiy mulk mustahkamligi xaqidagi qoida o’rin egallaydi. Masalan E.Dyurkgeymning "Kasbiy etika va fuqaro ahloqi " degan kitobida markaziy hisoblanadi. Muallif kasbiy etika oila ahloqi o’rtasida turadi va uning o’ziga xos qirralari bo’lib pragmatizm manfatlari bilan cheklanganlik hisoblanadi.
5. Ahloqdagi kasbiy farqlar ikkinchi darajali harakterga ega. Kasbiy etikaning ijtimoiy vazifasi aniq kasbiy vazifalarni tatbiq etish uchun eng qulay ahloqiy sabablarni va sharoitlarni yaratishdadir. Kasbiy ahloq xuddi bir umumiylikni o’ziga xoslik orqali ifodalaydi, mazkur faoliyat turiga tadbiq qilib ijtimoiy ahloqiy talablardan o’tish, ijtimoiy manfaatlarni hal qiluvchi rolida ijtimoiy va kasbiy manfaatlarni o’ziga xos kelishtirilishi jamiyatda kasbiy etikaning borligi sezilarli darajada mehnat bo’linishi bilan bog’langan ba’zi bir ahloqiy psixologik belgilari bilan shartlangan. Yana shuningdek bir qancha kasbga tegishli odat an’ana, meyor, urf-odatlar bor. Nihoyat, u yoki bu mutaxassislikning ijtimoiy portretini to’ldiruvchi tashqi ahloqiy xulq-atvor ramzlari mavjud: pedagogning samimiy suxbati, artist imo-ishoraligini ifodaligi. Ko’p holda ular boshqa kasbdagi kishilar uchun o’ziga xos etalon bo’lib qoladi. Aynan shu xaqida quyidagi iboralar dalolat beradi. Pedagogik, odoblik, harbiy-intizomligi, olimning qiziquvchanligi va xaqozo.
Shuningdek aytib o’tamizki, kasbiy etika doimiy hislatlarga psixologik borada yuzaga kelgan belgilarga ega bo’lgan faoliyatining turlariga mavjud.
6. Barcha etikadagi kabi ofitser etikasida ham bosh ijtimoiy qadriyat bo’lib Vatanga, halqqa sodiqlik hisoblanadi.Ofitser ahloq bilan to’la qo’llanib turiladigan katta xuquqlarga ega. Hech qanday kasbiy boshqa soxada qaxramonlik, jasorat, botirlik kabi hislatlar yuqori baholanmaydi. Ularga buyruq va ko’rsatmalarni berish xuquqi kiradi. Bularni amalga oshirilishi jangovor vaziyatda, agar qat’iy manfaatlari talab qilsa, bajaruvchilarning o’limi yoki o’lim xavfi bilan bog’lanishi mumkin. Ofitserlik muhitidan tashlangan me’yor, qoidalar, tartibga rioya qilmasa kerak jamoat fikri ofitser tomonidan ahloq meyorlarining buzilishini boshqa kasb egalariga qaraganda qatiyroq qoralaydi. Bu avvalam bor shu bilan tushuntiriladiki, doimiy xizmatdagi kishilarning kasbida halq davlat qurolli himoyasi borasidagi kasb egalarida ijtimoiy ahamiyati unga katta ekanligini ko’radi. Ofitserlar xulq atvorini ijtimoiy baholanishiga ularning halqimiz, qurolli kuchlarning kaxromonona jangovor annalarining egalari deb hisoblanishi katta tasir ko’rsatadi.

Download 22.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling