Nutq buzilishlari etiologiyasi
Download 31.33 Kb.
|
16-Maruza.
Nutqning yoshga qarab rivojlanish dinamikasi hayotining birinchi yillarida organizm genotipiga va unga ta’sir qiluvchi atrof-muhitga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi: nutq funksional tizimining rivojlanishi uchun M NS ning normal yetukligi va ishlab turishi muhim. Nutq buzilishlarining kelib chiqishida ekzogen va organik omillar ko‘proq rol o‘ynaydi. Bu sabablar guruhi M.Ye. Xvatsev tasnifi bo‘yicha jarohat joyiga qarab organik markaziy va organik periferik guruhlarga kiritiladi. Ekzogen-organik omillar deganda bola MNS ga va bola organizmiga yaxlit ta’sir etuvchi turli xil zararli ta’sirlarni tushunamiz. Bu omillarning ta’sir etish vaqtiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: 1. Homilalik, ya’ni (perinatal) bolaning ona qornidaligi vaqtidagi ta’sirlar. 2. Tug‘ruq vaqtidagi jarohatlar (natal). 3. Turli xil zararli omillarning tug'ruqdan keyingi davrda ta’siri (postnatal). Ko'pincha homilalik patologiyasi tug'ruq paytida bola nerv tizimining jarohatlanishi bilan qo'shilib yuzaga keladi. Bunday uyg‘unlashuv zamonaviy tibbiy adabiyotlarda "perinatal patologiya" termini bilan belgilanadi.
Download 31.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling