Nutq deb yuritiladi. Lison va nutqning majmui
Download 23.35 Kb.
|
til lison
paradigma grekcha paradeigma - misol, namuna degan ma’noni bildiradi). Paradigmani tashkil etuvchi birliklar paradigma a’zolari deb yuritiladi. Paradigma kamida ikkita a’zoli va ular bir lisoniy sathga mansub bo‘lishi shart. Bir paradigma a’zolari orasidagi o‘zaro munosabat paradigmatik munosabat deyiladi.
F.Sossyur lisoniy mikrosistema va umuman lisoniy birliklar orasidagi paradigmatik (assotsiativ, bir-birini eslatib turish, o‘xshashlik) munosabatlarini lisoniy birliklar uchun eng asosiy munosabat sifatida baholagan edi. Bir paradigma tarkibiga kiradigan birliklar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. 1.Paradigmadagi bitta birlik eslanganda, shu paradigmaga kiruvchi boshqa a’zolar ham xotirlanishi (esga olinishi) zarur. 2.Har bir konkret nutq sharoitida o‘zaro paradigmatik munosabatlarda turgan birliklardan, ya’ni paradigma a’zolaridan bitta tanlanishi lozim. 3.Bir paradigmaning a’zolari o‘zaro o‘xshashlik bilan birga, har bir a’zo ikkinchisidan qaysidir bir xususiy belgisi bilan farqlanib turishi lozim. 4.Paradigma a’zolari nutqda bir pozitsiyada (mavqeda) kela olib, bir-birini ma’lum holatlarda almashtira olishi, o‘rnini egallashi mumkin. Lisoniy paradigma va uning a’zolariga nisbatan F.Sossyur tomonidan qo‘yilgan bu talablar keyingi qariyb yuz yildan beri deyarli o‘zgarishsiz saqlanib kelmoqda. Paradigmalar, qamroviga ko‘ra, katta va kichik yoki tashqi va ichki paradigmalarga bo‘linadi. Bu paradigmalar bir-biriga nisbatan olinadi. Masalan, undoshlar jarangli va jarangsizlarga bo‘linadi. Demak, paradigmatik munosabat atamasining muqobillari sifatida o‘xshashlik munosabati, assotsiativ munosabat atamalari ham ishlatiladi. Tizim atamasi ham ko‘p hollarda paradigma atamasi o‘rnida ishlatiladi: unlilar tizimi, kelishik tizimi kabi. Jarangli va jarangsizlar alohida kichik yoki ichki paradigmalar bo‘lib, undoshlar tizimi bir butun holda ularga nisbatan katta yoki tashqi paradigma deyiladi. Lisoniy birliklar tizimining qaysi lisoniy sathga mansubligiga ko‘ra, Download 23.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling