Nutq deb yuritiladi. Lison va nutqning majmui


fonetik, leksik, morfologik, sintaktik paradigmalar


Download 23.35 Kb.
bet4/4
Sana06.05.2023
Hajmi23.35 Kb.
#1434904
1   2   3   4
Bog'liq
til lison

fonetik, leksik, morfologik, sintaktik paradigmalar farqlanadi.
Aytilganidek, fonemalar tizimi va ularning ichki bo‘linishlari 
fonologik paradigmalar deyiladi. Fonologik paradigmalarning xususiyatlari, uni tashkil etuvchi birliklarning paradigmatik munosabatlari xususida «Fonetika-fonologiya» bo‘limida bahs yuritiladi.
Semantik-grammatik umumiylikka ega bo‘lgan leksik birliklar lug‘aviy paradigmani tashkil etadi. Sinonimik, partonimik, giponimik, iyerarxionimik, graduonimik, funktsionimik qatorlarga birlashgan leksemalar tizimi, alohida lug‘aviy guruhlar, lug‘aviy-mavzuviy to‘da, so‘z turkumlari ham yirik (makro) paradigmalarni tashkil etadi. Leksik paradigma va ularda amal qiluvchi paradigmatik munosabatlar haqida «Leksikologiya-semasiologiya» bo‘limida bahs yuritiladi.
Morfologik kategoriyalar (morfologik shakllar tizimi) morfologik paradigmalardir. Morfologik shakllarning paradigmatik munosabatlari haqida tilshunoslikning «Morfologiya-morfemika» bo‘limida batafsil to‘xtalinadi.
Sintaktik qoliplar tizimi sintaktik paradigmani tashkil etadi. Sintaktik paradigma ikkiga - gap paradigmasi va so‘z birikmasi paradigmasiga bo‘linadi. Gap paradigmasining o‘zi ikki - sodda gap qoliplari va qo‘shimcha gap qoliplari kabi ichki (mikro) paradigmalarga bo‘linadi. Bu bilan «Sintaksis» bo‘limida tanishasiz.

Download 23.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling