Nutq jarayonidagi fonetik hodisalar
Download 58.96 Kb.
|
NUTQ TOVUSHLARINING FONETIK O’ZGARISHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Singarmonizm.
NUTQ TOVUSHLARINING FONETIK O’ZGARISHLARIReja:
Kombinator va pozitsion o`zgarishlar, singarmonizm, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza, proteza, epenteza, eliziya, diereza, reduksiya, apakopa, sinkopa, sinerezis, epiteza, prokopa. Fonema nutqda voqealanar ekan, uning variantlari nutqiy sharoit (yonma-yon kelgan tovushlar yoki qo`shimchalar ta’siriga uchrashi) tufayli turlicha namoyon bo`ladi. Ayrim tovushlar yondosh tovushlarga moslashadi, ayrimlarida o`zgarishlar kuchayib, boshqa tovushlarga almashadi. Nutq jarayonida sodir bo`ladigan o`zgarishlar tovushlarning kombinator-pozitsion o`zgarishlari deyiladi. Masalan, rus tilidagi лодка va город so`zlarida [d] tovushi [t] tarzida talaffuz qilinadi, ya’ni jarangsizlashadi. O`zbek tilida yutdi va obod so`zlarida ham shu holat yuz beradi. Лодка va yutdi so`zlarida jarangsizlanish qo`shni tovush ta’sirida yuz bersa, город va obod so`zlari talaffuzida o`zgarish tovushning so`z tarkibidagi mavqeyi bilan bog`liqdir. Birinchi holat kombinator o`zgarish bo`lsa, ikkinchi holat pozitsion o`zgarishdir. Biz quyida shu o`zgarishlar haqida fikr yuritamiz. 1. Singarmonizm. Bu hodisada unli va undoshlarning o`zgarishi farqlanadi. Unlilarning nutq jarayonida o`zgarishi singarmonizm deyiladi. Singarmonizm unlilarning moslashishi, uyg`unligi demakdir. Singarmonizm faqat turkiy tillarga xosdir. Uning ikki asosiy ko`rinishi mavjud: a) til garmoniyasi; b) lab garmoniyasi. Til garmoniyasida unli tovushlar yumshoqlik va qattiqlik, til oldilik yoki til orqalik jihatdan bir-biriga moslashadi. Masalan, qalam so`zidagi [q] undoshi chuqur til orqa undoshi bo`lganligi bois, birinchi bo`g`indagi [a] unlisi ham til orqalik xususiyatiga ega bo`ladi. Buning natijasida esa keyingi bo`g`inda [a] tovushi ham til orqa unlisi sifatida namoyon bo`ladi. Demak, birinchi [a] unlisi [q] undoshiga, keyingi bo`g`indagi [a] esa oldingi bo`g`indagi [a] unlisiga moslashadi. 2. Assimilyatsiya. Nutq tovushlari qator kelganda ba’zan bir-biriga ta’sir qilib, biri ikkinchisini o`ziga moslashtiradi. Nutqdagi bunday hodisa assimilyatsiya deyiladi. Assimilyatsiya ikki xil bo`ladi: progressiv assimilyatsiya va regressiv assimilyatsiya. Agar oldingi tovush keyingi tovushni o`ziga o`xshatsa, moslashtirsa, progressiv assimilyatsiya yuz beradi: ket+di=ketti, ayt+di=aytti, ot+dan=ottan, yurak+ga=yurakka. Keyingi tovush oldingi tovushga ta’sir qilib, uni o`ziga o`xshatsa, moslashtirsa, regressiv assimilyatsiya yuz beradi: yigit+cha=yigichcha, yoz+sin=yossin, uch+so`m=usso`m, tuz+sin=tussin. Rus tilida отдать so`zi oддать tarzida talaffuz etiladi. Bu ham regressiv assimilyatsiyaga misol bo`ladi. Regressiv assimilyatsiya odatda progressiv assimilyatsiyaga nisban nutqda kamroq uchraydi. Chunki assimilyatsiyaning bu turida keyingi tovush oldingi tovushni o`ziga moslashtiradi. Demak, talaffuz jarayoni boshlanmasdan burun so`zining talaffuz texnologiyasi haqidagi tasavvur ham hosil bo`lmog`i lozim. Download 58.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling