Nutq madaniyati kursi predmeti, vazifalari
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
kz0sv1z0T4hFzH6u7MH06cNJ1OXqwyckcZXSUZtl
- Bu sahifa navigatsiya:
- OG`ZAKI NUTQ
- Og`zaki nutq xususiyatlari, asosan, quyidagilardan iborat
- Yozma nutq oldiga, asosan, quyidagi talablar qoyiladi
- ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
NUTQ MADANIYATI KURSI PREDMETI, VAZIFALARI Tuzuvchi: dotsent F.B. Qilicheva R ЕJА: 1. “Nutq madaniyati “ fanining maqsad va vazifalari 2. Nutq madaniyati tushunchasi 3.
Т il va nutq 4. Og`zaki va yozma nutq TIL
nutq madaniyati fani quyidagi vazifalarni bajaradi 1.
nutq madaniyatining asosiy tushunchalari, maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish. 2. Professional nutqda til vositalaridan maqsadga muvofiq foydalanishga o'rgatish. 3. Talabalarning yozma
nutqlarini shakllantirish va takomillashtirish. 4. Talabalarning og`zaki nutqlarini takomillashtirish. 5. Terminlarning o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish. 6. Iqtisodiy terminlar oldiga qo'yilgan talab va mezonlar to ’g`risida ko'nikmalar hosil qilish. 7.Til va adabiy til me'yorlari haqida ma'lumot berish hamda ko'nikmalar hosil qilish. 9.
tilining leksik-grammatik, imloviy hamda
talaffuz omillaridan vaziyat va voqeiylik talabiga ko'ra mohirona foydalana olish qobiliyatlarini shakllantirish va o'stirish. 10. Matn tuzish tartib-qoidalarini bilish; og`zaki fikr yurita bilish; yozma sharhlar, izohlar, mulohazalar yoza olish
qobiliyatini shakllantirish. 11. Matn tuzish asosida talabalarning fikrlash iqtidorini tarbiyalash va salohiyatini rivojlantirish. 12. Adabiy tilning qonuniyatlari, so'z boyligi va grammatik qurilishi, adabiy til me'yorlari va nutq uslublari haqida ma'lumot
berish hamda bular to ’g`risida tushunchalar hosil qilish.
13. Punktuatsiya va intonatsiya, ularning yozma va og`zaki nutqni
ifodalashdagi ahamiyati haqida, punktuatsiyaning yozma nutq (matn grammatikasi) bilan, intonatsiyaning esa og`zaki nutq (matn ohangi) bilan aloqadorligi haqida ma'lumot berish: talabalarda imloviy va ishoraviy savodxonlik masalalari hamda ko'nikmalarini hosil qilish. 14. Matn, matn turlari, ularning tuzilishi (grammatikasi) va matn hosil qiluvchi vositalar va omillar haqida tushuncha berish. 15. Nutq madaniyatining lingvistik va ekstralingvistik omillari haqida tushuncha, malaka va ko'nikma hosil qilish.
Nutq madaniyati inson umummadaniyatining bir qismi bo'lib, fikrni adabiy til me'yorlariga muvofiq to ‘g`ri, erkin, aniq, mantiqan izchil, yoqimli va ta'sirli bayon qilishdir. Nutq madaniyati deyilganda til birliklaridan, jumladan, lug`aviy, grammatik va uslubiy vositalardan nutq jarayonida to ’g`ri va o'rinli foydalanish nazarda tutiladi. Nutq madaniyati kishidan til boyligini – lug`aviy birliklar, grammatika, orfoepiya, orfografiya, nutq uslublari va ularning har biriga xos xususiyatlar hamda me'yorlarni yuqori darajada bilishni talab etadi.
Til va nutq to ’g`risida fikr yuritishdan oldin til va nutq hodisalarining o'ziga
xos xususiyatlarini bilib olish o'rinli. Til va nutq bir-biridan farq
qiladigan, lekin
o'zaro aloqador
ikki ijtimoiy, ruhiy-ma'naviy hodisadir. Ya'ni til aloqa quroli, fikr bayon qilish vositasi bo'lsa, nutq so'zlovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni
va shunday jarayon natijasida yuzaga keladigan faoliyatdir. Bu ikki hodisani qiyoslaganda oradagi farqlar yanada oydinlashadi. Tilni xalq yaratadi, nutq esa shaxsiy boylik sanaladi. Har kim o'z qobiliyati, so'z boyligi, shaxsiy fikrlash layoqatiga qarab gap tuzadi va so'zlaydi. Shuning uchun ham nutq oldiga nihoyatda ulug` bir talab qo'yiladi: o'ynab gapirsang ham, o'ylab gapir. Zero, nutq (so'z)
aqlning tarozisi, aqlning o'lchovi. Darhaqiqat, nutqimizning salohiyati til hoidalarini yaxshi va zarur darajada bilishimizga bog`liqdir. Og`zaki nutq xususiyatlari, asosan, quyidagilardan iborat : 1.Og`zaki nutq kommunikativ jarayon bilan bevosita bog`liq bo'ladi. Og`zaki nutq tezkorlik bilan amalga oshadi, shuning uchun har qanday kishi ifodalayotgan fikriga mos so'zni, gapni tanlay olish qobiliyatini shakllantirib borishi maqsadlidir. Ba'zan voqeiylikka, aytilishi lozim bo'lgan fikrga, hodisalarni dalillashga mos, muvofiq so'z topa olmay qoladi. Og`zaki nutq tayyorgarliksiz, ya'ni favqulodda yuzaga keladi, shuning uchun kishi o'z nutqida voqeiylikdan uzoqroq so'zni ishlatib yuborishi ham mumkin. Natijada aytilgan nutq nishonga borib tegmaydi, ko'zlangan maqsad amalga oshmay qoladi. Og`zaki nutq jarayonida odam bir vaqtning o'zida fikrlaydi hamda so'zlaydi, shuning uchun voqeylikka mos so'zlarni tanlashga deyarli imkoniyat bo'lmay qoladi. 2 . Og`zaki nutqda gap qurilishini aql nazorat qilib boradi. Bunda xotiraning roli katta. Agar xotira sust bo'lsa, og`zaki nutqda gap tuzilishi, so'z birikmalari o'zaro mantiqan va grammatik jihatdan bog`lanmay qoladi.
3. Og`zaki nutq, asosan, tahrir imkoniyatidan mahrum bo'ladi. U qanday shaklda namoyon bo'lgan bo'lsa, shundayligicha tinglovchiga yetib boradi. 4. Og`zaki nutqda takrorlar, qaytariqlar ko'p uchraydi. 5. Og`zaki nutqning lug`aviy tarkibi yozma nutqqa nisbatan kam bo'ladi. Olmoshlar, yuklamalar, modal so'zlar, bosh va tushum kelishigidagi otlar ko'proq ishlatiladi. Og`zaki nutqda ellipsisga yo'l qo'yiladi, ya'ni nutqning tejamkor bo'lishi uchun ba'zi gap bo'laklari tushiriladi. To'liqsiz gaplar ko'p qo'llanadi. 6. Og`zaki nutqda so'zlovchining faol nutqiy harakati pauza
(to'xtam), ohang,
urg`u, unlilarning cho'zib talaffuz etilishi; turli xil jest (imo-ishora)lar, mimika
(qiyofaning o'zgarishi)lar fikrning tinglovchiga etib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. 7. Og`zaki nutqda talaffuzning ahamiyati katta. Gapga ustalikni talaffuz ravonligidan ayricha
tasavvur etib
bo'lmaydi. No'noq
talaffuz noxush vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin. Har bir so'z, har bir termin yoki har bir gap ravon talaffuz etilishi shart.
Yozma nutq oldiga, asosan, quyidagi talablar qo'yiladi: Har bir so'z yoxud termin, har bir gap, jumla yuridik mazmunni to'liq ifodalashga va muallif maqsadini ochishga xizmat etishi shart. Yozma nutq imkon qadar sodda va aniq, izchil va mantiqli ifodalanishi lozim. Yozma nutqda o'z
ifodasini topayotgan fikr -
tafakkur mahsullari dalillangan, isbotlangan, qonun doirasida o'z yechimini topgan bo'lishi zarur. Yozma nutqda fikrlar rasmiy uslub doirasida sodda va ravon, tushunilishi yengil bayon etilishi kerak. O'rganilgan ishlarning xulosasi muqaddima va asosiy qism bilan bog`langan bo'lishi lozim. Shundagina chiqarilayotgan xulosalar, shuningdek hukmlar asosli bo'ladi. Tushunilishi qiyin bo'lgan terminlardan iloji boricha foydalanmaslik, agar matnda faqat mutaxassislar uchun tushunarli bo'lgan terminlar qo'llanilsa, bunday terminlarga izohlar va
berib borilishi maqsadlidir. Rus tilidagi qonunlardan andaza olish, tarjima qilish qonun moddalari mazmuniga, mohiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun tarjimalardan mutla?o voz kechib, har qanday hujjatlarni milliy til qoidalari asosida tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Yozma nutq imkon qadar sodda va aniq, izchil va mantiqli ifodalanishi lozim. Yozma nutqda o'z ifodasini topayotgan fikr - yuristning tafakkur
mahsullari dalillangan, isbotlangan, qonun doirasida o'z yechimini topgan bo'lishi zarur. Yozma
nutqda fikrlar rasmiy uslub doirasida sodda va ravon, tushunilishi yengil bayon etilishi kerak. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling