Nutq madaniyati, nutqning to‘G‘riligi va aniqligi mantiqiyligi
Download 215.74 Kb.
|
NUTQ MADANIYATI, NUTQNING TO‘G‘RILIGI VA ANIQLIGI MANTIQIYLIGI
Ma’lum bo‘ladiki, til birliklarini me’yorlashtirish, hamma uchun umumiy va tushunarli bo‘lgan bir qolipga keltirish umuman tilshunoslikning vazifasi sanalsa ham, u nutq madaniyati sohasining xizmatlarini inkor etmaydi. Binobarin, me’yor muammolari hamisha ushbu sohaning tadqiqot obyekti bo‘lib qolaveradi.
Nutq madaniyati tilda ma’lum me’yorda keltirilgan til birliklarining nutqda qo‘llanish shart-sharoitlarini, qonuniyatlarini nazariy jihatdan asoslaydi hamda bu me’yorga amal qilishni ma’lum ma’noda nazorat ham qilib boradi. Nutqdagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, kamchiliklarni tugatishning eng ma’qul yo‘llari ko‘rsatib turiladi.
«Nutq madaniyati keng miqyosdagi til tarbiyasini va ommaviy stilistik savodlilikni, boshqacha aytganda, so‘zlovchi va yozuvchi omma orasida til haqidagi fanning hozirgi zamon yutuqlarini tadbiq etishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi»
Har qanday nutq ma`lum bir so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan tinglovchi yoki o‘quvchiga qaratilgan matn ko‘rinishidir. Bu nutq parchasi tinglovchiga muayyan ta`sir ko‘rsatsagina unga nisbatan madaniy nutq deyish mumkin.
Download 215.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling