Tashkent State Transport University
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022
The Constitution of the Republic of Uzbekistan
is the Glorification of Human Dignity, the
Guarantee of Our Free and Prosperous Life
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -
inson qadrini ulug'lash, erkin va
farovon hayotimiz kafolati
305
December 1
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
FUQAROLIK HUQUQI: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YANGI
KONSTITUTSIYASI VA XORIJIY DAVLATLAR
KONSTITUTSIYALARIDA
Feruza Oy Kenja qizi Abdinazarova
Toshkent davlat transport universiteti
Iqtisodiyot fakulteti 2-kurs Yu-1 guruh talabasi
feruzaabdinazarova704@gmail.com
Aqida Abdujabborovna Dadasheva
Ilmiy rahbar, Toshkent davlat transport universiteti
Yuridik fanlar doktori, professor
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada fuqarolik huquqi tushunchasi, unga ega bo’lish va yo’qotish
holatlari haqida keng holatda ma’lumot berilgan. Shuningdek ushbu soha bo’yicha
O’zbekistonda olib borilayotgan siyosat, undagi kamchiliklar tahlil qilinib,
muammolarni bartaraf etish maqsadida xorijiy davlatlarning
ushbu sohada olib
borayotgan siyosati qiyosiy-huquqiy tahlil qilingan. Fuqarolik huquqi bo’yicha
monarxiya va respublika tuzumi davlatlardagi farqlar o’rganilgan.
Kalit so’zlar: “fuqarolik”, “poddanstva”, fuqarolikka ega bo’lish, fuqarolikni
tugatish, fuqarolikni tiklash,
filiatsiya usuli, naturilizatsiya usuli, optatsiya usuli,
bipadritlar, chet el fuqarolari, siyosiy boshpana, ekstradatsiya.
1. Dolzarbligi. Konstitutsiyaviy institutlardan biri bo'lgan fuqarolik – bu
mustahkam siyosiy-huquqiy aloqa bo’lib, shaxslarning ma’lum bir davlatga tegishli
ekanligini hamda ushbu huquqqa ega shaxsning o’sha davlatdagi qonunda
belgilangan
barcha huquq va erkinliklarga, shuningdek, majburiyatlarga egaligini
anglatadi. Ya’ni fuqarolikka ega bo’lish shaxs uchun to’la ma’noda o’z
huquq va
erkinliklarini amalga oshirishga imkoniyat beradi, shu bilan birga o’z majburiyatlarni
bajarishni ham talab qiladi. O’z navbatida, davlat ham o’z fuqarolarining huquq va
erkinliklarini kafolatlashi va ularni ham o’z
hududida, ham hududidan tashqarida
himoya qilishi lozim. Shaxslarning huquqiy holatini aniqlashda fuqarolikning muhim
omil ekanligini hisobga olgan holda, ushbu sohani yanada
takomillashtirish nafaqat
O’zbekistonning balki butun dunyo davlatlarining bosh
maqsadlaridan biridir. Zero, ushbu sohani tartibga solishga