Tashkent State Transport University Volume 3


Tashkent State Transport University


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana25.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1719729
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
fuqarolik-huquqi-o-zbekiston-respublikasining-yangi-konstitutsiyasi-va-xorijiy-davlatlar-konstitutsiyalarida

Tashkent State Transport University 
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022
The Constitution of the Republic of Uzbekistan 
is the Glorification of Human Dignity, the 
Guarantee of Our Free and Prosperous Life 
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - 
inson qadrini ulug'lash, erkin va
farovon hayotimiz kafolati 
 
 
 
 
 
306
 
December 1 
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
qaratilgan masalar va sohadagi muaommolar o’zining dolzarbligini yo’qotmagan.
2. Metodlar. Ushbu maqolani yoritishda qiyosiy-huquqiy tahlil, tarixiy, 
xolislik, ketma-ketlik metodlaridan foydalangan holda maqolini mazmuni, fuqarolik 
huquqi sohasidagi muammolarni bartaraf etish hamda yanada rivojlantirish uchun 
taklif va tavsiyalar berildi.
3. Tadqiqot natijalari: Fuqarolik tushunchasi qadimdan mavjud bo’lganligini 
xristianlarning “Injil” kitobidagi “Fuqaro” terminining qadimgi Rim davlatida 
ishlatilganligi haqidagi ma’lumotlardan ko’rishimiz mumkin. Feodalizm davriga 
kelib, fuqaro termini bilan bir qatorda “poddanstva” iborasi qo’llanilgan.
Poddanstva tushunchasi feodalga tegishlilikni, unga soliq va bojlarni vaqtida 
to’lab turishga majburlikni bildirgan. Ushbu tushunchani hozirgi kunda asosan 
monarxiya davlatlarda uchratish mumkin. Masalan, Birlashgan Qirollikda “ subject of 
her/his majesty” (zoti oliylarining poddaniysi) iborasi qo’llaniladi. Ammo bir qancha 
monarxiya tuzumidagi davlatlar, misol uchun, Belgiya, Niderlandiya, Ispaniya kabi 
davlatlarda ushbu termin “fuqaro” termini bilan almashtirilgan.
Turli davlatlarda fuqarolikka ega bo’lish, uni yo’qotish va tiklashning bir 
qancha usullari, qoidalari bor bo’lib, ular har bir davlat konstitutsiyalari va 
qonunlarida o’z ifodasini topgan. Davlatimizda ushbu jarayonlar Konstitutsiyada, 
shuningdek, qonun hujjatlarida ham tartibga solingan.
Fuqarolikka ega bo’lishning bir qancha usullari bor va bu turli davlatlarda 
turlicha. Fuqarolikka ega bo’lishning birinchi asosiy yo’li – bu filiatsiya usuli ya’ni 
tug’ilishlik bo’yicha fuqarolikga ega bo’lish hisoblanadi. Ushbu usul ikkita 
ko’rinishni o’z ichiga oladi. Birinchisi “qon huquqi” – bola qayerda tug’ilganidan 
qat’iy nazar ota-onasining fuqaroligini oladi. Hozirda ko’pgina davlatlarda qonun 
huquqi orqali fuqarolikka ega bo’lish keng tarqalmoqda. Misol uchun, Yaponiya, 
Fransiya, GFR, Italiya va boshqa davlatlar. Ikkinchisi, “yer huquqi” – bu bola qaysi 
davlat hududida tug’ilgan bo’lsa, ota-onasining fuqaroligiga qaramasdan, o’sha davlat 
fuqaroligini oladi. Misol uchun, Argentina, Braziliya va Lotin Amerikasining bir 
nechta davlatlarida yer huquqidan foydalaniladi. Shuningdek, ko’pgina davlatlarda 
“aralash” usul ham mavjud bo’lib, ushbu usulda har ikkala holatning ham bo’lishi 
talab qilinadi.
Fuqarolikka ega bo’lishning ikkinchi usuli naturilizatsiya yo’li orqali amalga 
oshiriladi. Ya’ni boshqa davlat fuqarosi yo fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning 
fuqarolikka ega bo’lishlari. Ushbu usulda “bo’lajak fuqarolar” 
oldiga turli davlatlarda turlicha talablar qo’yiladi. Misol uchun, 
Germaniyada shaxs birinchi navbatda, boshqa davlat fuqaroligini 



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling