Tashkent State Transport University Volume 3


Tashkent State Transport University


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana25.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1719729
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
fuqarolik-huquqi-o-zbekiston-respublikasining-yangi-konstitutsiyasi-va-xorijiy-davlatlar-konstitutsiyalarida

Tashkent State Transport University 
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022
The Constitution of the Republic of Uzbekistan 
is the Glorification of Human Dignity, the 
Guarantee of Our Free and Prosperous Life 
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - 
inson qadrini ulug'lash, erkin va
farovon hayotimiz kafolati 
 
 
 
 
 
308
 
December 1 
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
xavsizligiga xavf solsa, fuqarolikda chiqish rad etiladi. Fuqarolikni yo’qotish asosan 
fuqaro tomonidan qonunga zid harakat sodir etilganda qo’llaniladi. O’zbekiston, 
Belorussiya, Ozarbayjon, Ukraina, Gruziya va Tojikistonda agar fuqaro chet davlat 
harbiy xizmati yo davlat hokimiyati idoralariga ishga kirishi, besh yil ( ayrim 
davlatlarda yetti yil) konsullik hisobida uzrli sabablarsiz turmasligi va qalbaki hujjat 
yoki yolg’on ma’lumotlar asosida fuqarolikka qabul qilinganligi fuqarolikni 
yo’qotishga asos bo’ladi.
Fuqarolikdan mahrum qilish, asosan, faqatgina naturilizatsiya qilingan 
shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Ispaniya hamda GFR konstitutsiyalarida
“Fuqarolikdan mahrum qilish mumkin emas” deb ko’rsatilgan bo’lsa, AQShda 
ushbu holat qonun hujjatlari bilan tartibga solinganini ko’rimiz mumkin.
Bipatridlar – bu ikki yoki undan ko’p fuqarolikka ega bo’lgan shaxslar 
hisoblanadi. Bu holat boshqa joylarga nisbatan Lotin Amerikasida ko’p kuzatiladi. 
Ko’p fuqarolik dunyoning deyarli bir qator davlatlarida tan olinmaydi. Chunki 
ko’plab davlatlarda bu davlat yaxlitligiga, yagonaligiga va mustahkamligiga xavf 
soladi degan qarash mavjud. Ammo bir qancha davlatlarda ikki tomonlama fuqarolik 
bo’yicha maxsus shartnomalar mavjud. Ko’p hollarda davlatlar ikki tomonlama 
fuqarolikni tan olishni emas, balki iloji boricha uni bartaraf etish bo’yicha bitimlar 
tuzishga urinadi.
Ko’p fuqarolik hozirgi zamonda nazariy hamda amaliy jihatdan o’z yechimini 
topishi kerak bo’lgan muammo hisoblanadi. Bunda ikki xil munosabat shakllangan 
bo’lib, bir tomondan ko’p fuqarolik davlat yaxlitligiga ta’sir ko’rsatadi degan qarash 
bo’lsa, ikkinchi tomondan ushbu holatning cheklanishi inson huquqlarini cheklaydi 
degan qarashlar mavjud. Aslini olganda, ko’p fuqarolik davlatlar o’rtasida qator 
salbiy oqibatlarga olib keladi. Chunki ikki fuqarolikka ega bo’lgan shaxslar qaysi 
davlatning qonunlariga bo’ysunishi va qaysi davlatning oldidagi burchlarini bajarishi 
lozimligi ko’p hollarda murakkab muammolarga sabab bo’ladi.
Demokratik rejimdagi mamlakatlarda chet el fuqarolarining huquqiy holati 
oddiy fuqarolarning huquqiy holatidan deyarli farq qilmaydi. Ko'p hollarda chet el 
fuqarolarini asosan immigratsiya masalasi qiziqtiradi.
Chet el fuqarolarining huquqiy 
holati turli davlatlarda turlicha, masalan, Meksika Konstitutsiyasining 33moddasiga 
ko’ra ’’Chet el fuqarolarining davlatning har qanday siyosiy ishlariga aralashishi 
taqiqlangan” bo’lsa, Bolgariya Konstitutsiyasiga 26-moddasiga ko'ra, chet el 
fuqarolari yer sotib olish huquqiga ega emas.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling